Научно-методический журнал Серия: Естественно-технические науки. Социальные и экономические науки. Филологические науки


SOHIBQIRON DAVRIDA O„ZBEK MUSIQA SAN‟ATINING



Pdf көрінісі
бет87/231
Дата30.07.2023
өлшемі4,81 Mb.
#179664
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   231
Байланысты:
2-сан 2023 (1-серия)

 
SOHIBQIRON DAVRIDA O„ZBEK MUSIQA SAN‟ATINING 
RIVOJ TOPISHI VA UNING E‟ZOZLI SOZANDASI 
G.U.Burxonova
– assistent o„qituvchi 
O„zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Tayanch so„zlar: 
Amir Temur faoliyati, o‗zbek musiqa san‘ati, e‘zozli sozanda

ilm-fan, adabiyot va san‘at. 
Ключевые слова:
деятельность Амира Темура, узбекская музыка, заслуженный музыкант, наука, литература и искусство. 
Key words:
activity of Amir Temur, Uzbek music, honored musician, science, literature and art. 
O‗zbek musiqa san‘atining rivoj topishida bobomiz 
Sohibqiron Amir Temurning hissasi katta. Amir Temur 
davrida san‘at, madaniyat, ilm-fan va ko‗plab sohalar rivoj 
topgan. Shu ma‘noda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 
quyidagi fikrlarini keltirishimiz mumkin. ―Jahon ilm-fanida 
―Gʻarbda – Rim, Sharqda – Samarqand‖ degan ibora bejiz 
paydo boʻlmagan. Samarqand zaminida oʻnlab, yuzlab 
buyuk ajdodlarimiz – mashhur sarkarda va davlat arboblari, 
alloma va mutafakkir zotlarning qadamjolari mavjud. 
Ayniqsa, buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomiz davrida 
Samarqandning shuhrati butun dunyoga taraldi‖ [1]. Amir 
Temur faoliyatini, xususan, shaxsiyatini san‘atsiz tasavvur 
etib bo‗lmaydi, Sohibqiron ilm-fan, adabiyot va san‘at ho-
miysi sifatida harbiy yurishlari chog‗ida taniqli san‘atkor, 
me‘morlar, shoirlar, musiqashunoslar, rassomlarni Samar-
qandga to‗plashga harakat qilgan, ijod qilishlari uchun im-
koniyatlar yaratib bergan.
 
Taniqli hofiz, musiqashunos, bastakor Xoja Abdulqodir 
Marog‗iy ham Temuriylar saroyida faoliyat olib borgan 
tarixiy shaxslardan biridir. Asl ismi Abdulqodir ibn 
G‗aybi al-Hofiz al-Marog‗iy nomi bilan mashhur bo‗lib, 
Tabriz yaqinidagi Marog‗a shahrining Noi mavzeida taval-
lud topgan. Shu bois u Abdulqodir Noi nomi bilan taniqli 
bo‗lgan. Noi iste‘dodli naychi, sibizg‗achi sifatida mashhur 
ekanligiga ishora. 
Xoja Abdulqodir bir muddat Bag‗dodda Jaloyirlar sulo-
lasidan bo‗lgan Sulton Uvays va Sulton Ahmadlar saroyida 
xizmat qilgan. Bag‗dod Amir Temur tomonidan fath qilin-
gandan so‗ng ham uzoq vaqt unga qarshi kurash olib bor-
gan. Amir Temur vafotidan so‗ng o‗z mulklarini qayta egal-
lashga muvaffaq bo‗lgan, ammo 1410-yilda turkman Qora 
Yusuf bilan to‗qnashuvda halok bo‗lgan. 
Amir Temur Sulton Ahmad hayotlik paytida Bag‗dodni 
fath qilgan edi. G‗alabadan so‗ng Marog‗iy Xoja Abdul-
qodirning musiqachi sifatida yuksak qobiliyatidan xabar 
topadi va 1393 yilda uni izdoshlari va shogirdlari bilan bir-
ga Samarqandga olib keladi. Bu yerda unga ijod qilishi, 
forsiy va turkiy xalqlar musiqalarini o‗rganishi uchun sha-
roit yaratadi. Uning tashabbusi bilan Samarqandda basta-
korlar, musiqashunoslar maktabi vujudga keladi. Darvesh 
Ahmad Qonuniy, Sulton Ahmadiy, Sulton Muhammad 
Udiy Samarqandiy, Xojagin Samarqandiy, Arab Navoiy, 
Qo‗buziy, Tabib Mavlono Hasan Samarqandiy, Xo‗ja Mu-
hammad ibn Abdulhasan Samarqandiy ana shu maktabning 
faol a‘zolaridandir. 
Amir Temur vafotidan keyin Xoja Abdulqodir uning 
o‗g‗li Shohrux Mirzo, Xalil Sulton va boshqa temuriy shah-
zodalar saroyida xizmat qiladi. Uning jamoasi asosan 
rasmiy diplomatik tadbirlarda, Sohibqiron va farzandlarin-
ing g‗alabalari bilan bog‗liq tantanalarda, xalq tomoshalari, 
ommaviy bayramlarda ishtirok etgan. Bundan tashqari, 
shaxsan Amir Temur va temuriyzodalar oilaviy tantanalari-
da, farzandlarining to‗y marosimlarida ishtirok etadi. Tar-
ixchi Sharafiddin Ali Yazdiy o‗zining ―Zafarnoma‖ asarida 
Shohrux Mirzo, Muhammad Sulton, Pirmuhammad Mir-
zolarning nikoh to‗y marosimlarini quyidagicha ta‘riflaydi: 
―Har biriga bir huri najot qizni shar‘iy mutahhara yusini 
bila berdi va Bog‗i Behishtda to‗y qildi‖ [7]. Bayram tusini 
olgan bu to‗yda Xoja Abdulqodir boshchiligidagi 
san‘atkorlar turli tillarda qo‗shiqlar ijro etganligini alohida 
aytib o‗tadi. 
Bu ma‘lumotlar Amir Temur hamda keyingi davrlarda 
musiqa san‘ati rivojida, qadimiy maqom qo‗shiqlarining 
maydonga kelishida Xoja Abdulqodirning xizmatlari katta 
ekanligini isbotlaydi. U ijro bilan shug‗ullanibgina qolmay, 
balki musiqashunos olim sifatida bastakorlik, musiqa 
san‘atiga doir nazariy asarlar ham yaratgan. ―Amir Temur 
jahon tarixida‖ nomli risolada u tomonidan bastalangan 
asarlar 200 dan ortiq ekanligi qayd etiladi. 
Ayniqsa, uning musiqiy usullar sirasiga kirgan ―May-
tayn‖ asari muhim ahamiyatga egadir. Bu haqda XVI-XVII 
asrlarda yashab ijod etgan musiqashunos olim Darvesh Ali 
Changiy bir asarida Xoja Abdulqodirning ―Maytayn‖ asari 
Amir Temurga bag‗ishlangani haqida ma‘lumot beradi. 
―Maytayn‖ – 200 zarbdan iborat vazn va ohang 
shaklidir. Har bir shakl o‗ziga xos usulda ijro etilgan. Bu 
usul nihoyatda murakkab bo‗lib, uni yaratish har qanday 
bastakorga nasib etmagan. Uni yaratish uchun kamida 15-
20 yillik tajriba va matonat kerak bo‗lgan. Shu bois ayrim 
mashhur bastakorlar ijodida faqat ikki-uchtagina muvaffa-
qiyatli chiqqan maytayn uchraydi. 
Alisher Navoiy o‗zining ―Majolis un-nafois‖ tazkirasi- 




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   231




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет