Научно-методический журнал Серия: Естественно-технические науки. Социальные и экономические науки. Филологические науки


O„SIMLIK GULCHANGLARINING SUTKALIK VA MAVSUMIY TARQALISH



Pdf көрінісі
бет44/231
Дата30.07.2023
өлшемі4,81 Mb.
#179664
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   231
Байланысты:
2-сан 2023 (1-серия)

O„SIMLIK GULCHANGLARINING SUTKALIK VA MAVSUMIY TARQALISH 
QONUNIYATLARI SAMARQAND SHAHRI MISOLIDA 
Z.O‟.Djumayeva –
 doktorant
 X.Q.Haydarov
– 
biologiya fanlari doktori, professor
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
 
X.E.Tursunboev
– 
biologiya fanlari nomzodi, dotsent 
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
A.B.Nozimova – 
doktorant
 
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 
 
Tayanch so„zlar:
o‗simlik, aeropalinologiya, ekologiya, gulchang, daraxt, biologiya, changlanish, allergiya. 
Ключевые слова:
растение, аэропалинология, экология, пыльца, дерево, биология, опыление, аллергия. 
Key words:
plant, aeropalinology, ecology, pollen, tree, biology, pollination, allergy. 
Kirish.
Palinologiya - gulchanglar va sporalar haqidagi 
fan bo‘lib, 17-asr oxirida paydo bo'lgan. Mikroskopning 
ixtiro qilinishi bilan botaniklar o'simlikning ko'zga ko'rin-
mas juda kichik a‘zosi - gulchanglari va sporalari orqali 
o‘simlik turlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo'ldilar. 
Aniqlanishicha, ularning qobig'i barqaror modda - spo-
ropollenindan iborat bo'lib, u millionlab yillar davomida 
saqlanishi mumkin. O‘simlik gul changlari tibbiyotda ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz palinologi X.Xayd 
Yevropada pichan isitmasi (pollinoz) don ekinlari va ayrim 
daraxtlarning gulchanglari, shuningdek, begona o‗tlarning 
ayrim turlarining gulchanglaridan kelib chiqishini aniqladi 
[
4
]. Allergen o'simliklardan keng tarqalgan turlar quyida 
keltirib o‘tilgan. Ularga qayin, eman, terak, zarang, yapon 
safora, lola daraxti va ignabarglilardan qaragʻay, archa kabi 
daraxtlar mansub. Oʻt o‘simliklardan qichitqi oʻt, otquloq, 
shuvoq, qamish shuningdek, bir qator madaniy ekinlar 
makkajoʻxori, javdar, guruch, bug'doy, tariq kiradi. Sog'liq 
uchun xavfli bo'lgan gulchanglar miqdorining keskin o'sishi 
turli mintaqalarda turli vaqtlarda sodir bo'ladi va bu jarayon 
gulchanglar tarqalishining xususiyatlariga bog'liq bo'lib, 
ular o'z navbatida meteorologik sharoitlar bilan belgilanadi. 
Aerobiologik namunalar standartlashtirilgan usulga mu-
vofiq amalga oshirildi. Tadqiqotlarimizda o‘simliklardagi 
gul changlari soni 1m
3
havo uchun hisoblab chiqildi va 
olingan chang donalari mikroskopiya usuli yordamida 
o‘ranildi (
Mikromed MS-2-ZOOM

[2, 5]. Gul changi 
donalarini aniqlashda asosan oila e‘tiborga olindi va 
aniqlagich atlaslardan foydalanildi [1, 3, 5]. Bunda gul 
changlarining hosil bo‘lish va tugash davri, maksimal 
kunlik qiymatlari va umumiy miqdori aniqlandi. 
2022 yildagi ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, may 
oyining birinchi o‘n kunligida Samarqand havosi tarkibida 
34 ta o‘simlik gul changlari aniqlandi. Ulardan terak (
Popu-
lus
), qayin (
Betula
), qarag‘ay (
Pinus
), chinor (
Platanus
), 
zarang (
Acer
) kabi o‘simliklar ustunlik qildi. Qolganlari 
noaniq gul chang taksonlari edi. O‘simlik gulchangi 
taksonlari mavjudligining ketma – ketligi, vaqti, maksimal 
kunlik qiymatlarini va umumiy miqdorini hisobga olgan 
holda tahlil qilindi. Bu tadqiqot natijalari 1-jadvalda taqdim 
etilgan. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   231




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет