Реализация интегрированных уроков музыки с



Pdf көрінісі
бет2/4
Дата20.05.2023
өлшемі237,36 Kb.
#177303
1   2   3   4
Байланысты:
295-Article Text-789-1-10-20201022

Key words: 
Integration, art, aesthetic education, interactive learning, the song, 
activity, multimedia 
Ma`lumki uzluksiz ta`lim tizimining birlamchi asosiy bo`g`ini maktabgacha 
ta`lim tizimi hisoblanadi. Ko’pgina mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga 
ko`ra insoniyat o`zining bitun umri davomida oladigan barcha axborotlar va 
ma`lumotlarning 70% ni 5 yoshgacha bo`lgan davrda oladi.
Maktabgacha taʼlim davri bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan 
davr hisoblanadi. Shuning uchun, musiqa rahbari mashgʼulotlar jarayonida bolalarda 
yoshiga mos va ularga tushunarli mazmunda musiqa asarlari goʼzalligini his qilish, 
mazmunini tushunish, Vatanga muxabbat hissi, milliy gʼururini shakllantirish, yorqin 
ifoda vositalarini farqlash, musiqa asarining 2-3 qismli shaklini mustaqil farqlay olish 
kabi layoqatlarni tarkib topdirmogʼi lozim [4, 125]. 
Keyingi vaqtlarda maktabgacha talim tashkilotlarida musiqa mashgulotlarini 
amalga oshirishda integrallashgan talim metodlaridan foydalanish muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. Sababi, bolada onavatanga muhabbat, insoniy fazilatlarni shakllantirish 
musiqa mashgulotlarining asosiy maqsadi sanaladi. Shu manoda musiqa sanatini 
o`rganish bo`yicha integrallashgan mashg`ulotlar keng rasm bo`lishi qonuniy tus oldi. 
Integrallashgan estetik shakl musiqa mashgulotlarida, san’at predmetlarini 
integrattsiyalashi, bolalarni sanat predmetlarni o`qitishning muqobil tizimi, ekanligini 
takidlash imkonini beradi.
Integratsiya – o`qituvchining turli fanlar bo`yicha kuzatishlari va xulosalarni 
tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbaidir. Ular 
faoliyatning turli shakllari almashib turishi orqali o`quvchilar charchashi va 
asabiylashishining oldini oladi. 
Bugungi kunda maktabgacha ta`lim tizimida talimiy va tarbiyaviy mashgulotlarni 
integratsiyalash to`g`risida ko`p so`z yuritilmoqda. Olimlar va amaliyotchi 
tarbiyachilar bolalarda qanday qilib dunyo to`g`risida yaxlit tushuncha hosil qilish va 
turli fanlar bo`yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni tuzish 
to`g`risida bosh qotirishyapti. Integratsiyalashgan mashgulotdan kutiladigan maqsad 
faqat ma`lum bilimlarni egallashga emas, balki tasvirli fikrlashni rivojlantirishga 
qaratiladi. Olamning umumiy ko`rinishi tovushlar, tasvirlar, ranglar orqali 
tanishtiriladi, bola esa ham dunyoni, ham o`zini o`rganuvchi, tekshiruvchi o`ringa 
qo`yadi [1, 70b.]. 
Asosiy bilimlarni o`zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini 
tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlar aro aloqalarini o`rnatish talimga 
integratsiyalashga yondoshuvning metodik asosidir. Bunga turli mashgulotlarga 
tushunchalarga ko`p marotaba qaytishi, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga 
tushunarli bo`lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
603
www.openscience.uz


yaxshi shakllangan tuzilish va o`tkazish tartibiga ega bo`lgan, tarkibiga shu o`quv 
predmetiga tegishli bo`lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday mashgulot 
integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Lekin integratsiyalangan mashgulotga 
boshqa mashgulot, boshqa o`kuv predmetlari bilan bog`liq tushunchalar tahlil 
qilishning natijalari kiritiladi. Masalan, «tabiat», «suvlar», «gozallik», kabi 
tushunchalar tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy sanat mashgulotlarida ko`rib chiqiladi. 
Tushunchalarning tahlil qilish boshqa o`quv mashgulotlarida o`zlashtirilgan bilimlarga 
murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. Musiqa mashgulotlari 
ijodiy, erkin bo`lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, o`ziga xos o`tish 
metodikasiga ega bo`ladi. 
Albatta bunday mashgulotlarni olib borish musiqa rahbaridan yuksak mahoratni, 
boshqaruvchanlikni talab etadi. Integratsion mashgulotlarda bola jimgina tomoshabin 
bo`lib o`tirmaydi. U mashgulot jarayonida faol va izchil qatnashadi. Aynan shunday 
mashgulotlarda bolalarda badiiy tafakkur va tasavvur rivojlanadi, estetik xissiyotlari 
tarbiyalanadi. 
Hozirgi kunda barcha taʼlim muassasalari, shu jumladan maktabgacha taʼlim 
muassasalari zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan 
jihozlanmoqda. Maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonida yangi 
kompyuter va axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalarining joriy etilishi, 
pedagog-tarbiyachilarning axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish malaka 
va koʼnikmalarini shakllantirish bilan birga, ularning integratsiyangan mashgʼulotni 
tashkil etish jarayonidagi maqsadi, vazifalari va tutgan oʼrnini oʼzgartiradi. 
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilariga taʼlim berishda axborot 
texnologiyalaridan foydalanish murakkab masala hisoblanib, koʼplab bahs-
munozaralarga sabab boʼlmoqda. Lekin shunga karamay, maktabgacha yoshdagi 
bolalarni tarbiyalash va ularning har tomonlama yetuk inson boʼlib rivojlanishida 
integratsiyalangan 
mashgulotlarda 
kompyuter 
texnologiyalari 
vositalaridan 
foydalanish oʼzining ijobiy samarasini bermoqda. 
Bugungi kunda maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning 
badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlarni oʼqish, rasmlarni koʼrish va ajrata bilish 
tasavvurlarini kengaytirish kompyuterli oʼyin dasturlari orqali fikrlash va mustaqil 
qarorlar qabul qilish boʼyicha bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirishda axborot 
texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Bu borada maktabgacha yoshdagi 
bolalarning rivojlanishi uchun moʼljallangan kompyuterli oʼyin dasturlarining taʼlim 
jarayonida oʼz samarali jihatlariga jiddiy yondashuv va eʼtibor kerak boʼladi. 
Integratsiyalangan musiqa mashgulotlari shunday tashkil etilishi kerakki, 
multimedia texnologiyalarini musiqa mashgulotlarida qollash, unda bajariladigan har 
bir harakat bolalar tomonidan toʼgʼri qabul qilinishi, bajarilishi va tasavvur etilishi 
lozim. multimedia dasturidagi har bir harakatni bola tushuna olishi, uni qanday bajarish 
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
604
www.openscience.uz


kerakligini oʼylash va amalga oshirish imkoniyatiga ega boʼlishi lozim. Multimedia 
atamasining lugʼaviy maʼnosi ikkita soʼz yigʼindisidan tashkil topgan boʼlib, multi-
koʼp, media-muhit maʼnosini anglatadi. Аtama ilmiy va oʼquv adabiyotlarida «koʼp 
vositalilik», «multimedia muhiti» «koʼp qatlamli muhit», «maʼlumot tashuvchi vosita» 
kabi talqin qilinib kelinmoqda. 
Hozirgi davrda multimedia atamasi koʼp qirrali boʼlib, turli hil tushunchalarni 
ifodalashga tatbiq etib kelinmoqda. Masalan, multimedia texnologiyasi; multimedia 
mahsuloti; multimediali kompyuter; multimedia dasturi va boshqalar shular 
jumlasidandir.
Multimedia bu maxsus texnologiya boʼlib, dasturiy va texnik moddiy taʼminot 
asosida kompyuterda bir vaqtning oʼzida matnli, tasviriy axborotni tovushli va 
harakatli holda ifodalash imkoniyatidir. 
Belgilangan maqsad asosida oʼtkaziladigan didaktik jarayon rejalashtirilganda uni 
amalga oshirish osonlashadi. Binobarin, musiqa rahbarining musiqa mashgʼulotlari 
xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki mashgʼulotning texnologik 
xaritasida, har bir mavzu tarbiyalanuvchining imkoniyati va ehtiyojlaridan kelib 
chiqqan holda tuziladi.
Mashgʼulotning texnologik xaritasini qay koʼrinishda yoki shaklda tuzish, bu 
musiqa rahbarining tajribasi, qoʼygan maqsadi va imkoniyatlariga bogʼliqdir. 
Musiqa rahbari katta hamda maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan 
integratsiyalangan musiqa mashgʼulotlari jarayonida qoʼllashi mumkin boʼlgan baʼzi 
bir treninglarni keltirib oʼtamiz. Masalan: “Tinglaymiz va tahlil qilamiz” metodi; 
“notali oyinlar” metodi; “ovozidan top” metodi; “tarmoqlar” metodi; “interviyu” 
texnologiyasi; “multimedia” texnologiyasi va boshqalar.
Аlbatta, tarbiyalanuvchilarda musiqaga nisbatan motiv hosil qilishda didaktik 
oʼyinlarning oʼrni beqiyosdir. Bolalarda oʼyinsiz tom maʼnodagi aqliy rivojlanish 
boʼlishi mumkin emas. Oʼyin ularda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uygʼotadigan 
uchqundir. Ushbu didaktik oyinlarni biz multimedia texnologiyasi orqali 
integratsiyalangan musiqa mashgulotlarida qollashning nazariy va amaliy mazmunini 
yoritishga harakat qilamiz. 
“Multimedia” texnologiyasi uchun oʼyin gʼoyasi va vazifalari muhim ahamiyatga 
ega. Biz misol tariqasida “ovozidan top” didaktik oʼyini keltirib oʼtishimiz mumkin. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет