Ilim h
á
m jámiyet. №2.2023
8
hamon tushunib yetilmagan muammolar qatorida qolmoqda
[9]. Shu bois, kupratlar pardalarida polaron xossalarini
tadqiq
etish,
polaron
xossalarining
parda
moddiy
koʻrsatgichlariga qanday bogʻliqligini tushunib yetish
hozirda, nainki YHOʻOʻ fizikasi, balki polaronlar
fizikasining ham dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Kupratlar pardalari odatda biror taglikda oʻstiriladi.
Parda va taglik panjara doimiylarining oʻzaro mos
kelmasligi bois pardaning normal va oʻtaoʻtkazuvchan
(OʻO) xossalari hajmiy kupratning mos xossalaridan farq
qiladi. Xususan, kuprat pardalarining transport va OʻOʻ
xossalari pardaning qalinligiga bogʻliq boʻlishi tajribalarda
koʻrsatilgan [10-14]. Ammo bu bogʻliqlik hozirgi
davrgacha nazariy yoʻl bilan qoniqarli tushuntirilmagan.
Adabiyotlarda mavjud ba‘zi nazariy modellar [15,16] esa,
standart Bardin-Kuper-Shriffer (BKSh) yondashuviga
asoslanganligi bois ishonchli hisoblanmayotir. Chunki,
toʻplangan tajriba ma‘lumotlari,
standart BKSh modeli
yordamida
kupratlar
xossalarini
(
x,T
c
)
fazaviy
diagrammaning hech bir sohasida tushuntirib boʻlmasligini
koʻrsatmoqda [17].
Ushbu maqolada biz aynan shu masala, u ham boʻlsa,
parda moddasi tarkibidagi polaron xossalarining parda
qalinligiga bogʻliqligini yoritamiz. Buning uchun biz, bu
sohada tamoman yangi yondashuv – polaron asosli model
taklif qilamiz va shu model negizida polaron massasining
parda qalinligiga bogʻliq boʻlishini nazariy jihatdan
koʻrsatib beramiz.
Достарыңызбен бөлісу: