Научно-методический журнал Серия: Естественно-технические науки. Социальные и экономические науки. Филологические науки


-rasm. Olma sharbatini ishlab chiqarish



Pdf көрінісі
бет4/231
Дата30.07.2023
өлшемі4,81 Mb.
#179664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231
Байланысты:
2-сан 2023 (1-серия)

1-rasm. Olma sharbatini ishlab chiqarish 
texnologiyasini tuzilmaviy modeli 
Presslash jarayonida xomashyoga asta-sekin bosim beri-
ladi, bu esa sharbatning chiqishiga olib keladi. Presslashdan 
so‗ng, qoldiq chiqindilar qoladi - bu qoldiq chiqindilar 
ichida suyuqlik miqdori juda ham kamdir va ular 
ikkilamchi 
texnologiyaga 
yuboriladi, 
presslash 
texnologiyasini ishlash jarayoni, yuklangan xomashyo si-
qish platforma moslamasi ostiga keltiriladi va past bosimli 
gidravlik piston yoqiladi. Bosim asta-sekin o‗sib boradi, aks 
holda qurilmaga mevani qattiq qismlari tiqilib qolishi va 
bosim ostida qurilmaga ziyon yetishi mumkin. Bosimni 
oshirish kerak bo‗lganda, ikkinchi pistonga gidravlik 
suyuqlikni yetkazib berish va bosimni 2,5 MPa ga 
ko‗tarish, sharbat chiqarilishi to‗xtaguncha 5 ... 10 daqiqa 
ushlab turish kerak. Keyin platforma tushirish uchun orqaga 
qaytariladi. Bosishning umumiy davomiyligi 15...20 min. 
xomashyo konveyerga tushiriladi, konveyer xomashyoni 
chelakli liftga, lift yesa - saqlash qutisiga yetkazib beradi. 
Qoldiq chiqindi chorvachilik yoki boshqa maqsadlarda 


Ilim h
á
m jámiyet. №2.2023
4
boqish uchun zavoddan chiqariladi. Qishloq xo‗jaligida 
quyosh taʼsirida urinib qolgan meva xomashyosidan unumli 
va izchil foydalanish uchun ulardan samarali foydalanish 
lozim. Bu choralarning eng samaralisi sharbat ishlab 
chiqarish jarayonidir. Olma sharbatini siqib chiqarganda 
Xomashyoni solishtirma bosimi 1,0 -1,2 MPa bo‗lishi 
kerak. Har bir holatda sinov presslash qurilmasida amalga 
oshiriladi [4]. 
Fermentlarni qayta ishlash. Taxminan 350-4000 C haro-
ratli sharbat aralashtirgich ishlab turadi, u yerda 90 daqiqa 
davomida fermentlar bilan ishlov beriladi. 
Ultrafiltrlash. Fermentlar bilan ishlov berilgandan 
so‗ng, sharbat 0,1-0,8 MPa bosim ostida maxsus appa-
ratlarda yarim o‗tkazuvchan membranalar yordamida fil-
trlanadi. 
Konsentratsiyalash. Texnologik jarayonda sharbatlarni 
konsentratsiyalash bir necha turga ajraladi yaʼni bug‗latish 
yo‗li bilan, tez-tez muzlatish yo‗li bilan, aromatik moddalar 
ajratib va ularni qaytadan mahsulotga qaytarish yo‗li bilan 
(teskari aloqa) va h.k. 
• Bug‗lanish orqali konsentratsiya bug‗latgichlarda 
amalga oshiriladi. Bug‗lanish harorati qancha past bo‗lsa va 
jarayonni borishining davomiyligi qanchalik qisqa bo‗lsa, 
hosil bo‗lgan sharbat sifati shunchalik yuqori bo‗ladi, 
shuning uchun bug‗lanishni vakum apparatida o‗tkazish 
maqsadga muvofiqdir. Olma sharbatining xususiyatlaridan 
kelib chiqib haroratni 42
0
C ... 55
0
C gacha isitishga qisqa 
muddatda o‗zgarishiga bardosh beradi. 
• Muzlatish yo‗li bilan boradigan konsentratsiyada shar-
batni past darajada sovutishga asoslangan. Suvning bir 
qismi muzlaydi va kristallar shaklida konsentratdan ajratish 
yo‗li bilan ajratiladi. Muzlash harorati qancha past bo‗lsa, 
tayyor mahsulotdagi qattiq moddalar miqdori shunchalik 
yuqori bo‗ladi. Past haroratlarda sharbat minimal 
o‗zgarishlarga uchraydi. Muzlatish usuli qattiq moddalar 
konsentratsiyasi 45-50% bo‗lgan sharbat olish uchun ish-
latiladi. Bu Konsentratsiya ko‗p sitrus mevalarni va 
qattiqlik darajasi yuqori bo‗lgan mevalarning sharbatlarini 
ishlab chiqarish uchun foydalaniladi [5]. 
• Membranalardan foydalangan holda konsentratsiya - 
teskari osmos yo‗li bilan boradi, qayta aralashtirish tufayli 
mahsulot sifatini yaxshilaydi. Usulning mohiyati shundaki, 
membrananing har ikki tomoniga erigan moddalarning har 
xil konsentratsiyasiga ega bo‗lgan ikkita suyuqlik joy-
lashtiriladi. Membrananing chegarasida osmotik bosim 
paydo bo‗ladi va suv konsentratsiyalar teng bo‗lguncha past 
konsentratsiyali eritmadan yuqori konsentratsiyali eritmaga 
o‗tadi. Agar yuqori konsentratsiyali eritmaga bosim 
o‗tkazilsa, u holda suv teskari yo‗nalishda oqadi. 
Sterealizatsiya. Konservalarning sifati va ularni buzil-
masdan saqlash va saqlanish muddatini uzaytirish uchun 
sterilizatsiya qo‗llaniladi, bunda ayrim mikroorganizmlar 
nobud bo‗ladi va mikroorganizmlar sporalarining rivojlani-
shi to‗xtaydi. Sterilizatsiya jarayonini puxta va to‗g‗ri olib 
borish kerak. Sterilizatsiya rejimi mahsulotni turiga, idish-
ning hajmiga bog‗liq. Kislotali muhitda turli xil mikro or-
ganizmlar tezroq nobud bo‗ladi; Sterilizatsiya maxsus 
qurilmalarda harorat 140
0
C -160
0
C -avtoklavlarda amalga 
oshiriladi. 
Shishaga quyish. Tayyor mahsulotlar ehtiyotkorlik bilan 
sterealizatsiyadan o‗tgan idishlarga qadoqlanadi. Shu bilan 
birga, har bir Kavanoz (eltuvchi) mahsulotning qatʼiy bel-
gilangan miqdori bilan to‗ldiriladi (belgilangan meʼyordan 
chetga chiqish 1 ... 2% gacha ruxsat etiladi). 3 litr hajmli 
bankalarga quyishda sharbatning harorati 90-95
0
C gacha 
bo‗ladi. Mahsulotlarni qadoqlash mexanizatsiyalashgan 
2000 va 3000 sm
3
hajmli banklar avtomatik plomba usti-
dagi suyuq mahsulot bilan to‗ldiriladi. Keyin maxsus 
mashinalar yordamida idishlarni muhrlab qo‗yiladi. 
Saqlash. Mahsulotlar yaxshi maxsus otmosferali ombor-
larda yog‗och tokchalarda 75% dan ko‗p bo‗lmagan nisbiy 
namlikda saqlanadi. Shisha idishlarda qadoqlangan konser-
valangan meva sharbatining saqlash harorati - 0 dan 25
0

gacha; ―qog‗oz qodoqdagi sharbatlar‖ tipidagi polimer 
qadoqlarda 0 dan 20
0
C gacha, bochkalarda sterilizatsiya 
qilinmagan mahsulotlar 0 dan 12
0
C gacha, alyuminiy 
naychalarda tipidagi sharbat mahsulotlarida esa - 0 dan 
50
0
C gacha; meva va rezavorlar konservalari barcha turdagi 
idishlarda 0 dan 25
0
C gacha; 


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   231




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет