Bosh muharrir o’rinbosari: Заместитель главного редактора


MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER



Pdf көрінісі
бет85/96
Дата14.09.2024
өлшемі3,08 Mb.
#204332
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   96
Байланысты:
94-27-PB

MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER
№4 | 2021
 
93 
ettiruvchi ko’proq ob’yektiv va qulay metodlar qo’llaniladi. Ana shunday tavsif bilan bog’liqlikda 
tarbiya metodlari uch guruhga bo’linadi: 

Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar. 

Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlari. 

Xulq-atvorni va faoliyatni rag’batlantirish metodlari. 
Shaxs ongini shakllantirish metodlari o’quvchilarda ma’naviy- axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda 
dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish 
usullari sanaladi. 
Shaxs ongini shakllantirish (ishontirish) metodlariga quyidagilar kiradi: hikoya, tushuntirish, 
izohlash, ma'ruza, etik suhbat, nasihat, o'git, ko'rsatma, munozara, namuna. 
Bu guruhga mansub metodlarning mohiyati shundaki, ular orqali o’quvchilar ongiga jamiyatda 
ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy g’oya va maqsadlar singdiriladi. O’quvchilarda g’oyaviy onglilik va 
ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish 
ko’nikmalarini tarbiyalash lozim. 
Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko’p ishlatiladigan metoddir. Tushuntirishning 
vazifasi o’quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g’urur tuyg’usiga ega bo’lib voyaga yetishlarini 
tarbiyalashga yordam berishdan iborat. 
Suhbat. O’quvchi shaxsini g’oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda 
o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirchan metod hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning 
mazkur sinf o’quvchilari uchun dolzarbligi, o’quvchilarning suhbat mazmuniga bo’lgan 
munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. 
Hikoya. O’quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan 
hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o’tmishi, tabiiy boyliklar, 
qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish 
mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari - radio, televideniya, 
gazeta va jurnallar sahifalarida hamda internet matbuotida e’lon qilingan ma’lumotlar ham 
o’quvchilar uchun qimmatli material bo’lib xizmat qiladi 
Namuna. O’quvchilar o’z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko’rishlari va 
ibrat olishlari nihoyatda muhim. 
O’qituvchining shaxsan o’zi namuna bo’lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir ko’rsatadi. Ular 
o’qituvchining darsda va hayotda o’zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala 
qilishini, o’z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar. 
O’z-o’zini tarbiyalash metodlari. O’quvchida o’z-o’zini tarbiyalashga, ya’ni, o’z ustida ongli, 
tartibli ishlashga ehtiyoj paydo bo’lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. 
Tarbiya jarayonida o’z-o’zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. 
O’quvchining qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O’z-o’zini 
baholash qiyin, lekin o’quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin. Shu bois o’quvchi irodali 
bo’lishi, o’z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo’lishi, ya’ni, 
tarbiyalanishni xohlashi, o’zini o’rtoqlari, atrofdagilarning ko’zi bilan ko’rish va o’z-o’zini 
takomillashtirishga intilishi lozim. 
Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o’quvchi ruhiyatiga 
sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari hamda o’smirlar ishonuvchan 
bo’lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma’lum ko’rsatmani qabul qilishi zarur bo’lgan 
vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa metodlarning ta’sirini kuchaytirish uchun ham 
foydalaniladi. 
Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og’zaki ta’sir ko’rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy 
sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bahs-munozara usuli bo’lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, 
estetik va huquqiy mavzularda o’tkaziladi. Munozara turli nuqtai nazarlar to’qnashgan vaziyatda 
o’quvchilarda ma’lum hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi. 
Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari: mashq, 
pedagogik talab, ijtimoiy fikr, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat. 
Mashq va o’rgatish metodlari muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga 




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   96




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет