MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER
№4 | 2021
57
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) salomlashish ; b) tozalik va davomatni aniqlash; d) darsga tayyorgarlik ko‘rish
va dars rejasi bilan tanishtirish.
II. O‘tilgan mavzuni so‘rash va uy vazifasi nazorati: 1. Omon Matjon qachon, qayerda tavallud
topgan?
2. Omon Matjon o ‘z bolaligini qanday xotirlaydi?
3. Shoir qachondan boshlab she’rlar, ertaklar yoza boshlagan?
4. Ilk she’ri qaysi gazetada bosilib chiqqan?
5. Omon Matjon qayerlarda tahsil olgan?
6. Shoir qayerlarda ishlagan?
7. Omon Matjonning qanday kitoblari dunyo yuzini ko‘rgan?
8. Shoir 1993-yilda qanday unvonga sazovor bo ‘ldi?
9. Omon Matjon she’rlaridan namunalar ayting.
10. Uning “Eng so‘nggi xazina” she’ri kimga bag‘ishlangan?
III. Yangi mavzu bayoni:
“Shoiramiz Turkiston kengliklarida, Sayhun va Jayhun yoqalarida necha ming yillardan buyon
yashab kelayotgan turkiy elatlar, ularning mushtarak tarixi, shonlarga burkangan qahramonona
kechmishi haqida turkum she’rlar yaratdi…”
Abdulla Oripov. O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni
MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER
№4 | 2021
58
Halima Xudoyberdiyeva hayoti va ijodi bilan tanishilgandan so‘ng she’rlari uchta guruhda tahlil
qilinadi.
Shoiraning “Begim, sizni tabiat …”, “Shunchaki” she’rlari ham o‘qib tahlil qilinadi.
MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER
№4 | 2021
59
IV.Mustahkamlash.
«Ma'naviy meros»mashqi.
O‘quvchilar Halima Xudoyberdiyeva yozgan she'rlari nomi ketma-ket aytadilar. Eng ko‘p ma’lumot
aytgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
Impuls – plakat
Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak bo`ladi.
Stollarning ustiga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar qo`yilgan: «Ushbu mavzuda
meni hammasidan ko`proq ..... qiziqtiradi», «Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, .....», «Men
orttirgan bilimlarimni .... qo`llayman», «Ushbu mavzuni o`rganish jarayonida men.... erishdim»,
«Men ..... to`g`risida ko`proq bilib olmoqchi edim», «Men uchun ..... murakkab bo`ldi», «Menga
.....yoqdi».
Iloji bo`lsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab tursin.
Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va ko`rib chiqib, boshlab qo`yilgan fikrlar ustida o`ylab
ko`rish va shu plakatlarning o`zida davom ettirib oxirigacha yetkazish taklif etiladi.
|