«Научный импульс» Декабрь, 2022 1784 rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘rganishga комpleks



Pdf көрінісі
бет4/5
Дата25.01.2023
өлшемі0,77 Mb.
#166452
1   2   3   4   5
Байланысты:
Xasanova Mashxura Muxammadsidiqovna


часть
2
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
1787 
sharoitlami tashkil etishdan iborat bo'lganinsonparvarlik tamoyilidir. Bu tamoyil bolani 
chuqur va diqqat bilan o'rganish, yo'lida uchraydigan qiyinchiliklami bartaraf etishni talab 
etadi. Agar umuta’lim maktab sharoitida ko'rsatilgan barcha keraqli va mavjud bo'lgan 
choralar ijobiy natijalar bermasa, bolani maxsus muassasaga o'tkazish masalasi qo'yiladi va 
bunga ota-onalaming roziligi kerak bo'ladi. Bajarilishi shart bo'lgan tamoyil - bu bolalami 
kompleks o‘rganish tamoyilidir. 
Bu tamoyil muhokama paytida barcha mutaxassislar: vrachlar, defektologlar, 
psixologlar tomonidan tekshirish natijasida olingan ma’lumotlami e’tiborga olishni 
shart deb belgilaydi. Agar mutaxassislaming fikri turlicha bo'lsa, bolani yana bir bor 
tekshirish belgilanadi. Eng muhim masalalami hal etishda bolaning manfaatlari 
birinchi o'rinda turish zarur. Ta’kidlash joizki, bolani o'rganishda ko'rsatilgan 
tamoyilga amal qilish uning holatini komissiyadan oldin aniqroq bilib olish, 
rivojlanishidagi nuqsonlar sabablarini aniqlab olish imkonini beradi. Misol uchun, 
pedagog birinchi bo'lib kuchayib borayotgan parishonlik, charchashlik, yig'loqilik 
alomatlariga e’tiborini qaratadi. Vrach esa o'z navbatida bu o'zgarishlaming 
sabablarini aniqlashga yordam beradi va ulami bartaraf etish uchun keraqli tavsiyalar 
beradi. 
Har tomonlama va to‘liq o‘rganish tamoyili ham katta ahamiyatga ega. Bu 
tamoyillar bolaning bilish faoliyati, hissiy-idoraviy doirasi va xulqini tekshirishni 
nazarda tutadi. Shuningdek, bolalarning aqliy qobiliyatlarning shakllanishiga ta’sir 
etadigan jismoniy rivojlanishi ham e’tiborga olinadi. To'liq o'rganish deganda 
bolaning psixik rivojlanishi alohida olingan qobiliyatlari rivojlanishining yig'indisi 
emasligini, shuning uchun bola haqida uning idroki, xotirasi yoki psixik 
funksiyalarning holatini tekshirish asosidagina xulosa chiqarib bo'lmasligini esda 
tutish lozimligini tushunamiz. Bolani har tomonlama, to'liq o'rganish agarda u 
bolaning faoliyati jarayonida: o'qish, mehnat yoki o'yin faoliyatlarida amalga 
oshirilsa, 
muvaffiqiyatli 
bo'lishi 
mumkin. 
Bolani 
o'rganish, 
tekshirishda 
foydalaniladigan metodlar ham, materiallar ham ulaming yosh va xarakterologik 
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda maksimal darajada individuallashtirilishi lozim. 
Komissiya a’zolari bola bilan aloqa o'matishlari lozim. Bu bolaning shaxsi sifatlarini: 
qiziqishlarini, irodaviy harakatlarining holati harakatlaridagi maqsadga yo'nalganlik, asosiy 
psixik jarayonlarning xususiyatlarini yaxshiroq anglashga yorda beradi. 
Dinamik o'rganish tamoyili. Defektologlar uchun eng o'ziga xos hisoblangan 
tamoyil- bu bolalami dinamik o'rganish tamoyilidir. Unga binoan tekshirish 
jarayonida bola bilgan va bajara oladigan vazifalargagina emas, balki uning ta’lim 
olishdagi imkon iy at lari ga ahamiyat qaratish kerak. Bu tamoyil asosida 
L.S.Vigotskiyning bolalaming “yaqin rivojlanish zonasi” to'g'risidagi nazariyasi, 
ulaming ta’lim olishdagi potensial imkoniyatlari yotadi. Bolaning aqliy rivojlanishi 
qancha yuqori bo'Isa, u yoki bu vazifani bajarish, olingan tajribani yangi vaziyatda 
qo'llashni shuncha muvaffaqiyatli o'rganadi. Aqliy rivojlanishda orqada qolgan 


Международныйнаучныйжурнал

5
(100), 

Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет