I bob. Alalik bolalardagi psixik funksiyalar oziga xosligining ilmiy назарий асослдари



Дата22.12.2021
өлшемі10,6 Kb.
#127624
Байланысты:
КУРСОВИК НАУЧ АПП
Yovvoyi hayvonlar mavzusiga frontal mashg

Mavzu: Katta guruhda tahsil oluvchi alaliyali bolalar bilan olib boriladigan psixologik-korreksion ish tizimi

I Bob. Alalik bolalardagi psixik funksiyalar oziga xosligining ilmiy назарий асослдари

1.1 алалик Bolalardagi psixik funksiyalar faoliyatining nazariy adabiyotlarda yoritilganligi

1.2. Алалия нутк нуксонинг бола ривожланишига таьсири

II Bob. Alaliya nutq nuqsoniga ega bolgan bolalarda psixologik korreksiya ishlariniнг мазмуни

2.1. Katta guruhdagi alaliya nutq nuqsoniga ega bolalarнинг билиш жараенларини rivojlantirish metodikalari

2.2. Katta guruhda tahsil oluvchi alalik bolalarda psixologik korreksiya ishlarini oyin asosida tashkil etish

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

Mavzu dolzarbligi.Katta guruhda tahsil olish bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bо‘lib shakllanishini ta’minlab, о‘qishga bо‘lgan ishtiyoqini uyg‘otadi va tizimli о‘qishga tayyorlab boradi. Darxaqiqat, yurtimizda maktabgacha ta’limga ustivor yо‘nalish sifatida qaraladi.Boisi, mazkur tizim – bolalarni maktabdagi о‘qishga tayyorlashda, kichkintoylarni sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bо‘lib shakllanishga, qobilyatlarini ochib berishga xizmat qiladi. Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda qabul qilgan “2017-2021- yillarda maktabgacha ta’lim muassasalari tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari tо‘g‘risida” gi qarori yosh avlodni ma’nan va jismonan komil insonlar qilib tayyorlash yо‘lidagi muhim qadam bо‘ldi, desak mubolag‘a bо‘lmaydi.

Mazkur qarorni amalga oshirish jarayonida bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish о‘quv reja va dasturlarini zamonoviy pedagogik texnologiya va metodlarini inobatga olgan holda takomillashtiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qobilyatlarini rivojlantirish, tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashda “Bolajon” va “Bilimdon” dasturlari zamonoviy pedagogik va axborot texnologiyalar asosida olib boriladi.

Ushbu qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida yuqori sifatlar maktabgacha ta’limning ta’minlanishga, bolalarni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga hamda ta’lim- tarbiya jarayoniga muqobil dasturlar joriy etilishiga erishiladi.

2017-2021– yillardagi qarorda belgilangan barcha yо‘nalishlardagi ishlar Davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

Uzluksiz ta’limning ilk bosqichi sifatida maktabgacha ta’limga e’tibor bevosita shaxs rivoji, kamolotiga, baxtli farzandlarni voyaga yetkazishga g‘amxо‘rlik sifatida ifodalanadi. Shunday ekan ushbu qaror asosida amalga oshirilajak ishlar maktabgacha ta’lim tizimini, yanada takomillashtirib, samarali va zamonoviy kо‘rinishga olib chiqadi.

Tо‘g‘ri nutq bolaning har tomonlama rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Bolaning nutqi qanchalik tо‘g‘ri va lug‘ati boy bо‘lsa, unga о‘z fikrlarini bayon qilish shunchalik oson bо‘ladi, atrof – olamni idrok etish uchun imkoniyat kengayadi, kattalar va о‘z tengdoshlari bilan bо‘lgan munosabati tо‘liq va mazmunli bо‘ladi, uning psixik rivojlanishi ham faol ravishda amalga oshadi. Shuning uchun ham bolalarda nutqning о‘z vaqtida shakllanishi haqida, uning sof va tо‘g‘riligi haqida qayg‘urish, bola qaysi tilda nutqi shakllanayotgan bо‘lsa, mana shu til normalarida namoyon bо‘luvchi turli nuqsonlarni oldini olish va tо‘g‘rilash muhim hisoblanadi.

Psixologiyada shaxsga, kasbga, jinsga, yoshga, shaxsni idrok etish va tushunish, xotira, idrok, tasavvur va tafakkur ishtirokida uning etalonlarini shakllantirish bо‘yicha kо‘p tajriba tо‘plangan. G.A.Kovalyova, L.G.Kononovich, V.N.Parfyorova, X.Mikkinalarning fikrlaricha, adabiyotlarda katta e’tibor noverbal hatti-harkatlarga, ularning tuzilishi va elementlariga qaratiladi, ammo, turli xil noverbal hatti- harakatlarning psixologik mazmuni amaliyotda yetarlicha о‘rganilmagan. Aynan noverbal aloqalar alalik bolalarning korreksiyagacha bo'lgan davroda muhim ahamiyatga ega bo'lganligi uchun ham, bu soha keng o'rganilmog'i darkor. Psixologiyada V.A. Labunskiyning tadqiqotlariga kо‘ra, izohli lug‘atdan “noverbal muloqot”,” noverbal aloqa” va “ noverbal xulq-atvor” tushunchalarining turli tumanligiga barham berildi. CH.Darvin, F. Delsart, D.Efron, A. Sheflen, P. Ekman tadqiqotlarida noverbal muloqotga tananing turli xil harakatlari kompleksi sifatida qaraladi.

Ma’lumotlarni alalik, aqli zaif va ruhiy rivojlanishi sustlashgan, nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar idrokiga ta’siri, hatti- harakatlarini boshqarishi va sharhlashi muammosi yetarlicha о‘rganilmagan. Ushbu muammoni kо‘pchilik psixolog olimlar о‘rganishgan. O.K.Agavelyan, M.S.Agavelyanlar kinestetik belgilarni veraballashtirish va tushunish xususiyatlarini hisobga olib uni о‘rganish bilan shug‘ullanishgan. Tasvirni tо‘liq idrok etish va tushunish darajasi muammolarini о‘rganish, xususan, imkoniyati cheklangan bolalarning hissiyotlariga defektologiyada bir nechta ishlar bag‘ishlangan.

Nutq kamchiliklariga ega bо‘lgan bolalarning muloqat xususisiyatlari bizning respublikamizda ilmiy tomondan о‘rganilmaganligi tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.

Tadqiqot maqsadi: Katta guruhda tahsil oluvchi alalik bolalar bilan birgalikda olib boriladigan psixologik-korreksion ish tizimini о‘rganish va tahlil qilish.

Tadqiqot obyekti: katta guruhdagi alalik bolalardagi bilish jarayoni va ularning korreksiyasiga qaratilgan chora tadbirlar.

Tadqiqot predmeti: alaliya nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarda psixologik-korreksiya ishlarini tashkil etish.

Tadqiqotning maqsadiga erishish uchun biz tomondan quyidagi vazifalar qо‘yildi:

1.  Tadqiqot muammosiga oid ilmiy metodik adabiyotlarni о‘rganish va tahlil qilish.

2.  Katta guruhdagi alalik bolalarning psixologik xususiyatlarini о‘rganish uchun metodiklarni tо‘g‘ri tanlash.

3. Katta guruhdagi alalik bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirish bо‘yicha korreksion metodik tavsiyalar berish.

Tadqiqot metodlari: pedagogik, maxsus psixologik,tibbiy adabiyotlarni nazariy tahlil qilish; kuzatish.



Tadqiqotning metodologik asosini – О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutq va risolalarida ta’lim tо‘g‘risida ilgari surilgan fikrlari, “Ta’lim tо‘g‘risida” gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Maxsus ta’lim konsepsiyasi”, “Bolalarni himoya qilish Konvensiyasi”, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan qabul qilingan Davlat Dasturlari, ilmiy pedagogika asosi sifatida dialektik bilish nazariyasi qonuniyatlari va umuminsoniy qadriyatlar, о‘zbek halq pedagogikasi manbalari tashkil etadi.

Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat

Достарыңызбен бөлісу:




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет