INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
«GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2023: CENTRAL ASIA»
ASTANA, KAZAKHSTAN, APRIL 2023
65
UO‘T:631.315.4
BULDOZER UCHUN TAKOMILLASHTIRILGAN ISHCHI JIHOZ
Sayliyev Doston Rustamovich
1
, Subhonov Maxmud Muso o’g’li
1
1
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaliginimexanizatsiyalash muhandislari instituti”milliy
tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish
institute magistrlari
Annotatsiya:
Ma’lumki qishloq va suv xo’jaligi qurilishida buldozerli ishlar umumiy
ishlarning 35-40 foizini tashkil qiladi. Irrigatsiya va melioratsiya, ishlarini bajarishda buldozerlar
ko’pincha kavalerlarni tekislash ishlarini amalga oshiradi. Mazkur maqolada kavaler tekislash
mashinasining ish jihozi takomillashtirish yani qirquvchi ishchi jihoziga yumshatuvchi pichoqlar
o’rnatish orqali gruntlarni ma’lum qalinlikda qirqish tekislash ishlarini amalga oshirishda
tortishga qarshilik kuchining kamaytirishga doir ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
bulldozer, kavaler, kanal, kollektor, tuproq tepa, yumshatuvchi tish,
irrigatsiya, mexanizatsiya, texnologik jarayon, agregat, ishchi jihoz, ag’dargich, lemex, namlik
darajasi, zichlik, grunt.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining
raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy, sifatli qishloq
xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu
bilan birga, xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan ayrim qishloq xo‘jaligi va melioratsiya
texnikalarining respublikaning tuproq-iqlim sharoitlariga mos kelmasligi qishloq xo‘jaligi
ekinlarini etishtirishda belgilangan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish vaqtida qator
muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi
qismlarini respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitlarida samarali qo‘llash va ularning
ishonchliligini tekshirish uchun tegishli sinovlarni o‘tkazish, sohani rivojlantirishga
ko‘maklashuvchi innovatsion usullar, dasturlar va istiqbolli g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq
xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va qismlarini ishlab chiqaruvchi
mahalliy korxonalar faoliyatiga samarali ilmiy ishlanmalar keng joriy etilmoqda [1].
Bundan ko’rinib turibdiki mavjud mashinalarning ish unumdorligini oshirish va ishlash
jarayonida ish jihozlarining maqbul variantlarini tanlash zarur. Bu masalalarni barataraf etishda
melioratsiya mashinalari uchun energiyatejamkor ish jihozlar ishlab chiqishni talab qiladi.
Ma’lumki qishloq va suv xo’jaligi qurilishida buldozerli ishlar umumiy ishlarning 35-40 foizini
tashkil qiladi. Irrigatsiya va melioratsiya, ishlarini bajarishda buldozerlar ko’pincha kavalerlarni
tekislash ishlarini amalga oshiradi[2].
Kavaler dеb, trаnshеya yoki kаnаllаrdа qаzib chiqаrilgаn tuprоqlаrgа аytilаdi. Kanal va
kollektordan qazib chiqarilgan gruntlar tuproq tepa ko’rinishida kanal va kollektorning ikki yon
tomoniga joylashtiriladi. Mazkur holat esa kanal va kollektorlarni ekspluatatsiyasi va tozalash
jarayonini ancha murakkablashtiradi.
Kavalerda joylashgan grunt yumshoq holatda bo’lgani sababli qurish jarayonida tuproqning
alohida qismlardagi sturkturasi o’zgaradi. Bunday gruntga mexanik zarracha ta’sir etish oqibatida
grunt zichligi turg’un holatga keladi. Bir maydonda boshlangan zichlanish jarayoni boshqa
maydonlarga tezda tarqaladi. Yil davomida kavalerlar qurishi oqibatida ularning hajmi 30…40%
ga o’zgaradi( 1-rasm).