Научно-методический журнал Серия: Естественно-технические науки. Социальные и экономические науки. Филологические науки



Pdf көрінісі
бет78/231
Дата30.07.2023
өлшемі4,81 Mb.
#179664
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   231
Байланысты:
2-сан 2023 (1-серия)

Ilim h
á
m jámiyet. №2.2023
47
2014-yilda 
Z.I.Kurbanova 
bilan 
hammualliflikda, 
qoraqalpoq va rus tillarida tayyorlangan ―Qaraqalpaq 
kiyimi. Fotoalbom‖ (Karakalpakskiy kostyum. Fotoalbom) 
galereya-majmua[4]si 
moddiy 
madaniyatning 
muhim 
tarkibiy 
qismi 
sanaluvchi 
xalq 
an‘anaviy 
kiyimlari, qoraqalpoq xalqi ijtimoiy turmush-tarzidagi 
kiyim-kechaklar to‗g‗risidagi nodir asar sifatida ko‗rsatish 
mumkin. Taʼkidlash joizki, hammualliflikda yaratilgan 
mazkur kitob-albom mustaqillik davridagi qoraqalpoqlar 
turmush tarzida diniy va milliy qadriyatlarning tutgan o‗rni 
va zamonaviy jarayonlar bilan uyg‗unlashuvi xususida 
to‗g‗ri ilmiy xulosalar chiqarishda muhim ahamiyatga ega. 
Qoraqalpog‗istonda etnografik fanlarning shakllanish 
bosqichlari va bugungi holati, tashkil etilgan arxeologo-
etnografik ekspeditsiyalar, ularning natijalari to‗g‗risida 
tarixchi etnograf Z.I.Kurbanovaning shu mavzu tahliliga 
bag‗ishlangan ―Etnograficheskaya nauka Karakalpakstana: 
etapi stanovleniya, sovremennoye sostoyaniye‖ nomli 
monografiyasida chuqur va tahliliy maʼlumotlar, ilmiy-
nazariy fikrlar batafsil bayon etilgan. 
Keyingi yillarda olima tomonidan eʼlon qilingan 
ishlarda qoraqalpoqlarning milliy va anʼanaviy kiyim-
kechaklar, 
shuningdek, 
kiyim-kechaklardagi 
ranglar 
mohiyati, milliy bezak va taqinchoqlar bilan bog‗liq 
tasavvur va eʼtiqodlar, qoraqalpoq miflarida ayollar obrazi 
talqini, 
ayollarni 
muqaddas 
qadamjolarga 
ziyorati 
xususidagi etnografik tahlillar o‗ziga xos tarzda tadqiq 
qilingan. Mazkur ishda kiyim-kechak bilan bog‗liq ―
bes 
kiyim”, 
shuningdek

diniy eʼtiqod, ayollarning mushtarak 
tasavvurlarga 
moneligi, 
ishonchi, 
taʼsir 
kuchi, 
transformatsion jarayonlar va o‗zgarishlar, ularning 
qoraqalpoq (ayol)lar turmush-tarzida alohida o‗ringa ega 
ekanligi, oilaviy rasm-rusumlar chuqur tahlillanganini 
ko‗rishimiz mumkin [5]. 
Etnologiyada ma‘lum bir xalqning qadriyatlari, 
an‘analari, xususan an‘analarning hayvonot olami bilan 
bog‗liq tasavvurlari jihatini tadqiq etish juda muhim 
masalalardan 
biri 
bo‗lib 
qolmoqda. 
Bu 
borada 
S.X.Yesbergenovaning olib borgan tadqiqot ishlari diqqatga 
sazovor. Uning hayvonlar kulti bilan bog‗liq tasavvurlarini 
qoraqalpoq 
xalqi 
misolida 
o‗rganish, 
an‘anaviy 
dunyoqarash ko‗rinishlari, jumladan, e‘tiqod bilan bog‗liq 
qarashlar, ayrim jihatlarni o‗rganishda boshqa xalqlarda 
mavjud bo‗lgan munosabatlar bilan qiyosiy tahlil qilgan.
Shuningdek, mustaqillik yillarida tarixchi-etnograf 
M.M.Davletiyarov ham ko‗p yillik tajriba va kuzatuvlari 
asosida yozilgan ―Qoraqalpoqlarning anʼanaviy ijtimoiy 
institutlari‖ deb nomlangan monografiyasini eʼlon qildi. 
Olim ilk bor qoraqalpoqlarning anʼanaviy ijtimoiy 
institutlari masalalari: qoraqalpoq xalqi turmush tarzida 
urug‗larning bo‗linishi, qoraqalpoq urug‗lari 
(urıw)
– 
ijtimoiy turmush tarzini tartibga soluvchi institut ekanligi, 
urug‗larning o‗z-o‗zini anglashi va uning xususiyatlari, oila 
instituti, oilaviy qarindoshlik munosabatlari (murindiq), 
qo‗shnichilik jamoasi 
(meshit qáwim)
, o‗zaro yordam 
(kómek)
, ko‗cha biyi 
(kóshe biy, aqsaqal)
va boshqalar 
haqida qoraqalpoq xalqi ijtimoiy hayotidagi juda muhim 
maʼlumotlar keltirilgan [6]. 
Kundalik turmush tarziga bag‗ishlangan eng sermazmun 
ishlardan biri sifatida etnograf-olim M.B.Utebayev [7] 
tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarni alohida qayd 
etish lozim. Jumladan, mehmondo‗stlik instituti va u bilan 
bog‗liq anʼana va qadriyatlar, marosimlar, etiket, yosh 
(qoraqalpoq) kelinchaklarining axloq meʼyorlari va etiketi, 
ayollarning burch va vazifalari, qoraqalpoq xalqi anʼanaviy 
eʼtiqodlari va tasavvurlari bilan bog‗liq qarashlar, axloqiy 
qadriyatlar falsafiy jihatdan tahlil etilgan. 
Qoraqalpoqlarning anʼanaviy eʼtiqodlari va tasavvurlari 
to‗g‗risidagi dastlabki maʼlumotlar XVIII-XIX asrlarda 
yashagan rus sayohatchi va geograflari bo‗lgan 
D.Gladishev, I.Muravin, o‗lkashunos va tarixchi, geograf 
P.I.Richkov, A.V.Kaulbars, venger sharqshunosi va 
sayohatchisi A.Vamberilar tomonidan qayd qilingan. 
Shuningdek, ushbu maʼlumotlar qoraqalpoq mumtoz 
adabiyoti namoyondalari Ajiniyoz va Berdaq asarlarida 
ham o‗z aksini topib, XX asrning 50-90-yillarida esa 
T.A.Jdanko, S.K.Kamalov, X.Ye.Yesbergenov kabi qator 
olimlarning ilmiy ishlarida mazkur masalalarning ayrim 
jihatlari yoritilgan. Mustaqillik yillarida ushbu mavzu 
bo‗yicha aksariyat tadqiqotlar amalga oshirildi. Jumladan, 
etnograf Q.J.Turekeyevning tadqiqotlarida diniy eʼtiqod, 
xususan, totemizm, animizm, hayvonlar kulti bilan bog‗liq 
qadimiy diniy eʼtiqodlar haqida so‗z boradi. Shuningdek, 
nikoh to‗yi (nikoh, nikoh suvi, chaqaloqqa ism qo‗yish va 
b.), dafn va taʼziya bilan bog‗liq anʼanaviy urf-odat va 
marosimlar, qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida islom dini va 
islomiy anʼanalar kabi masalalar xususida asosli fikrlar 
mulohaza qilinadi. Va yana, dala materiallari asosida 
qoraqalpoq xalqi anʼanaviy turmush tarzida saqlanib qolgan 
zardushtiylik kabi qadimiy diniy eʼtiqodlar bilan 
bog‗liq marosimlar, marosim taomlari, shuningdek, 
farzand tug‗ilishiga xos urf-odat va anʼanalar haqida 
maʼlumotlar taqdim etilgan. Mazkur masalalar yechimi 
maxsus tadqiq qilingan bo‗lib, muammoni o‗rganish 
jarayonida jamiyatda diniy marosimlarni amalda tatbiq 
etilish shakllari, qator diniy marosim va urf-odatlarni tahlil 
qilgan [8]. 
Muammoning mohiyati shundan iborat ediki, o

tmishni 
o

rganishda ko

plab savollar zamonaviy tadqiqot doirasidan 
tashqarida qolib keldi. 
Xulosa qilib aytganda, qoraqalpoqlar 
etnogenezi tafsilotlarini o‗rganish va targ‗ib qilish masalasi 
mustaqillik yillaridan keyin yangi pog‗onaga ko‗tarildi. 
Shuningdek, mazkur davrda yaratilgan yangi adabiyotlar 
sovetlar davrida yaratilgan adabiyotlardagi tadqiqot va 
maʼlumotlardan o‗zining xolisligi, har tomonlama chuqur 
tahlil etilganligi, to‗ldirilganligi va ayniqsa ko‗p qirraliligi 
bilan ajralib turadi. Bizning kelgusidagi tadqiqotlarimiz 
hozirgi kun tartibidagi dolzarb vazifa bo‗lib, ushbu 
masalalarni yana-da mukammalroq, puxtaroq tadqiq etish, 
xususan qoraqalpoq etnologiyasini chuqur va mufassal 
o‗rganilishi uchun debocha vazifasini bajarishiga shubha 
yo‗q. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   231




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет