Bosh muharrir o’rinbosari: Заместитель главного редактора


MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER



Pdf көрінісі
бет12/96
Дата14.09.2024
өлшемі32,62 Kb.
#204332
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96
Байланысты:
94-27-PB

MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER
№4 | 2021
 
12 
turkumining ma’lum bir ma’no guruhiga mansub bo’ladi. Shuning uchun so’z yasalishi – so’z 
turkumlari bilan chatishib ketadi. “Induktiv” dasturda so’z yasalishining so’z turkumlari ichiga 
kiritishning asosiy sababi ham shunda. Shuning uchun morfologiya tilning qolgan barcha sohakari 
bilan uzviy aloqadorlikda o’rganilishi lozim. Har bir so’z turkumini o’rganayotganda shu 
turkumning ichki ma’no guruhlarini alohida ajratish va ularga to’xtalish lozim. 
Ma’lum bir guruhga kiruvchi so’zlar ishtirokida gaplar va matnlar yaratish o’quvchilarning so’zdan 
nutqda to’g’ri va o’rinli foydalanish mahoratini yanada kengaytiradi. Qo’shimchalarning ma’nosi 
va ishlatilishida ikki omil – lug’aviy ma’no omili va sintaktik qo’llanish omili birgalikda olib 
boriladi.
Morfologik hodisaninng mohiyatini ma’no. lug’at ochib beradi. Mustaqil so’z turkumlari 
lug’aviy ma’noga ega bo’lib, gapda ma’lum sintaktik vazifa bajaradigan o’ziga xos so’roqlarga 
javob bo’ladigan so’zlardir. Ot so’z turkumiga oid so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish, to’g’ri yozish, 
lug’aviy ma’nolarini bilish hamda nutqda to’g’ri va o’z o’rnida qo’llay olishni o’rgatish – mazkur 
mavzuning asosiy maqsadi bo’lishi lozim. 
Umuman olganda, har bir grammatik forma turli xil lug’aviy qo’rshovda, turli xil ma’no va 
xususiyat kash etadi, hamda bu xususiyatlar faqat nutqiy aloqa vositalari – gaplarda, ya’ni sintaksis 
sathida yuzaga chiqadi. Nutqda kattani ham, kichikni ham sizlab, uchinchi shaxsga nisbatan “u kishi 
aytdilar” kabi shakllarni ishlatish ziyolilik belgisi ekanligi bolalar ongiga singdirilishi lozim. 
Morfologiyaning lug’at, sintaksis va uslubiyat bilan hollarini har bir formada ko’rish mumkin. 
Sintaksis masalalarini o’rganayotganda nafaqat sintaktik qurilishning morfologiya va so’z 
formalarining yasalishi bilan aloqadorligi haqida, balki bir hodisaning ikki tomoni to’g’risida gap 
borayotganligini unutmaslik lozim. 
Grammatika – morfologiya va sintaksis bo’limlaridan tashkil topadi. Til faninig katta bir 
qismi – sintaksis, so’z, so’z birikmasi va gaplarning o’zaro aloqasini, so’z birkmasi va gaplarni 
tashkil etgan bo’laklarning xususiyatlarini o’rganadi. Sintaksis shu jihatdan morfologiyadan 
farqlanadi. Morfologiya – so’zlarning grammatik xususiyatlarini, tuzilishi, yasalishi, turlanishi, 
tuslanishini tekshiradi. Bu shakliy tekshirish, albatta lug’aviy ma’no asosida bo’ladi. Siztaksis ana 
shu so’z shakllar dinamikasini, o’zaro bog’lanishini, ularning gapdagi vazifasini, ma’lum fikrni 
ifodalashdagi o’rnini o’rganadi. Til jamiyatning eng muhim aloqa vositasi sifatida fikrni 
shakllantiradi, ifodalaydi, bayon qiladi. Fikr gap orqali yuzaga chiqadi. Gap haqida egallangan 
bilimlarni mustahkamlash, kengaytirishda so’z birikmasining ahamiyoti be’qiyos. So’z birikmasi – 
gapda aniq bir yo’nalishga ega bo’lish, maqsadli fikrlash, gapning ba’diiy bo’yog’ini 
quyuqlashtirish, uni qiziqarli va mukammal holatga keltirish vazifasini bajaradigan hodisa. Shuning 
uchun so’z birikmasidan gapning qurilish materiali sifatida foydalanish mumkin. Bu o’quvchining 
fikrlash qobiliyatini faollashtiradi, fikr ifodasini tezlashtiradi. 
Morfologiya va sintaksis grammatikaning ikki bo’limi emas, balki ikki ko’rinishidir. Maktab 
grammatikasining sintaksis bo’limida sintaksisga aloqador bo’lmagan ko’p hodisalar uchraydi: 
vositasiz to’ldiruvchi bilan hol gapdagi o’rni va morfologik formasi bilan emas, balki lug’aviy 
ma’nosi bilan farqlanadi. Lug’aviy ma’noni esa sintaktik nazardan tushintirib bo’lmaydi. Chunki u 
leksika va stilistikaning o’rganish obiektidir. Demak, o’zbek tili grammatikasi talqinida beriladigan 
qo’shma gaplarning tasnifi, yordamchi so’zlar ma’nosi va vazifasi orqaligina sharhlanishi mumkin. 
Shuning uchun “induktiv dastur” da qo’shma gaplarning ma’no munosabatlari asosidagi tasnifi 
sintaksisning o’rganish manbayidan kelib chiqadi. Cunki u gap qurilishi bilan emas, balki 
gaplarning qanday vositalar – fonetik omillar bilan belgilanadi. Qo’shma gaplar orasidagi sintaktik-
semantik munosabatlarini morfologiya bilan, birinchi gap kesimining formasi bilan ham uzviy 
bog’langan.
Gap qurilishini (sintaktik hodisani) morfologiya bilan uzviy aloqada bo’lmay turib o’rganish 
mumkin emasligining yaqqol isboti gap qurilishi talqinida o’z aksini topadi. 
Sodda gapning kesimli kategoriyasining shakllari bo’lmish tasdiq, inkor mayl, zamon, shaxs-son 
qo’shimchalarisiz, ya’ni so’zning xox fe’l bo’lsin, xox ot, sifat, son va hokazo, tuslangan 
shakllarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Kesim mavzusini o’rganish jarayonida o’quvchilar egallagan 
bilim, ko’nlikma va malakalar mustahkamlanadi, takrorlanadi va qo’yidagi ijodiy topshiriqlar bilan 




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет