Uyga vazifa
:778-780 misollar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.B.Q. Xaydarov “matematika 5” darslik
2. Antiqa mantiq Elektron manba
MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER
№4 | 2021
56
Qurbonova Maqsad Qayumovna
Navoiy viloyat Qiziltepa tuman
18-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
HALIMA XUDOYBERDIYEVA HAYOTI VA IJODI
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0850-2021-4-12
ANNOTATSIYA
Ushbu dars ishlanma 9-sinfning adabiyot darsida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun yoritib
berilgan. Dars ishlanmada o‘zbek shoirasi Halima Xudoyberdiyevaning hayoti va ijodi, she’riyati
haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Sinf:
9-sinf
Fan:
Adabiyot
Darsning maqsadi
: a) ta’limiy – adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish
jarayonida o‘quvchilarda estetik did, estetik ong, adabiyotga, she’riyatga muhabbat, badiiy tafakkur
va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish;
b) tarbiyaviy – adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy va mustaqillik davri adabiyotini milliy iftixor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat
qilishga o’rgatish;
c) rivojlantiruvchi – o‘quvchilarning tafakkur va dunyoqarashini kengaytirish, ularni mustaqil
fikrlashga o‘rgatish.
TK-1. Mavjud axborot manbalaridan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta
ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
TK-4. Badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini
umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash, ulardan ta’sirlanish,
ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
FK-1. Adabiy-nutqiy kompetensiyalar: – nasriy, she’riy asar namunalarini ifodali o ‘qiydi,
mazmun-mohiyatini tushuna oladi;
– turli janrdagi adabiyotlarni mustaqil tanlab, mutolaa qiladi, undagi voqea-hodisalar, obrazlar
tizimiga munosabat bildira oladi.
Metod: Amaliy, nazariy,aralash, noan’anaviy.
Usul: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
Vosita: Darslik, testlar, jadvallar, didaktik va tarqatma materiallar.
H.Xudoyberdiyeva “Bobo quyosh”, “Saylanma” she’riy to‘plamlari.
|