Научно-методический журнал Серия: Естественно-технические науки. Социальные и экономические науки. Филологические науки



Pdf көрінісі
бет77/231
Дата30.07.2023
өлшемі4,81 Mb.
#179664
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   231
Байланысты:
2-сан 2023 (1-серия)

Ключевые слова:
этнология, этногезес, этнографические экспедиции, национальные традиции, обычай, моральные 
ценности, каракалпакские роды, традиционные социальные институты. 
Key words:
ethnology, ethnogenesis, ethnographic expedition, traditions and programs, custom, moral values, Karakalpak seeds, 
traditional social institutions. 
 
O‗zbekiston mustaqillikka erishgach birinchi navbatda 
xalqning tarixiy xotirasini tiklash, tarix fanini har 
tomonlama takomillashtirish vazifasi davlat siyosati 
darajasiga ko‗tarildi. Shu asosida ko‗p millatli yurtimizda 
yashovchi xalqlarning tarixi, madaniyati, kelib chiqishini 
o‗rganish, milliyligini saqlash, chuqur tadqiq etish masalasi 
yuzaga keldi. Boshqa xalqlar bilan bir qatorda qoraqalpoq 
xalqi etnologiyasi tizimida qoraqalpoq xalqining kelib 
chiqishi, yashash tarzi, madaniyati, kiyim-kechak, uy-joy 
qurilishi bilan bog‗liq jihatlar, o‗zgachaliklari, marosim va 
urf-odatlarini o‗rganish borasida o‗ziga xos yo‗nalishlar 
shakllandi. O‗zbekiston hududida, xususan Xorazm vohasi 
va Qoraqalpog‗iston yerlarida XX asrning boshlarida 
tashkil etilgan etnografik ekspeditsiyalarda, xususan, 1945-
yilda yangidan boshlangan T.A.Jdanko rahbarligidagi 
qoraqalpoq etnografik otryadining tadqiqotlarida, 80-90-
yillarda A.S.Morozova, N.P.Lobacheva, Yu.V.Knorozov, 
Kubel, I.M.Sadgyan, I.V.Bogoslovskaya va boshqalar 
ishtirokida katta hajmli ishlar amalga oshirildi. Mahalliy 
etnograf-olimlar 
S.K.Kamalov, 
A.T.Bekmuratova, 
X.Ye.Yesbergenov, 
K.Ayimbetov, 
A.Utemisov 
R.S.Kamalova, 
shuningdek, 
yosh 
olimalar 
T.X.Yesbergenova, N.A.Tleubergenova, E.E.Kalbanova, 
А.Е.Bijanova, 
Z.I.Kurbanova, 
S.Х.Yesbergenovalar 
mazkur ekspeditsiya va etnografik otryadlarda faoliyat 
yuritishi natijasida qoraqalpoqlar etnologiyasi, turmush-
tarzi, etnomadaniy aloqalar masalalari borasida ilmiy 
tadqiqotlar olib bordi. Ular jamlagan qimmatli maʼlumotlar, 
aniq faktlar va dalillarga asoslanib chiqarilgan ilmiy-
nazariy xulosalar asosida qator maqolalarda yoritib 
borildi, dissertatsiyalar tadqiq qilindi. 
Chop etilgan maqolalarda bildirilgan fikrlar o‗ziga 
xosligi bilan bir qatorda qoraqalpoqlar turmush tarzi, diniy 
eʼtiqod bilan bog‗liq anʼana va dasturlar, urf-odatlar hamda 
ularning 
zamonaviy 
jarayonlar 
bilan uyg‗unlashuvi 
bo‗yicha ilgari surilgan fikrlar, xulosa va yechimlar muhim 
ahamiyatga ega. Qoraqalpoqlarning kundalik turmush tarzi, 
milliy kiyim-kechak, nikoh va oila qurishning zamonaviy 
shakllariga bag‗ishlangan sermazmun risola va maqolalar 
muallifi, dastlabki qoraqalpoq etnograf-olimlardan biri 
sanalgan X.Ye.Yesbergenovning etnografik ekspeditsiyalari 
va tadqiqotlarida zikr qilingan. 
XX asrning 90-yillarida I.M.Sadgyanning etnografik 
ekspeditsiyalari natijasida tadqiq qilingan qoraqalpoq 
oilalari, zamonaviy oilada bola tarbiyasi kabi masalalarga 
bag‗ishlangan 
maqolalarini, 
san‘atshunos 
olima 
I.V.Bogoslovskaya [1] ning qoraqalpoq milliy kiyimlari, 
naqqoshlik sanʼati kabi mavzulardagi risolalarini ham 
tadqiqot mavzuiga oid manba sifatida ko‗rsatish mumkin. 
Umuman olganda, mustaqillik davrigacha nashr etilgan 
adabiyotlarni, maqolalarni tahlil qilar ekanmiz, mazkur 
davr mualliflari sotsialistik qurilish sharoitida O‗rta Osiyo 
xalqlari turmush tarzi va yashash sharoitida bo‗lib o‗tgan 
o‗zgarishlarni, turkiy xalqlar tarixiy anʼnalarining ayrim 
