Хулоса.
O‗zbekistonda turizmdagi maxsus turlarning
11 turini ro‗yxatga oldik. Bu turlar ham jami 51 tarmoqga,
ko‗rinishlarga bo‗linib ketadi. Birinchi guruhda turgan
maxsus
turlar
alohida
turistik
marshrutlar
ishlab
chiqishni talab qilmasligining sababi – bu turlar resurslari –
obyektlari asosan shaharlarimiz, tumanlarimiz markazlarin-
ing ichida yoki atroflarida joylashganligidir. Ma‘lum bir
shaharga kelgan har qanday darajadagi turistni maxsus tur-
lar obyektiga taklif qilish turoperatorning tadbirkorligiga
bog‗liq. Maxsus tur shahar ichida yoki atrofida (masofa
yaqin) bo‗lganligidan turistik marshrutdagi asosiy xiz-
matlar: marshrutdagi to‗xtashlar vaqtida, dam olish,
ko‗ngilochar o‗yinlar o‗tkazish, ekzotik safar, tunash kabi-
lar talab qilinmaydi. Turist maxsus tur obyekti bilan tanish-
gach, tomosha yoki so‗rab surishtirishlar, rasm yoki video-
ga olgach o‗zi to‗xtagan mehmonxonaga qaytadi.
Turistik marshrutda yuqorida qayd qilingan xizmatlarning
barchasi turist yashayotgan mehmonxona ma‘muriyati
tomonidan amalga oshiriladi. «Etnik va sog‗inish turiz-
mi»ning alohida turistik marshrutlar talab qilmasligining
sababi bu turni amalga oshiruvchi turistlar aksariyat hollar-
da «o‗zboshimchalik» usulini qo‗llaydi, ya‘ni u boradigan
joyini biladi va turistik firma yoki turizm operatori xizmati-
ga harajat qilishni xohlamaydi. Bu holatning yana bir saba-
bi «sog‗ingan» yaqinlari, do‗stlari, o‗rtoqlari mehmonxona
xizmatlarining barchasini unga bepul taklif etadi (mehmon
sifatida). Etnik, etnografik turizmda deyarli tadqiqotchilar,
tarixchilar, adabiyotshunoslar, qiziquvchilar (bir yoki bir
nechta turist) bo‗lganligidan maxsus marshrut ishlab chi-
qish zarurati yo‗q. Etnograf turistlar asosiy holatlarda
tarjimon yo‗lboshlovchi va transport turini ijaraga olib bir
manzildan yoki bir aholi maskanidan ikkinchi bir manzilga
erkin harakat qilishadi.
Adabiyotlar
1. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992- yil 8-dekabr).
2. VI Toshkent Xalqaro Investitsion-Moliya Forumi doirasida o‗tkazilgan Plenum majlisida O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot
ishlari vaziri G.Saidovaning nutqi. 2013.
3. Hayitboyev R., Amriddinova R. Turizmning maxsus turlari. Uslubiy qo‗llanma. -Samarqand: 2008.
4. Hayitboyev R., Sattarov A. Turizm marshrutlarini ishlab chiqish texnologiyasi. Ma‘ruzalar matni. -Samarqand: 2009.
5. Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Ibadullayev N, R.Amriddinova. Turizm asoslari. -Samarqand: 2010.
6. Nishonova O. J. Etnik madaniyat va marosimlar. Ma‘ruzalar to‗plami. –Toshkent: 2009.
REZYUME.
Ushbu maqolada tarixchi, adabiyotshunos va etno-etnografik turizmga qiziquvchilar deyarli yo‗qligini, alohida
yo‗nalish ishlab chiqishga hojat yo‗qligini ko‗ramiz. Maqolada aytilishicha, etnografik sayyohlar tarjimon, gid va transport turini ijaraga
olgan holda bir manzil yoki bir joydan ikkinchi joyga bemalol harakat qilishlari mumkin.
РЕЗЮМЕ.
В этой статье мы увидим, что историков, литературоведов и людей, интересующихся этноэтнографическим ту-
ризмом, почти нет, и нет необходимости развивать отдельное направление. Согласно статье, этнографические туристы могут
легко перемещаться из одного пункта назначения или места в другое, наняв переводчика, гида и вид транспорта.
SUMMARY.
In this article, we will see that there are almost no historians, literary critics and people interested in ethno-
ethnographic tourism, and there is no need to develop a separate direction. According to the article, ethnographic tourists can easily move
from one destination or place to another by hiring an interpreter, guide and mode of transport.
Достарыңызбен бөлісу: |