Birinchi guruh
– Alohida turistik marshrutni talab
qilmaydigan turizmning maxsus turlari: Milliy madaniyatga
qiziqish turizmi, Etnik va sog‗inish turizmi, Milliy san‘at
turizmi, Milliy hunarmandchilik turizmi, Milliy ustachilik
turizmi.
Guruhdagi «Etnik va sog‗inish turizmi»ning alohida tur-
istik marshrutlar talab qilmasligining sababi bu turni amal-
ga
oshiruvchi
turistlar
aksariyat
hollarda
«o‗zboshimchalik» usulini qo‗llaydi, ya‘ni u boradigan joy-
ini biladi va turistik firma yoki turizm operatori xizmatiga
harajat qilishni xohlamaydi. Bu holatning yana bir sababi
«sog‗ingan» yaqinlari, do‗stlari, o‗rtoqlari mehmonxona
xizmatlarining barchasini unga bepul taklif etadi (mehmon
sifatida). Uchinchidan, bu turdagi turistlar guruhlarni tash-
kil qilmaydi, aksincha, yakka yoki oila tarkibida
harakatlanadi.
Etnik,
etnografik
turizmda
deyarli
tadqiqotchi-
tarixchilar, adabiyotshunoslar, qiziquvchilar (bir yoki bir
nechta turist) bo‗lganligidan maxsus marshrut ishlab chi-
qish zarurati yo‗q. Etnograf turistlar asosiy holatlarda
tarjimon yo‗lboshlovchi va transport turini ijaraga olib bir
manzildan yoki bir aholi maskanidan ikkinchi bir manzilga
erkin harakat qilishadi. Ular ancha oddiyroq turistlar
bo‗lganligidan
qishloqlarda,
ovullarda
yoki
tuman
markazlaridagi oddiy mahalliy mehmonxonalarda tunab,
xizmatlarning deyarli barchasini o‗ziga-o‗zi xizmat usulida
bajarib ketaveradi.
Ikkinchi guruhga
kiritilgan maxsus turlarning «alohida
turistik marshrutlar ishlab chiqishni talab qilishi»ning bosh
sababi – bu turlarning shahar va tuman markazlaridan
uzoqda joylashganligidir. Turistik resursga, obyektga bor-
gan turist uchun bunday joylardagi birinchi muammo dam
olish va tunash joylari va bu joylarda ko‗rsatiladigan xiz-
matlar bo‗lib qoladi.
«Milliy o‗yinlar turizmi» bilan kelgan turist, albatta
qishloqlardagi aholining milliy o‗yini tomoshalariga
qiziqqanligi uchun boradi. Masalan, ko‗pkari-uloq o‗yini,
qo‗chqor urishtirish tomoshalarini, asosan respublikamiz-
ning qishloqlarida yashovchi aholi o‗zlarining sunnat
to‗ylarida, xalq bayramlari («Navro‗z», Hosil bayrami va
h.k.) da tashkil qilishadi. Ayniqsa, xalqaro turizmdagi
turistlar oqimini jalb qilish imkoniyatlari juda salohiyatli
bo‗lgan «ko‗pkari» asosan respublikamizda paxta yig‗im-
terimi tugagandan so‗ng – noyabr oyidan boshlanib, mart
oyi – «Navro‗z» bayramigacha davom etadi. Bu davr kuz-
qish mavsumi bo‗lib «ko‗pkari» o‗yinini tomosha qilish
uchun maxsus transport turida qishloqlarga, tog‗oldi rayon-
lariga, adir hududlariga borish kerak.
Достарыңызбен бөлісу: |