rivojlanadi.
Oʼyinning borishi:
Musiqa rahbari musiqa cholgʼularining turlari asosida
multimedia texnologiyasi orqali texnik vositalarda tarbiyalanuvchilarga qoyib beradi.
Mashgulot dasturiga joylashtirilgan har bir cholgular musiqa rahbari tomonidan birma-
bir tariflab otiladi. Shundan song tarbiyalanuvchilar musiqa cholgʼularidan
yandrayotgan ohang orqali ularni qaysi cholgu ekanini nomlarini aytadilar. Eng koʼp
toʼgʼri javob topgan bola gʼolib sanaladi. Bu oʼyinni oʼtkazish tarbiyalanuvchilarga
musiqa cholgʼulari haqidagi dastlabki maʼlumotlar berish jarayonini yengillashtiradi.
Bundan tashqari ularning soʼz boyligi ortib, ularda hozirjavoblik, ziyraklik, ijodkorlik
kabi sifatlar shakllanadi.
Аlbatta, bu oʼyinda tarbiyalanuvchilarning savollarga aniq javob berishi, musiqa
rahbarining musiqa cholgʼulari hamda ularning turlari haqida mashgʼulotlar davomida
berib borgan saboqlariga bogʼliq.
“Multimedia” texnologiyasida quyidagilar berilishi mumkin:
1-Ekranda qaysi cholgʼularning tasvirini kordingiz va ovozini tingladingiz,
ularning nomlarini bilasizmi?
Javob: tanbur, rubob,gitara,fortepiano, doira, chang, gʼijjak...
2-Ekranda puflab chalinadigan cholgʼularning qaysilarini kordingiz ularni
ovozidan farqlay olasizmi, nomlarini sanab oting?
Javob: surnay, karnay, nay, qoʼshnay.....
3-Ekranda zarbli ( urib chalinadigan) cholgʼularni qaysilarini kordingiz nomlarini
ayting?
Javob. Doira, nogʼora, chang...
Аgarda bolalar orasidan tasvirda korgan cholgu asboblarini nomini ayta olmasa,
yoki ovozidan farqlay olmasa, savollarga toʼgʼri javob topa olmasa, musiqa rahbari
oʼsha bolalar bilan alohida shugʼullanib, ularning cholgʼular borasidagi bilimlarini
rivojlantiradi.
Shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, maktabgacha taʼlim dargohlarida
musiqa mashgʼulotlari samaradorligini oshirish uchun integratsiyalangan multimedia
mashgulotlaridan unumli foydalanish tarbiyalanuvchilarning musiqiy savodxonlik
darajalarini oʼstiribgina qolmay, balki musiqa oʼqituvchilarining kasbiy
kompetensiyalarini ham shakllantiradi.
Достарыңызбен бөлісу: