MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER №4 | 2021 94
muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini
bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keyingi
bosqichlarida mustahkamlanib boradi.
O’qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning tarbiyalanib borayotganligini kuzatib
borishlari kerak. O’quvchilar odatlarni o’z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar
bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo’lga qo’yish asosida
tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi.
Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko’p marotaba takrorlashni o’z ichiga oladi. Mashq va
odatlantirish o’quvchi uchun ongli, ijobiy jarayondir. Mashq natijasini ko’nikma, odat, yangi
bilimlar hosil qilinadi, o’quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi,
hayotiy tajribasi ortadi.
O’rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalari, odatlarini shakllantirish
maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir.
Topshiriq o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko’nikmalarini shakllantirish
maqsadida qo’llaniladigan usul. O’quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo’lib bajarishlari ularda
ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega.
Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida
o’quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari. Pedagogik talab
tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab ma’lum harakatlarni rag’batlantiruvchi
yoki to’xtatuvchi hamda o’quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega
bo’lishi mumkin.
Faoliyatni rag’batlash va motivatsiyalash metodlari: rag’batlantirish, tanbeh berish, uyaltirish.
Rag’batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida
unga ishonch bildirish, ko’ngilini ko’tarish va uni qo’llab-quvvatlash usulidir. O’qituvchi har bir
o’quvchi shaxsida ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarni anglash olishi zarur.
Tanbeh berish - eng muhim jazo chorasi. O’qituvchi o’quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi,
buni kundaligiga yozib qo’yish mumkin.
Uyaltirish - o’quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiya uchun mas’ul
bo’lgan subyektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish.
Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharm- hayodir. Odamda insonda izzat-
nafs, odamiylik qancha kuchli bo’lsa, avvalo, o’zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik
kuchli bo’ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg’ularni ehtiyotkorlik bilan o’stirish lozim, lekin
hadeb uyaltiraverish va qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o’z o’rnida foydalanish kerak,
shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, biz pedagoglar yuqoridagi kabi metodlarni qo’llash orqali har tomonlama
mukammal, ma’naviy yetuk, barkamol insonlarni tarbiyalashimiz va voyaga yetkazishimiz mumkin.