Объединение юридических лиц в форме ассоциации «общенациональное движение «бобек»



Pdf көрінісі
бет64/117
Дата27.12.2023
өлшемі3,05 Mb.
#199598
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117
Байланысты:
Сборник МНПК

Kalit so‘zlar:
bulldozer, mexanizatsiya,
texnologik jarayon, agregat, ishchi jihoz, 
ag’dargich, lemex, namlik darajasi, grunt, shnek, planetar reduktor, kronshteyn, kompressor. 
Bizga ma’lumki mustaqillik yillarida suv xo’jaligi va melioratsiya tizimini tubdan isloh 
qilish bo’yicha chiqarilgan O’zbekiston respublikasi prezidentining Farmonlari hamda Vazirlar 
Mahkamasining qarorlarida ko’rsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun barcha 
chora-tadbirlar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda 
meliorativ texnikalar, jumladan buldozerlardan keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Suv 
xo’jaligi va qishloq qurilishida yer ishlari hajmining 40 foizga yaqini buldozerlar yordamida 
amalga oshiriladi. Irrigatsiya va melioratsiya, yo’l qurilishida yer ishlarini bajarishda buldozerlar 
ko’pincha yer qazish yoki tekislash ishlarini amalga oshiradi[1].
Yer ishlarida grunt buldozerlar bilan o’rta hisobda 30…70 m ga, ayrim hollarda 150 m va 
undan ortiq masofaga ham suriladi. Buldozerlar agregatlangan traktorlar quvvatiga bog’liq 
ravishda tashish masofasi quyidagicha taqsimlanadi: 40…55 kVt – 30…50 m gacha; 59…80 kVt 
– 50…70 m gacha; 118…132 kVt – 100 m gacha; 228…243 kVt – 150 m gacha [2]. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda buldozerlarning ishlash texnologik jarayoni tahlil qilib 
ko’rilganda, ishchi jihozini tuproqning qarshilik kuchi, namlik darajasi yuqori bo’lgan 
gruntlarning ag’dargichga yopishib qolishi natijasida buldozer ish samaradorligining kamayishi va 
turli toifadagi gruntlarni surish vaqtida ishchi organ pichoqlarining yeyilishi, sinishi va ish 
qobilyatining pasayishiga olib kelmoqda. Bu muammolarni bartaraf etish uchun ishchi jihozni 
yanada takomillashtirib iqtisodiy samaradorligi yuqori bo’gan eng maqbul variantini ishlab 
chiqishni taqozo etmoqda. Ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida bajarilgan ilmiy 
tadqiqot ishlari tahlil qilib chiqildi. 
1. E.V.Kurilovning
(talabnoma № 92431)
Buldozer ishchi jixozi qurilmasi buldozerning 
yer kovlash-tashish mashinalari turiga kiradi. Vazifasi: zich gruntlarga ishlov berish buldozer ish 
unumdorligini oshirish. Jixoz otval va uning ustki qismiga mahkamlangan planetar reduktorli 
kronshteynni o’z ichiga oladi. Reduktorning quyosh yulduzchalari bilan ulangan disklarning 
shnekli parraklari makaziga mahkamlangan. Ikkinchi tarafdan satellitlarga pnevmatik shinali 
g’ildiraklar o’rnatilgan. Bunday jixoz otval vaziyatini osonlashtiradi va buldozerning 
chidamliligini oshiradi. Kamchiligi: namlik darajasi yuqori gruntlarga ishlov berishda gruntning 
shneklarga yopishib qolishi va otval old qismiga yig’ilgan grunt orasida qolganda samaradorlik 
kamayishiga olib keladi[2].
2. V.V.Slyusarenk, A.P.Lazarev, V.G.Serjantovlarning (talabnoma №129528) 
Buldozer-
aralashtirgich qurilmasi qurilish texnikasi bo’lib biologik rekultivatsiya jarayonida neft va neft 
mahsulotlari bilan ifloslangan gruntlardagi komponentlarni teng taqsimlovchi konstruktsiyadir. 
Qurilma quyidagi qismlardan iborat: otval, shnek, valga o’rnitilgan spiral, yordamchi spista, 
podshipnik, stoyka, suv purkovchi teshikchalar. Qurilma gruntlarni yumshatish sifatini oshiradi. 




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет