MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER
№4 | 2021
11
ifodalilik, ta’sirchanlik bag’ishlaydi. Ulardan foydalanish usullari xilma-xil. Nutqni zid ma’noli
so’zlar bilan boyitishda xalq maqollarining o’ziga xos o’rni va vazifasi bor. Zid ma’noli so’zlarning
ma’nosini, tuzlishini bilish – narsa va hodisalar orasidagi farqni to’g’ri ajrata olish imkonini beradi
Bizning lug’atimizda tovushlar tarkibi va yozilishi jihatdan bir xil, ammo ma’nosi har xil so’zlar
mavjud. Ular ma’nolariga ko’ra turli buyum, voqea-hodisa, tushunchalarni anglatadi. Bunday
so’zlarni o’rganish o’quvchilar so’z boyligining oshishiga olib keladi.
Lug’at sathini o’rganish nafaqat so’zlarning shakl va ma’no munosabatlarini o’rganishga, uslubiga
emas, balki, so’z yasalishi, ayniqsa otlar, sifatlar va ravishlarning yasalishi bilan uzviy holda olib
borilishi lozim. Chunki ma’nodosh so’zlarning, zid ma’noli so’zlarning, eskirgan va yangi
so’zlarning o’zaro minglab takror va juft so’zlarni hosil qiladi. O’quvchilar tafakkurini
rivojlantirishda juft va qo’shma so’zlar, takror yasama so’zlarning qo’llanilishini puxta
o’zlashtirishga harakat qilishadi.
O’quvchilarga “atama” (termin) mavzusini chuqurroq va ijodiy ruhda o’tishdir. 5-sinf bolalari bir
qator fanlarning asosiy tushunchalari bilan tanishadi. Shuning uchun bu mavzuni o’rganayotganda
“oddiy so’zlar” va atamalar orasidagi shakl va ma’no munosabatlariga alohida e’tibor berish kerak.
Tilshunoslikning leksikologiya bo’limi so’z va uning ma’nolarini o’rganish bilan
shug’ullanadi.
Shu sababli, leksikologiya o’quvchi so’z boyligini oshirish va boyitishda katta
ahamiyatga ega.1 Bu bo’limni o’rganish jarayonida grammatik hamda lug’aviy, o’z va ko’chma
ma’nolari, bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar, ma’no ko’chish usullari, ma’nodosh, uyadosh, zid
ma’noli shakldosh so’zlar, talaffuzi yaqin ma’nosi farq qiluvchi – paronim so’zlar, umumxalq ko’p
ishlatadigan va kam ishlatadigan so’zlar, tarixiy, shevaga oid, yangi paydo bo’lgan va eskirgan,
kasb-hunarga oid so’zlar, atamalar, ibora va tasviriy ifodalar kabi hodisalar bilan tanishiladi.
O’quvchi nutqining go’zalligi, izchilligi, ta’sirchanligi asosan ularning lug’at boyligi bilan bog’liq.
Boshlang’ich sinfdan boshlab akademik litsey va kasb-hunar kollejlarigacha bo’lgan davrda
o’quvchilar o’rganadigan so’zlar lug’ati kengaytirilib boriladi.
Morfologiyani o’rganish sintaksis bilan uzviy bog’liq holda olib borilishi lozim. Morfologiyani
o’rganish jarayonida o’quvchilar tilning adabiy me’yorlari, so’zning shu me’yorlar doirasida
o’zgarishi va yasalishi, grammatik xususiyatlari, so’zni nutqda to’g’ri va o’rinli ishlatish printsiplari
bilan tanishadilar. So’z turkumlari mavzusini o’rganishda so’zning tarkibi, yasalish jarayoni bilan
tanishish orqali o’quvchilar so’zning lug’aviy va grammatik xususiyatlarini kuzatish, farqlash,
o’zaro qiyoslash, ularni nutq vaziyatiga mos ravishda to’g’ri tanlash va to’g’ri qo’llash malakalarini
egallaydilar, lug’at xazinasini boyitadilar. Morfologiya va sintaksis bog’liqligining bosh sababi
shundaki, so’z o’rgatuvchi qo’shimchalarning ularda mujassamlashgan va morfologiyada
o’rganilgan mohiyati – qo’shimchalarning sintaktik vazifalari nutqida qo’llanilishida namayon
bo’ladi. Shuning uchun morfologiya va sintaksis – qo’shimchalarning morfologik mohiyati va
sintaktik vazifasi bir-birini to’ldirib turadi.
Grammatik formaning sintaktik tavsifi shunday munosabatlarni – uni forma o’zining muayyan
ma’nolarga egaligi evaziga sodir qiladi; formaning morfologik
mohiyati esa sintaktik
qo’llanishning o’ziga xosligi bilan belgilangan ma’nolari jamidir. Morfologiyani o’rganish
o’quvchining mustaqil va ijodiy tafakkur doirasini kengaytiradi, so’zning turli shakllarini o’rganish
va yangi so’z hosil qilish, ularni o’zaro qiyoslashga tanlash, tanlab olingan so’zni gap tarkibida
hamda bog’lanishli nutqda o’rinli ishlatish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
O’zbek tilida so’z turkumlarini o’rganish boshlang’ich sinflarda o’rganilgan bilimlarga
asoslangan holda olib borilishi, egallangan B.K.M. lardan foydalanib, mustaqil ijodiy fikr ifodalash
mahorati shakllantirishi lozim. Morfologiya leksikologiya bilan, tilning lug’at sathi bilan uzviy
bog’liqdir. Buning bosh sababi shundaki, morfologiyada so’z shakllari va ularning ma’nosi
o’rganiladi. So’z shakllarining ma’nolari esa so’zlarning u yoki bu ma’no xususiyati bilan
bog’liqdir. Ko’plik qo’shimchasi -lar kishi otlariga qo’shilganda bir ma’noni anglatsa, joy
nomlariga qo’shilsa boshqa ma’noga, bo’linmas yaxlit moddadagi so’zlarga qo’shilganda butunlay
boshqa ma’noni kashf etadi.
Morfologiyaning so’z yasash bilan aloqasi qaysi yo’l bilan bo’lmasin u yoki bu so’z turkumi
vakilining sodda yoki qo’shma shaklini yasashdan iboratdir va har bir yasama so’z ma’lum bir so’z