134
adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri Pak Van So ijodida ham yetakchilik
qiladi. Seul Milliy Universitetining Koreys tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga
kirgan, ammo kutilmaganda boshlangan fuqarolar urushi natijasida o‘qishni davom
ettira olmagan adiba urush paytida akasidan judo bo‘ldi. Hayot kechirish, oila
a’zolarini boqish uchun Pak Van So amerikaliklar tasarrufidagi savdo majmuasining
rassomchilik bo‘limida ishlashga majbur bo‘ldi. Adiba boshidan kechirganlarini
o‘zining «Shuncha shingani kim yegan», «Chindan ham tog‘ o‘sha yerda
bo‘lganmi?» kabi avtobiografik asarlarida bayon qildi.
Pak Van So muxbirlarga bergan intervyularidan birida fuqarolar urushi haqida
o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi: «
Fuqarolar urushining bor salbiy oqibatlarini
qog‘ozga tushurish istagi meni hayot uchun kurashga undagan kuchli istaklardan
biri edi
» [2, 1055].
Adiba o‘zining avtobiografik ruhda yaratilgan asarlarida urushning qurbonlari
nafaqat jang maydonida, balki front ortida ham bo‘lishini ta’kidlaydi.
Front va front
ortidagi kurash ayni bir tarzda bo‘lib o‘tmaydi, albatta. Front maydonida bo‘lib
o‘tayotgan urushga asosan erkaklar jalb etilsa, front ortidagi kurashda ayollar, qarilar,
hatto bolalar ham ishtirok etishadi.
Adiba Pak Van Soning «Tog‘ chindan ham o‘sha yerda bo‘lganmi?» romanida
Shimoliy va Janubiy Koreya o‘zaro kurash olib borayotgan Seul shahrida sodir
bo‘lgan voqealar uning oila a’zolari bilan bog‘liq holda bayon qilinadi.
Front chizig‘i Seulga yetib kelgach, shaharning barcha aholisi janubga
qochoqlikka ketadi, biroq Pak Van Soning oila a’zolari jarohatlangan akasi bois
Seuldagi uylarning birida qolib, yashiringan holda kun kechirishga majbur bo‘ladi.
Uyda yeyishga hech narsa qolmagach, jarohatlangan akasi, keksa onasi va jiyanlarini
ochlikdan asrab qolish uchun kelinoyisi bilan birga yarim kechasi bo‘sh uylardan
yegulik qidirib ketadi. O‘zgalarning uylarini o‘marayotganidan vijdoni qiynaladi,
ammo jon saqlash uchun bundan boshqa chora qolmagan edi.
«
Kelinoyim menga tirikchilik harakatida bo‘laylik dedi…Avvaliga tirikchilik
harakatida bo‘lish nimaligini tushunmadim.
-
O‘g‘rilik qilish degandan ko‘ra yaxshiroq eshitiladi-ku, - dedi kelinoyim
». [3,
24].
Shimol va Janub o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urush xalqni bir necha bor qochoqlikka
ketishga majbur qildi. Uzoq masofaga noma’lum vaqtga
ketish barcha aholi uchun
qiyinchilik tug‘dirdi. Urush maqsadini anglamay, Shimoliy Koreya qo‘shiniga
ko‘ngilli bo‘lib ketgan, natijada jarohatlangan erkaklar, keksalar hamda ularning oila
a’zolari qochoqlikka keta olmay, Seuldagi uylarda yashirinib yashashga majbur edi.
Mehnatga yaroqsiz insonlardan har ikki tomon ham manfaatdor emas edi.
«
1951 yil 4 yanvardagi chekinishdan taxminan bir oylarcha o‘tib, har joyda
o‘likka o‘xshab yashayotgan odamlar istar-istamas o‘z qiyofalarini ko‘rsata
boshlashdi…
Avvaliga atrofda boshqa odamlar borligidan xursand bo‘ldim, ammo faqat
bizlar bo‘sh uylarni ochib kirgan emasmiz, degan vijdon ajobidan qutulgandek
bo‘ldim, biroq bo‘sh uylarni o‘marish haddan tashqari ko‘payishidan qo‘rqa
boshladim
» [3, 32].
135
Urush paytida janubga qochoqlikka ketmaganligi bois keyinchalik kommunist
deb sanalishidan doim xavotirda yurgan kezlari Seul Shimoliy Koreya boshqaruvi
ostiga o‘tdi va Shimol harbiylari tomonidan o‘z onasi va akasidan ajratilgan holda
kelinoyisi bilan birgalikda majburan qochoqlikka yuborildi. Keyinchalik oilasi bilan
eson-omon qayta ko‘rishdi, akasining jarohati butunlay tuzalmadi, u vafot etdi. Asar
urush tugashi va Pak Van Soning turmushga chiqishi bilan yakunlangan.
Yozuvchi o‘z asarida bir millat o‘rtasidagi o‘zaro urush qanday noxush
oqibatlarga olib kelganligini quyidagicha ifodalaydi: «
Bunday urush dunyoning yana
qayerida bor? Bu urush millatni o‘zaro ashaddiy dushmanga aylantirib, aka-ukani
bir-biriga o‘q otadigan qildi. Er-xotinni bir-biridan ajratdi, ona va bolani o‘zaro
qarshi qo‘ydi, qo‘shnilar bir-birini aybladi, qon-qarindoshlar qarindoshlik
rishtalarini chilparchin etib, o‘z yaqinlarini dushman deb sanaydigan qildi...
» [4,
256].
Pak Van So qalamiga mansub asarlarda fuqarolar urushi mavzui yetakchilik
qilsa-da, aslida adiba
front ortidagi xalq qismati, uning boshiga tushgan taqdir
sinovlarini badiiy yaratishni maqsad qilib qo‘ygan. Bevosita front ortida bo‘lgan
adiba o‘zining hayoti misolida qochoqlikka keta olmagan yoshlarlarning ikki davlat
o‘rtasidagi ayanchli taqdirini ortiqcha bo‘yoqlarsiz tasvirlagan.
Достарыңызбен бөлісу: