Ilim h
á
m jámiyet. №2.2023
4
boqish uchun zavoddan chiqariladi. Qishloq xo‗jaligida
quyosh taʼsirida urinib qolgan meva xomashyosidan unumli
va izchil foydalanish uchun ulardan samarali foydalanish
lozim. Bu choralarning eng samaralisi sharbat ishlab
chiqarish jarayonidir. Olma sharbatini siqib chiqarganda
Xomashyoni solishtirma bosimi 1,0 -1,2 MPa bo‗lishi
kerak. Har bir holatda sinov presslash qurilmasida amalga
oshiriladi [4].
Fermentlarni qayta ishlash. Taxminan 350-4000 C haro-
ratli sharbat aralashtirgich ishlab turadi, u yerda 90 daqiqa
davomida fermentlar bilan ishlov beriladi.
Ultrafiltrlash. Fermentlar bilan ishlov berilgandan
so‗ng, sharbat 0,1-0,8 MPa bosim ostida maxsus appa-
ratlarda yarim o‗tkazuvchan
membranalar yordamida fil-
trlanadi.
Konsentratsiyalash. Texnologik jarayonda sharbatlarni
konsentratsiyalash bir necha turga ajraladi yaʼni bug‗latish
yo‗li bilan, tez-tez muzlatish yo‗li bilan, aromatik moddalar
ajratib va ularni qaytadan mahsulotga qaytarish yo‗li bilan
(teskari aloqa) va h.k.
• Bug‗lanish orqali konsentratsiya bug‗latgichlarda
amalga oshiriladi. Bug‗lanish harorati qancha past bo‗lsa va
jarayonni borishining davomiyligi qanchalik qisqa bo‗lsa,
hosil bo‗lgan sharbat sifati shunchalik yuqori bo‗ladi,
shuning uchun bug‗lanishni vakum apparatida o‗tkazish
maqsadga muvofiqdir. Olma sharbatining xususiyatlaridan
kelib chiqib haroratni 42
0
C ... 55
0
C gacha isitishga qisqa
muddatda o‗zgarishiga bardosh beradi.
• Muzlatish yo‗li bilan boradigan konsentratsiyada shar-
batni past darajada sovutishga asoslangan. Suvning bir
qismi muzlaydi va kristallar shaklida konsentratdan ajratish
yo‗li bilan ajratiladi. Muzlash harorati qancha past bo‗lsa,
tayyor mahsulotdagi qattiq moddalar miqdori shunchalik
yuqori bo‗ladi. Past haroratlarda sharbat minimal
o‗zgarishlarga uchraydi. Muzlatish usuli qattiq moddalar
konsentratsiyasi 45-50% bo‗lgan
sharbat olish uchun ish-
latiladi. Bu Konsentratsiya ko‗p sitrus mevalarni va
qattiqlik darajasi yuqori bo‗lgan mevalarning sharbatlarini
ishlab chiqarish uchun foydalaniladi [5].
• Membranalardan foydalangan holda konsentratsiya -
teskari osmos yo‗li bilan boradi, qayta aralashtirish tufayli
mahsulot sifatini yaxshilaydi. Usulning mohiyati shundaki,
membrananing har ikki tomoniga erigan moddalarning har
xil konsentratsiyasiga ega bo‗lgan ikkita suyuqlik joy-
lashtiriladi. Membrananing chegarasida osmotik bosim
paydo bo‗ladi va suv konsentratsiyalar teng bo‗lguncha past
konsentratsiyali eritmadan yuqori konsentratsiyali eritmaga
o‗tadi. Agar yuqori konsentratsiyali eritmaga bosim
o‗tkazilsa, u holda suv teskari yo‗nalishda oqadi.
Sterealizatsiya. Konservalarning sifati va ularni buzil-
masdan saqlash va saqlanish
muddatini uzaytirish uchun
sterilizatsiya qo‗llaniladi, bunda ayrim mikroorganizmlar
nobud bo‗ladi va mikroorganizmlar sporalarining rivojlani-
shi to‗xtaydi. Sterilizatsiya jarayonini puxta va to‗g‗ri olib
borish kerak. Sterilizatsiya rejimi mahsulotni turiga, idish-
ning hajmiga bog‗liq. Kislotali muhitda turli xil mikro or-
ganizmlar tezroq nobud bo‗ladi; Sterilizatsiya maxsus
qurilmalarda harorat 140
0
C -160
0
C -avtoklavlarda amalga
oshiriladi.
Shishaga quyish. Tayyor mahsulotlar ehtiyotkorlik bilan
sterealizatsiyadan o‗tgan idishlarga qadoqlanadi.
Shu bilan
birga, har bir Kavanoz (eltuvchi) mahsulotning qatʼiy bel-
gilangan miqdori bilan to‗ldiriladi (belgilangan meʼyordan
chetga chiqish 1 ... 2% gacha ruxsat etiladi). 3 litr hajmli
bankalarga quyishda sharbatning harorati 90-95
0
C gacha
bo‗ladi. Mahsulotlarni qadoqlash mexanizatsiyalashgan
2000 va 3000 sm
3
hajmli banklar avtomatik plomba usti-
dagi suyuq mahsulot bilan to‗ldiriladi. Keyin maxsus
mashinalar yordamida idishlarni muhrlab qo‗yiladi.
Saqlash. Mahsulotlar yaxshi maxsus otmosferali ombor-
larda yog‗och tokchalarda 75% dan ko‗p bo‗lmagan nisbiy
namlikda saqlanadi. Shisha idishlarda qadoqlangan konser-
valangan meva sharbatining saqlash harorati - 0 dan 25
0
C
gacha; ―qog‗oz qodoqdagi sharbatlar‖ tipidagi polimer
qadoqlarda 0 dan 20
0
C gacha, bochkalarda sterilizatsiya
qilinmagan mahsulotlar 0 dan 12
0
C gacha, alyuminiy
naychalarda tipidagi sharbat mahsulotlarida esa - 0 dan
50
0
C gacha; meva va rezavorlar konservalari barcha turdagi
idishlarda 0 dan 25
0
C gacha;
Достарыңызбен бөлісу: