Ilim h
á
m jámiyet. №2.2023
47
2014-yilda
Z.I.Kurbanova
bilan
hammualliflikda,
qoraqalpoq va rus tillarida tayyorlangan ―Qaraqalpaq
kiyimi. Fotoalbom‖ (Karakalpakskiy kostyum. Fotoalbom)
galereya-majmua[4]si
moddiy
madaniyatning
muhim
tarkibiy
qismi
sanaluvchi
xalq
an‘anaviy
kiyimlari, qoraqalpoq xalqi ijtimoiy turmush-tarzidagi
kiyim-kechaklar to‗g‗risidagi nodir asar sifatida ko‗rsatish
mumkin. Taʼkidlash joizki, hammualliflikda yaratilgan
mazkur kitob-albom mustaqillik davridagi qoraqalpoqlar
turmush tarzida diniy va milliy qadriyatlarning tutgan o‗rni
va zamonaviy jarayonlar bilan uyg‗unlashuvi xususida
to‗g‗ri ilmiy xulosalar chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
Qoraqalpog‗istonda etnografik fanlarning shakllanish
bosqichlari va bugungi holati, tashkil etilgan arxeologo-
etnografik ekspeditsiyalar, ularning natijalari to‗g‗risida
tarixchi etnograf Z.I.Kurbanovaning shu mavzu tahliliga
bag‗ishlangan ―Etnograficheskaya nauka Karakalpakstana:
etapi stanovleniya, sovremennoye sostoyaniye‖ nomli
monografiyasida chuqur va tahliliy maʼlumotlar, ilmiy-
nazariy fikrlar batafsil bayon etilgan.
Keyingi yillarda olima tomonidan eʼlon qilingan
ishlarda qoraqalpoqlarning milliy va anʼanaviy kiyim-
kechaklar,
shuningdek,
kiyim-kechaklardagi
ranglar
mohiyati, milliy bezak va taqinchoqlar bilan bog‗liq
tasavvur va eʼtiqodlar, qoraqalpoq miflarida ayollar obrazi
talqini,
ayollarni
muqaddas
qadamjolarga
ziyorati
xususidagi etnografik tahlillar o‗ziga xos tarzda tadqiq
qilingan. Mazkur ishda kiyim-kechak bilan bog‗liq ―
bes
kiyim”,
shuningdek
,
diniy eʼtiqod, ayollarning mushtarak
tasavvurlarga
moneligi,
ishonchi,
taʼsir
kuchi,
transformatsion jarayonlar va o‗zgarishlar, ularning
qoraqalpoq (ayol)lar turmush-tarzida alohida o‗ringa ega
ekanligi, oilaviy rasm-rusumlar chuqur tahlillanganini
ko‗rishimiz mumkin [5].
Etnologiyada ma‘lum bir xalqning qadriyatlari,
an‘analari, xususan an‘analarning hayvonot olami bilan
bog‗liq tasavvurlari jihatini tadqiq etish juda muhim
masalalardan
biri
bo‗lib
qolmoqda.
Bu
borada
S.X.Yesbergenovaning olib borgan tadqiqot ishlari diqqatga
sazovor. Uning hayvonlar kulti bilan bog‗liq tasavvurlarini
qoraqalpoq
xalqi
misolida
o‗rganish,
an‘anaviy
dunyoqarash ko‗rinishlari, jumladan, e‘tiqod bilan bog‗liq
qarashlar, ayrim jihatlarni o‗rganishda boshqa xalqlarda
mavjud bo‗lgan munosabatlar bilan qiyosiy tahlil qilgan.
Shuningdek, mustaqillik yillarida tarixchi-etnograf
M.M.Davletiyarov ham ko‗p yillik tajriba va kuzatuvlari
asosida yozilgan ―Qoraqalpoqlarning anʼanaviy ijtimoiy
institutlari‖ deb nomlangan monografiyasini eʼlon qildi.
Olim ilk bor qoraqalpoqlarning anʼanaviy ijtimoiy
institutlari masalalari: qoraqalpoq xalqi turmush tarzida
urug‗larning bo‗linishi, qoraqalpoq urug‗lari
(urıw)
–
ijtimoiy turmush tarzini tartibga soluvchi institut ekanligi,
urug‗larning o‗z-o‗zini anglashi va uning xususiyatlari, oila
instituti, oilaviy qarindoshlik munosabatlari (murindiq),
qo‗shnichilik jamoasi
(meshit qáwim)
, o‗zaro yordam
(kómek)
, ko‗cha biyi
(kóshe biy, aqsaqal)
va boshqalar
haqida qoraqalpoq xalqi ijtimoiy hayotidagi juda muhim
maʼlumotlar keltirilgan [6].
Kundalik turmush tarziga bag‗ishlangan eng sermazmun
ishlardan biri sifatida etnograf-olim M.B.Utebayev [7]
tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarni alohida qayd
etish lozim. Jumladan, mehmondo‗stlik instituti va u bilan
bog‗liq anʼana va qadriyatlar, marosimlar, etiket, yosh
(qoraqalpoq) kelinchaklarining axloq meʼyorlari va etiketi,
ayollarning burch va vazifalari, qoraqalpoq xalqi anʼanaviy
eʼtiqodlari va tasavvurlari bilan bog‗liq qarashlar, axloqiy
qadriyatlar falsafiy jihatdan tahlil etilgan.
Qoraqalpoqlarning anʼanaviy eʼtiqodlari va tasavvurlari
to‗g‗risidagi dastlabki maʼlumotlar XVIII-XIX asrlarda
yashagan rus sayohatchi va geograflari bo‗lgan
D.Gladishev, I.Muravin, o‗lkashunos va tarixchi, geograf
P.I.Richkov, A.V.Kaulbars, venger sharqshunosi va
sayohatchisi A.Vamberilar tomonidan qayd qilingan.
Shuningdek, ushbu maʼlumotlar qoraqalpoq mumtoz
adabiyoti namoyondalari Ajiniyoz va Berdaq asarlarida
ham o‗z aksini topib, XX asrning 50-90-yillarida esa
T.A.Jdanko, S.K.Kamalov, X.Ye.Yesbergenov kabi qator
olimlarning ilmiy ishlarida mazkur masalalarning ayrim
jihatlari yoritilgan. Mustaqillik yillarida ushbu mavzu
bo‗yicha aksariyat tadqiqotlar amalga oshirildi. Jumladan,
etnograf Q.J.Turekeyevning tadqiqotlarida diniy eʼtiqod,
xususan, totemizm, animizm, hayvonlar kulti bilan bog‗liq
qadimiy diniy eʼtiqodlar haqida so‗z boradi. Shuningdek,
nikoh to‗yi (nikoh, nikoh suvi, chaqaloqqa ism qo‗yish va
b.), dafn va taʼziya bilan bog‗liq anʼanaviy urf-odat va
marosimlar, qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida islom dini va
islomiy anʼanalar kabi masalalar xususida asosli fikrlar
mulohaza qilinadi. Va yana, dala materiallari asosida
qoraqalpoq xalqi anʼanaviy turmush tarzida saqlanib qolgan
zardushtiylik kabi qadimiy diniy eʼtiqodlar bilan
bog‗liq marosimlar, marosim taomlari, shuningdek,
farzand tug‗ilishiga xos urf-odat va anʼanalar haqida
maʼlumotlar taqdim etilgan. Mazkur masalalar yechimi
maxsus tadqiq qilingan bo‗lib, muammoni o‗rganish
jarayonida jamiyatda diniy marosimlarni amalda tatbiq
etilish shakllari, qator diniy marosim va urf-odatlarni tahlil
qilgan [8].
Muammoning mohiyati shundan iborat ediki, o
‗
tmishni
o
‗
rganishda ko
‗
plab savollar zamonaviy tadqiqot doirasidan
tashqarida qolib keldi.
Xulosa qilib aytganda, qoraqalpoqlar
etnogenezi tafsilotlarini o‗rganish va targ‗ib qilish masalasi
mustaqillik yillaridan keyin yangi pog‗onaga ko‗tarildi.
Shuningdek, mazkur davrda yaratilgan yangi adabiyotlar
sovetlar davrida yaratilgan adabiyotlardagi tadqiqot va
maʼlumotlardan o‗zining xolisligi, har tomonlama chuqur
tahlil etilganligi, to‗ldirilganligi va ayniqsa ko‗p qirraliligi
bilan ajralib turadi. Bizning kelgusidagi tadqiqotlarimiz
hozirgi kun tartibidagi dolzarb vazifa bo‗lib, ushbu
masalalarni yana-da mukammalroq, puxtaroq tadqiq etish,
xususan qoraqalpoq etnologiyasini chuqur va mufassal
o‗rganilishi uchun debocha vazifasini bajarishiga shubha
yo‗q.
Достарыңызбен бөлісу: |