Ilim h
á
m jámiyet. №2.2023
19
MARGANETS BILAN LEGIRLANGAN KREMNIYDA MANFIY MAGNIT QARSHILIK
M.X.Madjitov
–
mustaqil tadqiqotchi
I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Tayanch so„zlar:
kremniy, magnit yarimo‗tkazgich, marganets nanoklasterlar, magnit qarshilik.
Ключевые слова:
кремний, магнитный полупроводник, нанокластеры марганца, магнитное сопротивление.
Key words:
silicon, magnetic semiconductor, manganese nanoclusters, magnetic resistance.
Kirish.
Yangi
magnit
maydonini
sezuvchi
yarimo‗tkazgich materiallarni olish texnologiyasini ishlab
chiqish va ularning xususiyatlarini o‗rganish nafaqat
spintronika,
fotomagnetika,
magnitoptika
ilmiy
yo‗nalishlarini
yanada
rivojlantirish
va
yarim
o‗tkazgichlarning magnit xususiyatlari bilan bog‗liq yangi
fizik hodisalarni kashf qilish, balki bunday materiallarni
zamonaviy elektronikada qo‗llash ko‗lamini sezilarli
darajada kengaytirish, shuningdek, sodir bo‗layotgan fizik
jarayonlarni chuqurroq tushunish imkonini beradi.
Shu bilan birga, kremniy kristali matritsasida uning
fazasi va kimyoviy tarkibini buzmagan holda magnit
nanoklasterlarni shakllantirish va o‗rganish alohida ilmiy va
amaliy ahamiyatga ega. Chunki, bir tomondan, kremniy
zamonaviy elektronikaning asosiy materialidir va ushbu
material asosida olingan natijalarni amaliy qo‗llashni sezi-
larli darajada tezlashtiradi. Boshqa tomondan, parametrlari
va konsentratsiyasi boshqariladigan magnit nanoklasterlarni
shakllantirish
nanostrukturali
kremniyning
magnit
xususiyatlarining yangi, o‗rganilmagan qirralarini ochib
beradi va ulardan elektromagnit va fotomagnit qurilmalarn-
ing tubdan yangi avlodini yaratish va ishlab chiqish im-
konini beradi.
Достарыңызбен бөлісу: