36
erishishning yakka–yu yagona yo‘li sotqinlik, josuslik deb bilishini
aniq hayotiy lavhalarda ko‘rsatadi. Sotqinlik dardiga girifdor bo‘lgan bunday
kimsalar pul berilsa bas, hamma narsani, hatto padari buzrukvori-yu, oq sut
bergan onasidan ham tonadi. E’zozlaydigan, sajda qiladigan g‘oyasining bo‘lmasligi
insonni oddiy ijrochiga aylantirib qo‘yadi. Komissarning falsafasi
quyidagicha: “Ofitser deganning bitta-yu bitta huquqi bor: u ham bo‘lsa
buyruqni bajarish!”.
Olloh shunday saxovatliki, bosh egib xatosini tushungan bandalarini kechiradi.
Lekin dunyoda shunday insonlar borki, o‘z xatosini anglay olmaydi va ollohning
kechirishlik muruvvatiga Musharraf bo‘lmaydi. Soat G‘aniyev ham shunday
insonlardan biridir. U ham yaxshi inson bo‘lishi mumkin edi. Komissarni bu holatga
tushishiga o‘sha davr tuzumi, jamiyati aybdor ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Hech kim
dunyoga jinoyatchi yoki olim bo‘lib kelmaganiday, Komissar ham yoshligida
beg‘ubor bir bola edi. Keyingi hayoti davomida esa, onasining yolvorishiga
qaramasdan, otasining yo‘lini tutadi. Ammo umrining oxirida o‘zining qilgan
“savobli ishlari” uchun mukofotini oldi. Muallif: “Oxir oqibatda bunday sotqin
qonxo‘r kishilar xalqning, yurtning nafratiga uchraydigan, odamlarning yuziga tik
qarolmaydilar, to‘y-hashamlarga kela olmaydilar, ular tirik murdaga aylanib
qoladilar”,- degan g‘oyani ilgari suradi. Soat G‘aniyevning e’tiqodsizligi shu
darajadaki, u hatto musulmon olamining muqaddas sanalmish “Qur’oni Karim”ni
topib olib burda-burda qilib tashlaydi. Raxbarlik Kamissar uchun, dushmanlardan
qasos olish quroli, u o‘z xohlagan ishini qiladi. Lekin u o‘zining asl basharasi
ochilayotganidan bexabar. Islom Karimov aytganlaridek: “Dunyoda inson irodasini
sinaydigan vositalar ko‘p. Ammo ularning birontasi ham amal, lavozim, mansab kabi
odamlarning kimligini, asl basharasini yaqqol ochib berolmaydi. [2, b. 62]
Qurbonoy xola- Qurbonoy xola obrazi ham asar badiiy to‘qimasida yetakchi
o‘rin tutadi. U oddiygina farrosh bo‘lsa-da, o‘z oilasini halol mehnat bilan topgan
mablag‘ hisobiga tebratar, ba’zan esa mashaqqatli hayot qurboniga aylanganligini
o‘zi ham sezardi. Asar boshidan qismatning achchiq zarbasiga uchraydi. Ota-
onasidan erta yetim qoladi. Keying hayoti ham silliq kechmaydi. Bir so‘z bilan
aytganda taqdirning zarbalari oldida o‘zini hayotini qurbon qiladi. . Ismi jismiga
monand obrazda o‘zbek ayoliga xos xususiyatlar mujassam.
Ko‘rinadiki, O‘tkir Hoshimov ham biror voqeani tasvirlashi uchun ,albatta,
o‘sha voqeada o‘zi bevosita ishtirok etishi shart emasligini ta’kidlaydi. Bu o‘rinda
tasavvur ishga tushadi, so‘ng qalamga olinayotgan voqeani o‘qib o‘rganish
yozuvchiga quvvat beradi. Adibning kuchi uning hayolotida, mantiqiy fikrlashida va
syujet yo‘nalishini hayot haqiqati asosida olib borishdadir.
Достарыңызбен бөлісу: