MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER
№4 | 2021
10
ABSTRACT
The following article is the main one in the study of other language sections of Lexicology,
emphasizes
the role of the developer; lexicology proves in practice that
it is an integral part of
language teaching methodology, solves issues such as the study of morphology, word formation in
morphology.
Keywords:
Lexicology, word, method, artistic speech, semantics, meaning, term, grammar, speech,
style, consonant, inductive, syntax, Uzbek language, lexicon.
Leksikologiyaning ilk mavzusi – so’zning o’z va ko’chma ma’nosi hamda ularning ishlatilshi –
bevosita uslubiyat (aniq va ba’diiy nutq) munosabatlari bilan aloqador holda izohlanadi. So’zning
o’z va ko’chma ma’noda qo’llanilayotganini farqlash uchun ularning har biriga ma’nodosh so’zlar
tanlash maqsadga muvoffiqdir. Bu o’quvchining nafaqat so’z boyligini, balki so’z ma’nolarini
to’g’ri sharhlash va tushinishga imkon beradi. Masalan: “Hovlida bir necha xil gul bor.
Ularni bobom o’tqazgan…” matni bilan, “Bu hovlida bir gul bor. Uning nomi Saodat…” matnlarini
taqqoslash asosida gul so’zning birinchi matndagi uyadoshlari – daraxt, ko’chat, buta, ikkinchi
matnda esa – qiz, farzand so’zlari ekanligi osonlikcha aniqlanadi.
Bolalar diqqatini matnlarda so’zlarni uyadoshlari bilan almashtirish qanday natija berishiga
qaratish, ularning mushohadasini kengaytirish va chuqurlashtirishga imkon beradi:
1. Hovlida har xil gul (daraxt, ko’chat) bor.
2. Hovlida bir gul (qiz, farzand) bor.
Bunday taqqoslashlar bolaning nutqi go’zallashishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Uyadosh
so’zlarni o’rganish jarayonida umumiy ma’noli (ot – daraxt, karavat, idish, gul, uy) va xususiy
ma’noli (somon, yo’rg’a, to’siq, qorabayir) va hokazo.
terak – tol – qayin – qayrag’och – archa – tut – orik
sigir – ho’kiz – buqa – g’unajin – buzoq
kabi so’zlar ustida, ularning ishlatilish o’rni ustida ishlash zarur. Yuqorida matnni (ideografik
usulda) o’rgatish natijasida bolalar bir nomlarni ifodalovchi xususiy so’zlarni topish, aniqlash va
bilishga ko’p qiziqadilar va bunday topshiriqlar mustaqil holda bajariladi.
5-sinf o’quvchilariga bu mavzuga oid quyidagi topshiriqlarni berish mumkin:
inson so’zining ma’nodosh va uyadoshlarini topib, alohida guruhlang.
Достарыңызбен бөлісу: