Kalit so‘zlar: bulldozer, mexanizatsiya, texnologik jarayon, agregat, ishchi jihoz, ag’dargich, lemex, namlik darajasi, grunt, shnek, planetar reduktor, kronshteyn, kompressor. Bizga ma’lumki mustaqillik yillarida suv xo’jaligi va melioratsiya tizimini tubdan isloh
qilish bo’yicha chiqarilgan O’zbekiston respublikasi prezidentining Farmonlari hamda Vazirlar
Mahkamasining qarorlarida ko’rsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun barcha
chora-tadbirlar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda
meliorativ texnikalar, jumladan buldozerlardan keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Suv
xo’jaligi va qishloq qurilishida yer ishlari hajmining 40 foizga yaqini buldozerlar yordamida
amalga oshiriladi. Irrigatsiya va melioratsiya, yo’l qurilishida yer ishlarini bajarishda buldozerlar
ko’pincha yer qazish yoki tekislash ishlarini amalga oshiradi[1].
Yer ishlarida grunt buldozerlar bilan o’rta hisobda 30…70 m ga, ayrim hollarda 150 m va
undan ortiq masofaga ham suriladi. Buldozerlar agregatlangan traktorlar quvvatiga bog’liq
ravishda tashish masofasi quyidagicha taqsimlanadi: 40…55 kVt – 30…50 m gacha; 59…80 kVt
– 50…70 m gacha; 118…132 kVt – 100 m gacha; 228…243 kVt – 150 m gacha [2].
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda buldozerlarning ishlash texnologik jarayoni tahlil qilib
ko’rilganda, ishchi jihozini tuproqning qarshilik kuchi, namlik darajasi yuqori bo’lgan
gruntlarning ag’dargichga yopishib qolishi natijasida buldozer ish samaradorligining kamayishi va
turli toifadagi gruntlarni surish vaqtida ishchi organ pichoqlarining yeyilishi, sinishi va ish
qobilyatining pasayishiga olib kelmoqda. Bu muammolarni bartaraf etish uchun ishchi jihozni
yanada takomillashtirib iqtisodiy samaradorligi yuqori bo’gan eng maqbul variantini ishlab
chiqishni taqozo etmoqda. Ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida bajarilgan ilmiy
tadqiqot ishlari tahlil qilib chiqildi.
1. E.V.Kurilovning (talabnoma № 92431) Buldozer ishchi jixozi qurilmasi buldozerning
yer kovlash-tashish mashinalari turiga kiradi. Vazifasi: zich gruntlarga ishlov berish buldozer ish
unumdorligini oshirish. Jixoz otval va uning ustki qismiga mahkamlangan planetar reduktorli
kronshteynni o’z ichiga oladi. Reduktorning quyosh yulduzchalari bilan ulangan disklarning
shnekli parraklari makaziga mahkamlangan. Ikkinchi tarafdan satellitlarga pnevmatik shinali
g’ildiraklar o’rnatilgan. Bunday jixoz otval vaziyatini osonlashtiradi va buldozerning
chidamliligini oshiradi. Kamchiligi: namlik darajasi yuqori gruntlarga ishlov berishda gruntning
shneklarga yopishib qolishi va otval old qismiga yig’ilgan grunt orasida qolganda samaradorlik
kamayishiga olib keladi[2].
2. V.V.Slyusarenk, A.P.Lazarev, V.G.Serjantovlarning (talabnoma №129528) Buldozer-
aralashtirgich qurilmasi qurilish texnikasi bo’lib biologik rekultivatsiya jarayonida neft va neft
mahsulotlari bilan ifloslangan gruntlardagi komponentlarni teng taqsimlovchi konstruktsiyadir.
Qurilma quyidagi qismlardan iborat: otval, shnek, valga o’rnitilgan spiral, yordamchi spista,
podshipnik, stoyka, suv purkovchi teshikchalar. Qurilma gruntlarni yumshatish sifatini oshiradi.