o‗xshashlik jihatlarini ko‗rsatib berishni o‗z oldilariga 
maqsad qilib qo‗yganlar. 
Maʼlumki, O‗zbekiston mustaqillikka erishganidan 
so‗ng, milliy o‗zlikni anglash, tarixiylik, milliy anʼana, urf-
odatlar va qadriyatlarimizni, jumladan, diniy qadriyatlarni 
qayta tiklash hamda o‗rganishga katta eʼtibor qaratila 
boshlandi. O‗tgan davr mobaynida etnolog-tadqiqotchilar 
maʼnaviyat, madaniyat, madaniy meros, mentalitet, milliy 
kolorit, an‘ana, qadriyat kabi tushunchalarning milliy 
shakliga va mazmuniga qaytdilar hamda etnologiyaga 
tegishli etnos nazariyasi, etnogenez va etnik tarixga oid 
yangi nazariy-metodologik konsepsiyalar va qarashlar 
yaratildi, xalqning turmush tarzidagi o‗rni masalasiga 
zamonaviy qarashlar asosida yondashuvning paydo bo‗lishi 
ko‗zga tashlana boshladi. 
Istiqlolning 
dastlabki 
yillarida 
etnograf-olim 
va 
tadqiqotchilar tomonidan qoraqalpoq xalqining kelib 
chiqish muammolari, turmush tarzidagi o‗zgarishlar, taʼlim-
tarbiya muammolari va islom dini, oilaviy marosim va urf-
odatlarda islomiy anʼanalar, turli xil urf-odatlar, marosimlar 
va qadriyatlar tizimi, milliy kiyim-kechaklar, nikoh va oila 
qurish masalalari, qoraqalpoqlarning anʼanaviy to‗y 
marosimlaridagi qadimdan qo‗llanib kelayotgan ijtimoiy-
axloqiy jihatlar, qoraqalpoqlarning anʼanaviy ijtimoiy 
institutlari kabi mavzularda qator ilmiy risola va maqolalar 
nashr etildi. Mazkur tadqiqotlar qatoriga X.Ye.Esbergenov, 
J.Xoshniyazov, 
R.S.Kamalova, 
R.Balliyeva, 
M.A.Qarlibayev, 
Z.I.Kurbanova, 
T.X.Yesbergenova, 
N.A.Tleubergenova, S.X.Yesbergenova, shuningdek, 2001-
2020-yillar davomida I.V.Bogoslovskaya, A.X.Doniyorov 
[2], 
M.A.Karlibayev, 
Z.I.Kurbanova, 
I.V.Piskunova, 
S.X.Yesbergenova, 
M.M.Davletiyarov, 
M.B.Utebayev, 
Q.J.Turekeyev, A.Saytov, rus etnograf-olimasi E.L.Kubel 
kabi qator tadqiqotchilarning ishlarini misol tariqasida 
keltirish mumkin. 
Qoraqalpoq 
etnogenezi 
masalasi 
tarixshunosligi 
bo‗yicha qator yirik tadqiqotlar olib borgan, qoraqalpoq 
xalqining kelib chiqishi masalasi o‗rganilishini keng tahlil 
etgan olim S.P.Tolstovning ―K voprosu o proisxojdenii 
karakalpakskogo naroda‖, Osnovniye problemi etnogeneza 
narodov Sredney Azii‖ nomli keng ko‗lamli ishlari, 
T.A.Jdankoning 
―Ocherki 
istoricheskoy 
etnografii 
karakalpakov‖, ―Problemi etnogeneza karakalpakov‖ 
asarlari, 
L.S.Tolstovaning 
―Utochneniye 
voprosov 
etnogeneza karakalpakov‖ kabi yirik tadqiqotlari mazkur 
masala rivojlanishining asosiy bosqichlari, qoraqalpoq 
xalqining kelib chiqish muammosining o‗rganilishi keng 
tahlil 
etilgan. 
Mustaqillik 
yillarida 
S.K.Kamalov, 
J.Xoshniyazov, M.Karlibaev rahbarligida amalga oshirilgan 
tarixiy-etnografik 
ekspeditsiyalar, 
yosh 
etnograflar 
tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida ko‗plab 
savollar ilmiy jihatdan asoslandi. 
M.A.Karlibayevning tarixiy etnografik tadqiqotlarida 
qoraqalpoq xalqining ijtimoiy hayotida maktab, madrasa, 
taʼlim va tarbiya masalalari, insonning maʼnaviy-axloqiy 
fazilatlari shakllanishida musulmon ruhoniylari, kundalik 
turmush-tarzida ziyoratlarning roli, ijtimoiy faoliyat va 
boshqa masalalar bilan bog‗liq jihatlar haqida so‗z 
yuritilgan bo‗lib, ularda savodxonlikka oid eʼtiborga molik 
maʼlumotlar mavjud [3]. Jamiyat taraqqiyotining barcha 
bosqichlarida xalq maʼnaviyatini, diniy savodxonligini 
oshirish jarayoni ijtimoiy zaruriyatga aylanayotgani hech 
kimga sir emas. Bu esa, o‗z navbatida qoraqalpoq xalqi 
turmush tarzida islom dini, shariat meʼyorlarida qay 
darajada aks etganligini o‗rganish muhim ekanligini 
anglatadi. 




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   231




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет