-- Who is on duty today? -- Bugun kim navbatchi? d)siyosiy bilimlarni oshirish va darsning oltin qoidalari bilan tanishtirish
Darsning oltin qoidalari: 1. O’ng qo’l qoidasi.
2.Faollik.
3. Bir-birini eshitish.
4. Intizomga rioya qilish.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarni uch guruhga bo’lamiz .Ularga
1-guruhga
“ ALYUMINIY ” , 2-guruhga
“ TEMIR ”, 3-guruh
“ OLTIN ” degan nomlarni beramiz.
A va B variantda o’tilgan mavzuni mustahkamlashni amalga oshiriladi
A) Guruhlar o’rtasida
“Blits so’rov” shaklda tezkor savol –javob o’tkazamiz.
“ALYUMINIY”- guruhga savollar:
1.Davriy sistemadagi elementlar necha guruhga bo’linadi?
2.Nodir metallarga qaysi metallar kiradi?
“TEMIR”- guruhga savollar:
1.Davriy sistemada nechtadan ortiq metal mavjud?
2. Noyob metallarga qaysi metallar kiradi?
“OLTIN”- guruhga savollar:
1.Ishlatilish sohalariga qarab metallar shartli ravishda necha guruhga bo’linadi ?
2.O’zbekistonda hozirgi kunda nechta qimmatbaho metal konlari topilgan?
B) “ALYUMINIY”- guruhi qotishmalar nomlarini
“Klaster” usulida ifodalaydilar ,
“TEMIR”-guruhi metallarni ishlatilish sohalari , zichligiga, tashqi ta`sirlarga chidamliligi va
boshqa sohalariga qarab
“Moychechak” usulida
guruhlarga ajratadilar.
“OLTIN”- guruhi esa
“Yoritkich lampochkasini” tashkil etuvchi metallarga izoh beradilar.
III. Yangi mavzuni bayoni: Dars quyidagi 4 reja asosida tashkil etiladi:
1.Metallarning fizik xossalari.
2.Metalllarning bog’lanish turi haqida ma’lumot berish.
3.Metallarning kimyoviy xossalari.
4.Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar haqida ma’lumot berish.