Ilim h
á
m jámiyet. №2.2023
50
haykaltaroshlik. 4. Milliy folklor turlari.
Tabiiy – tarixiy
tasvirlar turizmi.
Tabiat muzeylari va tabiat haykallari,
tog‗qoyatoshlaridagi qadimiy rasmlar, o‗lkashunoslik va
milliy xalq hayoti tarixiy muzeylariga qiziqish. Bu tur ham
quyidagi yo‗nalishlarni o‗z tarkibiga oladi:
Tabiat muzeylari va tabiat haykallari, O‗lkashunoslik
muzeylari,
milliy
xalq
hayoti
tarixi
muzeylari,
Qoyatoshlaridagi qadimiy rasmlar 5. Hayvonot bog‗lari.
Milliy hunarmandchilik turizmi.
Milliy
hunarmand-
chilikning turlari, milliy hunarmandchilikdagi yo‗nalishlar,
xalq–me‘mor, xalq - usta shiori va reklamasi, milliy
hunarmandchilik buyumlarining mukammal va mo‗jizakor-
ligiga
qiziqish.
Bu
turizm
turi
quyidagi
tarmoqlarga bo‗linib ketadi:
Xalqaro polvonlar bellashuvi
turizmi.
Vatanimizda xalq polvonlari o‗yinlari va xalqaro
polvonlarning bellashuviga qiziqish.
Hayot uchun xavfli
sport o„yinlari turizmi.
Bu
turlar
asosan
xorij
mamlakatlarida
rivojlanib
bormoqda.
Hayot
uchun
xavfli sport o‗yinlari turizmdagi ba‘zi bir turlar faqat
jahonda faqat bitta davlatda rivojlangan (masalan, korrido
Portugaliyada, asov otni jilovlash Ispaniyada) bo‗lib
turizm mavsumida bu hayot uchun xavfli o‗yinlarni
millionlab turistlar hayajon, qo‗rquv va qiziqish bilan
tomosha qiladilar. Bu turlarni ba‘zida ekstremal turizm
turlari deb ham atashadi. ―Uzbekistan travel workshop -
2013‖ mintaqaviy turistik forumiga mamlakatimiz
sayyohlik sohasining yetakchi mutaxassislari yig‗ildilar.
Ushbu tadbirda yurtimizda sayyohlikni rivojlantirish
istiqbollari va sohaning dolzarb masalalariga e‘tibor
qaratildi. Yurtimizda turizm sohasida mintaqaviy brending,
xorijiy sayyohlar uchun turistik mahsulotlar yaratish
ishlarida o‗z yechimini kutayotgan muammolar, chet ellik
sayyohlarni yurtimizga keng jalb etish mexanizmini
kuchaytirish, sayyohlikning an‘anaviy va muqobil turlarini
rivojlantirish sayyohlik xizmatini yaxshilash hamda
hududlarda ekologik va qishloq turizmini rivojlantirish kabi
boshqa
masalalar
forum
kun
tartibidan
keng
o‗rin oldi. Baxshi-shoirlar va oqinlarning an‘anaviy
respublika
ko‗rik-tanlovida
esa
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi va viloyatlardan tashrif buyurgan ellikdan
ziyod baxshi-shoirlar, oqinlar va xalfalar o‗z dasturlari
bilan qatnashib, festivalga ko‗tarinki ruh hamda o‗ziga xos
fayzu tarovat olib kirdilar. Mazkur tanlov yurtimizdagi
nomoddiy madaniy merosimizning noyob durdonalari
hisoblangan
baxshichilik
va
dostonchilik
san‘atini
rivojlantirish, baxshi-shoirlar, oqinlarning ijodiy ishlari
bilan yaqindan tanishish, yangi iste‘dodlarni kashf etish va
ularning ijodini keng targ‗ib qilishda muhim ahamiyat kasb
etishi bilan ajralib turadi. Madaniyat va san‘at bayramiga
aylangan
tadbir
so‗nggida
―Xorazm
madaniyati
kunlari‖ festivalida faol qatnashgan ishtirokchilarni
taqdirlash marosimi bo‗lib o‗tdi. Ularga Madaniyat va sport
ishlari vazirligi, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-
ma‘rifiy
ishlar
ilmiy-metodik
markazi,
viloyat
hokimligining
diplomlari
hamda esdalik sovg‗alari
topshirildi [7]. Turistik xo‗jalik jahon iqtisodiyotining eng
serdaromad tarmog‗i hisoblanadi. Hozirgi kunda jahon sav-
do aylanmasining 7% i xalqaro turizmga to‗g‗ri keladi.
Jahonning ko‗p mamlakatlari uchun turizm tashqi savdo
aylanmasi daromadning muhim moddalaridan biriga
aylangan. Turistik biznes Meksikaga valyuta daromadining
44%, Portugaliya 28%, Avstriyaga 23%, Italiyaga 41%
beradi. Xalqaro turizm sohasining yetakchi kichik tarmog‗i
bo‗lib, ichki infrastruktura, servis va ko‗rsatiladigan xiz-
matlar sifatiga bog‗liq bo‗ladi. «Ommaviy madaniyat»
o‗tgan asrning o‗rtalariga kelib jahonda, ayniqsa, ijtimoiy-
madaniy taraqqiyoti yuksalayotgan davlatlarda keng tarqal-
di. Ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi va jahonda
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy integratsiyaning kengayishi
«ommaviy madaniyat»ni umumplanetar hodisaga
aylantirdi.
O‗zbek etnik madaniyatini rivojlantirish xalqimizning
nafaqat tarixiy madaniy qadriyatlarni sevishi, ulardan xa-
bardor bo‗lishi, xuddi shuningdek, ularning etnomadaniy
hayotda
faol
subyektlar
sifatida
qatnashishini
ta‘minlaydigan ijtimoiy omillarga ham bog‗liqdir. Bo‗sh
vaqt va undan foydalanish ijtimoiy hayotga jalb etishning
eng muhim yo‗nalishlaridan biridir. Vaqtga munosabat -
hayotga munosabat, kishining o‗z burchiga, hayotiy
maqsadlariga munosabatidir. «Vaqtimizning bir qismini
tortib oladilar, - deb yozgan edi bundan ikki ming yil oldin
Seneka,- bir qismini o‗g‗irlaydilar, bir qismi esa behuda
o‗tadi. Biroq hammasidan uyatlisi, uni o‗zimizning
befarqligimiz tufayli yo‗qolganidir» Vaqtning ijtimoiy
ahamiyati oshib borayotgan va shaxsning faol hayot tarzi
uchun imkoniyatlar kengaygan hozirgi paytda vaqtning
qadriga yetmaslik mumkin emas. Chunki, vaqt borliqni, o‗z
navbatida
insonning ham o‗zgarishini belgilovchi
me‘yordir. Shuning uchun ham madaniyatshunoslar bo‗sh
vaqtni
inson
ijodiy
faoliyatidagi
jarayonlar
bilan
dialektik bog‗liqlikda o‗rganadi va insondagi ijodiy
kuchlarning ro‗yobga chiqishini bo‗sh vaqtning hajmi va
undan foydalanish ko‗nikmalari bilan bog‗laydi.
Xalqimiz tafakkuri va etnopsixologiyasida o‗z xalqiga
xos an‘analarni saqlab qolish, hatto turmush qiyinchiliklari-
ga chidab bo‗lsa-da, ajdodlarimiz tarixiy-madaniy merosini
asrash, uni kelgusi avlodlarga yetkazish xususiyati mavjud.
Etnik madaniyat, xalq an‘anaviy ijodi hozir zamonaviy
san‘at bilan uyg‗unlashib, modernizatsiyalashib, o‗z
navbatida xalq ijodi ham zamonaviy san‘atni xalqqa,
ko‗pchilikka yaqin, tushunarli qilish orqali rivojlanish
yo‗lidan bormoqda. Shuning uchun etnik madaniyatni faqat
uzoq o‗tmishga taalluqli, o‗zgarmaydigan san‘at, ijod tur-
lari, marosimlar, an‘analar, bayram va tomoshalar
deb qaramaslik, balki, uni xalq ijtimoiy hayoti bilan mudom
dialektik bog‗liq, u bilan birga transformatsiyaga uchrab,
kishilarning ma‘naviy-madaniy qiziqishlari va innovatsiya-
lar ta‘sirida modernizatsiyalashib keladigan voqelik sifatida
qarash kerak.
Etnik madaniyatning rivojlanishini oilaviy yoki mahalla
doirasi bilan cheklab, chegaralab bo‗lmaydi, aks holda etnik
madaniyat oilaviy-maishiy marosimlardangina iborat bo‗lib
qoladi. U butun jamiyatni, xalqni, millatni ijodiy madaniy
jarayonlar subyektiga aylanishini hamda maxsus ijtimoiy-
madaniy institutlar (ma‘naviyat va madaniyat saroylari,
xalq ijodiyoti uylari, teatrlar va b.) ning turizmda faol
ma‘naviy-ma‘rifiy va targ‗ibot ishlarini talab etadi [5].
Turizmda turistlarning hayot faoliyati xavfsizligi
mehnat
muhofazasining
huquqiy
qonuniy
asosini
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‗zbekiston
Repsublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari
va turli vazirliklarning ko‗rsatmalari va buyruqlari tashkil
etadi [5].
Достарыңызбен бөлісу: |