MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER №4 | 2021 12
turkumining ma’lum bir ma’no guruhiga mansub bo’ladi. Shuning uchun so’z yasalishi – so’z
turkumlari bilan chatishib ketadi. “Induktiv” dasturda so’z yasalishining so’z turkumlari ichiga
kiritishning asosiy sababi ham shunda. Shuning uchun morfologiya tilning qolgan barcha sohakari
bilan uzviy aloqadorlikda o’rganilishi lozim. Har bir so’z turkumini o’rganayotganda shu
turkumning ichki ma’no guruhlarini alohida ajratish va ularga to’xtalish lozim.
Ma’lum bir guruhga kiruvchi so’zlar ishtirokida gaplar va matnlar yaratish o’quvchilarning so’zdan
nutqda to’g’ri va o’rinli foydalanish mahoratini yanada kengaytiradi. Qo’shimchalarning ma’nosi
va ishlatilishida ikki omil – lug’aviy ma’no omili va sintaktik qo’llanish omili birgalikda olib
boriladi.
Morfologik hodisaninng mohiyatini ma’no. lug’at ochib beradi. Mustaqil so’z turkumlari
lug’aviy ma’noga ega bo’lib, gapda ma’lum sintaktik vazifa bajaradigan o’ziga xos so’roqlarga
javob bo’ladigan so’zlardir. Ot so’z turkumiga oid so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish, to’g’ri yozish,
lug’aviy ma’nolarini bilish hamda nutqda to’g’ri va o’z o’rnida qo’llay olishni o’rgatish – mazkur
mavzuning asosiy maqsadi bo’lishi lozim.
Umuman olganda, har bir grammatik forma turli xil lug’aviy qo’rshovda, turli xil ma’no va
xususiyat kash etadi, hamda bu xususiyatlar faqat nutqiy aloqa vositalari – gaplarda, ya’ni sintaksis
sathida yuzaga chiqadi. Nutqda kattani ham, kichikni ham sizlab, uchinchi shaxsga nisbatan “u kishi
aytdilar” kabi shakllarni ishlatish ziyolilik belgisi ekanligi bolalar ongiga singdirilishi lozim.
Morfologiyaning lug’at, sintaksis va uslubiyat bilan hollarini har bir formada ko’rish mumkin.
Sintaksis masalalarini o’rganayotganda nafaqat sintaktik qurilishning morfologiya va so’z
formalarining yasalishi bilan aloqadorligi haqida, balki bir hodisaning ikki tomoni to’g’risida gap
borayotganligini unutmaslik lozim.
Grammatika – morfologiya va sintaksis bo’limlaridan tashkil topadi. Til faninig katta bir
qismi – sintaksis, so’z, so’z birikmasi va gaplarning o’zaro aloqasini, so’z birkmasi va gaplarni
tashkil etgan bo’laklarning xususiyatlarini o’rganadi. Sintaksis shu jihatdan morfologiyadan
farqlanadi. Morfologiya – so’zlarning grammatik xususiyatlarini, tuzilishi, yasalishi, turlanishi,
tuslanishini tekshiradi. Bu shakliy tekshirish, albatta lug’aviy ma’no asosida bo’ladi. Siztaksis ana
shu so’z shakllar dinamikasini, o’zaro bog’lanishini, ularning gapdagi vazifasini, ma’lum fikrni
ifodalashdagi o’rnini o’rganadi. Til jamiyatning eng muhim aloqa vositasi sifatida fikrni
shakllantiradi, ifodalaydi, bayon qiladi. Fikr gap orqali yuzaga chiqadi. Gap haqida egallangan
bilimlarni mustahkamlash, kengaytirishda so’z birikmasining ahamiyoti be’qiyos. So’z birikmasi –
gapda aniq bir yo’nalishga ega bo’lish, maqsadli fikrlash, gapning ba’diiy bo’yog’ini
quyuqlashtirish, uni qiziqarli va mukammal holatga keltirish vazifasini bajaradigan hodisa. Shuning
uchun so’z birikmasidan gapning qurilish materiali sifatida foydalanish mumkin. Bu o’quvchining
fikrlash qobiliyatini faollashtiradi, fikr ifodasini tezlashtiradi.
Morfologiya va sintaksis grammatikaning ikki bo’limi emas, balki ikki ko’rinishidir. Maktab
grammatikasining sintaksis bo’limida sintaksisga aloqador bo’lmagan ko’p hodisalar uchraydi:
vositasiz to’ldiruvchi bilan hol gapdagi o’rni va morfologik formasi bilan emas, balki lug’aviy
ma’nosi bilan farqlanadi. Lug’aviy ma’noni esa sintaktik nazardan tushintirib bo’lmaydi. Chunki u
leksika va stilistikaning o’rganish obiektidir. Demak, o’zbek tili grammatikasi talqinida beriladigan
qo’shma gaplarning tasnifi, yordamchi so’zlar ma’nosi va vazifasi orqaligina sharhlanishi mumkin.
Shuning uchun “induktiv dastur” da qo’shma gaplarning ma’no munosabatlari asosidagi tasnifi
sintaksisning o’rganish manbayidan kelib chiqadi. Cunki u gap qurilishi bilan emas, balki
gaplarning qanday vositalar – fonetik omillar bilan belgilanadi. Qo’shma gaplar orasidagi sintaktik-
semantik munosabatlarini morfologiya bilan, birinchi gap kesimining formasi bilan ham uzviy
bog’langan.
Gap qurilishini (sintaktik hodisani) morfologiya bilan uzviy aloqada bo’lmay turib o’rganish
mumkin emasligining yaqqol isboti gap qurilishi talqinida o’z aksini topadi.
Sodda gapning kesimli kategoriyasining shakllari bo’lmish tasdiq, inkor mayl, zamon, shaxs-son
qo’shimchalarisiz, ya’ni so’zning xox fe’l bo’lsin, xox ot, sifat, son va hokazo, tuslangan
shakllarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Kesim mavzusini o’rganish jarayonida o’quvchilar egallagan
bilim, ko’nlikma va malakalar mustahkamlanadi, takrorlanadi va qo’yidagi ijodiy topshiriqlar bilan