INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL «GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2023: CENTRAL ASIA» ASTANA, KAZAKHSTAN, APRIL 2023 63 Qurilmaning kamchiligi shundan iboratki otuvchi rotorning tezligi yuqori bo’lganligi sababli
aralashtirish funksiyasini yetarli darajada bajara olmaydi. [3].
3. L.A.Sladkova, A.N.Petrovlaring (talabnoma №2499868) Buldozer ishchi jixozi
qurilmasida buldozer otvaliga qo’shimcha otval o’rnatilgan bo’lib asosiy otvalga nisbatan erkin
siljishini ta’minlash, buldozer ish unumdorligini oshiradi. Bu jixoz itaruvchi bruslar va ularga
o’rnatilgan ko’tarish-tushirish gidrosilindrlariga ega asosiy otvalni o’z ichiga oladi. Asosiy
otvaldan oldinda qo’shimcha itarish bruslarida joylashgan, o’zining ko’tarish-tushirish
gidroslindriga ega bo’lgan qo’shimcha otval o’rnatilgan. Shu bilan birga qo’shimcha itaruvchi
bruslar teleskopik ishlangan bo’lib, asosiy otvalning itaruvchi bruslari bilan asosiy otvalga
sharnirli qotirilgan. Qurilmaning kamchiligi shundan iboratki, qo’shimcha otvalning
o’rnatilganligi buldozer quvvatining yo’qolishiga sabab bo’ladi, bu esa ish samaradorligi
kamayishiga olib keladi[3].
4. G.G.Zakirzakov, Sh.M.Merdanov, V.V.Izilanovlarning (talabnoma №2301864) Buldozer ishchi jixozi
qurilmasidan yopishqoq gruntlarga ishlov berishda foydalanilishi mumkin.
Texnik natija-gidrosilindrning holati o’zgarishi hisobiga buldozerni boshqarish kabinasidan
ko’rinish darajasining oshishi. Buldozerning ishchi jixoziga old listli otval va teskari egri chiziqli
tarafi old listning yuzasi bilan biriktirilgan, 2 ta kesuvchi qirraga ega, uchburchak brus shaklida
ishlangan tozalovchi elementni o’z ichiga oladi. Tozalovchi elementlar burchagida yon balkalarga
sharnir yordamida qotirilgan o’qlar joylashgan. O’qlarga otvalning egri chiziqli yo’naltirgichlariga
qotirilgan roliklar o’rnatilgan. Gidrosilindrlar itaruvchi bruslar va yon balkalarga sharnir
yordamida qotirilgan. Yon balkalar esa o’z yo’naltirgichlariga qotirilgan sudragichlar bilan
sharnirli bog’langan. Qurilmaning kamchiligi shundaki: ishlash jarayonida gruntning
yopishqoqligi yuqoriligi sababli qisqa vaqtda kesuvchi qirralarning o’tmaslashib qolishi natijasida
mashina ish samaradorligining kamayishiga olib keladi[3].
5. E.V.Kurilov, A.A.Alekseevlarning (talabnoma №2352724) Buldozer ishchi jihozi
qurilmasi. Bu qurilma buldozerlarning yer kovlash-tashish mashinalari turiga kiradi. Texnik
natijasi-bog’langan gruntlar bilan ishlashda ish unumdorligining oshishi. Bu buldozer jixozi erkin
aylanuvchi disklar shaklida ishlangan tishli kesuvchi qirralarga ega bo’lgan yon yuzali otvalni o’z
ichiga oladi. Otvalning markaziy qismida disklar bilan bir o’qda diskning kesuvchi qirralari
chuqurchasi aylanasining diametridan kichik diametrga ega bo’lgan parraklar o’rnatilgan. Disklar
va parraklar o’rtasiga ikkita shnek joylashtirilgan. Qurilmanmng kamchiligi shundan iboratki
sochiluvchan qumoq gruntlarni surishda bu qurilma samaradorligi past va yetarli samara
bermaydi[3].
6
. A.I .
Demidenko, D.S.Snigeryovlarning (talabnoma №2270299) Buldozerning
takomillashgan ishchi jihozi qurilmasi. Bu qurilma yo’l qurilish mashinalaridan buldozerning yer
kovlovchi turiga kiradi. Qurilma zich va muzlagan gruntlarga ishlov berish uchun mo’ljallangan.
Buldozer texnalogik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida buldozerning qo’shimcha ishchi
jixozi itaruvchi bruslarga mahkamlangan kesish tekisligiga perpendikulyar joylashgan, buldozer
harakati yo’nalishida aylanuvchi diskli frezalarga ega val o’rnatilgan, tutib turuvchi bruslar va val
bilan mahkam ulangan gidromatordan tashkil topgan. Qurilmaning kamchiliklari quyidagilar:
yuqori namlikdagi tuproqning yopishib qolishi natijasida ishchi jihozning ishdan chiqishi
hamda, qattiq maydonlarni tekislashda va yumshatishda shnekning geometrik shaklining
o’zgarishi, qo’shimcha ishchi organi tuproq uyumi yig’ilib qolganda ko’p energiya talab etadi. Bu
esa ish ish sifatining pasayishiga sabab bo’ladi[3].
Yuqoridagi ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida buldozerlar uchun
energiyatejamkor ishchi jihoz yaratildi (1-rasm
) . Buning afzallik tomoni shundaki, buldozer
ag’dargichining yuzasi bilan uning oldida surilayotgan grunt ishqalanishini kamaytirish orqali ish
unumdorligini oshirishga erishiladi.