Реализация интегрированных уроков музыки с



Pdf көрінісі
бет3/4
Дата20.05.2023
өлшемі237,36 Kb.
#177303
1   2   3   4
Байланысты:
295-Article Text-789-1-10-20201022

“Ovozidan top” didaktik oʼyini. 
Oʼyin mavzusi.
Xalq cholgʼulari nomlari va turlarini multimedia texnologiyasi 
orqali ovozini eshitish va tasvirini korib aytish. 
Oʼyin maqsadi:
Bu oʼyinda integratsiyalangan musiqa mashgulotining asosini 
tashkil etuvchi musiqa sanatining turli sohalarini qamrab olgan jihatlari orqali 
tarbiyalanuvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati; tinglash madaniyati, nutq hamda 
xotirasi; musiqiy savodi, tez va toʼgʼri javob berish malakasi shakllanadi hamda 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
605
www.openscience.uz


rivojlanadi. 
Oʼyinning borishi:
Musiqa rahbari musiqa cholgʼularining turlari asosida 
multimedia texnologiyasi orqali texnik vositalarda tarbiyalanuvchilarga qoyib beradi. 
Mashgulot dasturiga joylashtirilgan har bir cholgular musiqa rahbari tomonidan birma-
bir tariflab otiladi. Shundan song tarbiyalanuvchilar musiqa cholgʼularidan 
yandrayotgan ohang orqali ularni qaysi cholgu ekanini nomlarini aytadilar. Eng koʼp 
toʼgʼri javob topgan bola gʼolib sanaladi. Bu oʼyinni oʼtkazish tarbiyalanuvchilarga 
musiqa cholgʼulari haqidagi dastlabki maʼlumotlar berish jarayonini yengillashtiradi. 
Bundan tashqari ularning soʼz boyligi ortib, ularda hozirjavoblik, ziyraklik, ijodkorlik 
kabi sifatlar shakllanadi.
Аlbatta, bu oʼyinda tarbiyalanuvchilarning savollarga aniq javob berishi, musiqa 
rahbarining musiqa cholgʼulari hamda ularning turlari haqida mashgʼulotlar davomida 
berib borgan saboqlariga bogʼliq.
“Multimedia” texnologiyasida quyidagilar berilishi mumkin: 
1-Ekranda qaysi cholgʼularning tasvirini kordingiz va ovozini tingladingiz, 
ularning nomlarini bilasizmi? 
Javob: tanbur, rubob,gitara,fortepiano, doira, chang, gʼijjak... 
2-Ekranda puflab chalinadigan cholgʼularning qaysilarini kordingiz ularni 
ovozidan farqlay olasizmi, nomlarini sanab oting? 
Javob: surnay, karnay, nay, qoʼshnay..... 
3-Ekranda zarbli ( urib chalinadigan) cholgʼularni qaysilarini kordingiz nomlarini 
ayting? 
Javob. Doira, nogʼora, chang... 
Аgarda bolalar orasidan tasvirda korgan cholgu asboblarini nomini ayta olmasa, 
yoki ovozidan farqlay olmasa, savollarga toʼgʼri javob topa olmasa, musiqa rahbari 
oʼsha bolalar bilan alohida shugʼullanib, ularning cholgʼular borasidagi bilimlarini 
rivojlantiradi. 
Shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, maktabgacha taʼlim dargohlarida 
musiqa mashgʼulotlari samaradorligini oshirish uchun integratsiyalangan multimedia 
mashgulotlaridan unumli foydalanish tarbiyalanuvchilarning musiqiy savodxonlik 
darajalarini oʼstiribgina qolmay, balki musiqa oʼqituvchilarining kasbiy 
kompetensiyalarini ham shakllantiradi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет