Bosh muharrir o’rinbosari: Заместитель главного редактора


MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER



Pdf көрінісі
бет7/96
Дата14.09.2024
өлшемі3,08 Mb.
#204332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96
Байланысты:
94-27-PB

MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER
№4 | 2021
 

qolaverishiga ishonchimiz komil. Nazarimizda, kitobga, kitob mutolaasiga munosabatni tubdan 
o‘zgartirish uchun avvalo, ziyoli o‘qituvchilarga suyanishimiz kerak. Ya’ni kitob targ‘ibotchilari 
qanchalik bilimli, ziyoli bo‘lsa, shuncha ijobiy natijaga erishish mumkin. Aytish kerakki, kitob 
chiqarish va sotish bu cho‘ntakni qappaytirish yoki biznes qilish emas. Kitoblar qaysi janr yoki 
mavzuda bo‘lishidan qat’i nazar, u ma’naviyat quroli ekanini mas’uliyat bilan to‘la-to‘kis 
anglashimiz lozim. Iqtisodiy zararni hamma vaqt to‘ldirish mumkin, lekin ma’naviy ziyonni qoplab 
bo‘lmaydi. O‘zining kimligini, o‘zligini bilgan inson ota-ona, ona Vatan, vatanparvarlik degan 
muqaddas qadriyatlarning tub mohiyatini anglashga qodir bo‘ladi.
Olim, ziyoli insonlarni izzat-hurmat yuzasidan uyimizning to‘riga o‘tkazsak, bilimsiz 
kishidan biror xatolik o‘tganda “ha, endi, kitob ko‘rmagan bir bechora-da”, deya aybini kechirib 
yuboramiz. Dunyo bizga havas bilan boqadigan o‘qimishli va kitobxon mamlakat bo‘lishimiz 
uchun kitoblar shunchaki javon bezagi emas, balki ko‘nglimizning bebaho mulkiga aylanishi kerak. 
Shundagina farzandlarimiz qalbiga ezgu g‘oyalarni singdirib, ularni komil inson qilib 
tarbiyalashimiz mumkin.
Badiiy asar qaysi tur va janrga mansubligidan qat’i nazar, uning mohiyatida inson shaxsini 
kamol toptirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish, odamiylik sifatlarini tarbiyalashga 
yo‘naltirilgan bir qator didaktik xususiyatlar, estetik tamoyillar mujassamlashgan bo‘ladi. “Badiiy 
asarning eng muhim xususiyati shundaki, u inson qalbini mayinlashtiradi, tuyg‘ularini 
o‘tkirlashtiradi, ma’naviy-ruhiy barkamollikni tarbiyalaydi”. 
Badiiy adabiyot insoniyat hayotini charog‘on yetishi, inson umriga nurafshonlik baxsh yetib, 
ma’naviy olamini shakllantirishi va yuksaltirishi, porloq kelajak uchun munosib to‘g‘ri yo‘lni 
tanlashga 
yordam 
berishi, 
kitobning 
insoniyat 
tomonidan 
yaratilgan 
yeng 
buyuk 
kashfiyot ekanligi bois har qanday davr va zamonda kitob o‘qish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib 
qilish 
dolzarb 
ahamiyat 
kasb 
yetib 
kelgan. 
Ayniqsa, 
bugungi 
kunda 
davlatimiz 
rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan mazkur masalalarga davlat siyosati darajasida qaralib, 
samarali ishlar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va 
tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar, avvalo, xalqning ijtimoiy turmushini 
yaxshilashga, ma’naviy-ma’rifiy tafakkurini yuksaltirishga, barchaga birdek go‘zal va farovon 
hayotiy muhit yaratishga erishishga qaratildi. Jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur 
qaror 
toptirishga, 
xususan, 
xalqimiz, 
ayniqsa, 
yosh 
avlodning 
ma’naviy-intellektual 
salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani hamda xalqiga muhabbat va 
sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan 
kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga jiddiy ahamiyat berildi. 
Bu yurtimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarida ham yaqqol aks etgan: “Ayni 
paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning 
kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining 
kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun
avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga 
joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb 
yetadi”. 
Xususan, mamlakat bo‘ylab “Yosh kitobxon”, “Eng faol kitobxon guruh”, “Eng kitobxon 
oila” tanlovlarining tashkil qilinishi va g‘olib kitobxonlar turli darajadagi qimmatbaho sovg‘alar 
bilan taqdirlanishi; yirik nashriyotlar tomonidan o‘zbek xalqi va jahon adabiyotining durdona 
asarlari qayta tahrirlanib, yanada sifatli nashr etilishi, ijtimoiy-ma’naviy ko‘makka muhtoj fuqaro 
va oilalarga badiiy-estetik salmoqdor kitoblar, badiiy adabiyotlarning tuhfa qilinishi ushbu 
qonunlarda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘lishi bilan bir qatorda aholi, xususan, yosh avlodning 
mutolaa madaniyatini kamol toptirishga, ma’naviy-ma’rifiy tafakkurini yuksaltirishga keng 
imkoniyatlar yaratib bermoqda. 
Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan aholi o‘rtasida 
kitobxonlikni targ‘ib etish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik hissini yuksaltirish, joylarda 
ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan bir qator tadbirlar tashkil qilinib, bu 




Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   96




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет