Объединение юридических лиц в форме ассоциации «общенациональное движение «бобек»



Pdf көрінісі
бет67/117
Дата27.12.2023
өлшемі3,05 Mb.
#199598
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117
Байланысты:
Сборник МНПК

 
 
 
 
 
 
 
 
 


INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
«GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2023: CENTRAL ASIA» 
ASTANA, KAZAKHSTAN, APRIL 2023 
65 
UO‘T:631.315.4 
BULDOZER UCHUN TAKOMILLASHTIRILGAN ISHCHI JIHOZ 
 
Sayliyev Doston Rustamovich
1
, Subhonov Maxmud Muso o’g’li
1
 
1
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaliginimexanizatsiyalash muhandislari instituti”milliy 
tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institute magistrlari 
Annotatsiya: 
Ma’lumki qishloq va suv xo’jaligi qurilishida buldozerli ishlar umumiy 
ishlarning 35-40 foizini tashkil qiladi. Irrigatsiya va melioratsiya, ishlarini bajarishda buldozerlar 
ko’pincha kavalerlarni tekislash ishlarini amalga oshiradi. Mazkur maqolada kavaler tekislash 
mashinasining ish jihozi takomillashtirish yani qirquvchi ishchi jihoziga yumshatuvchi pichoqlar 
o’rnatish orqali gruntlarni ma’lum qalinlikda qirqish tekislash ishlarini amalga oshirishda 
tortishga qarshilik kuchining kamaytirishga doir ma’lumotlar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar:
bulldozer, kavaler, kanal, kollektor, tuproq tepa, yumshatuvchi tish, 
irrigatsiya, mexanizatsiya, texnologik jarayon, agregat, ishchi jihoz, ag’dargich, lemex, namlik 
darajasi, zichlik, grunt. 
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining 
raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy, sifatli qishloq 
xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu 
bilan birga, xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan ayrim qishloq xo‘jaligi va melioratsiya 
texnikalarining respublikaning tuproq-iqlim sharoitlariga mos kelmasligi qishloq xo‘jaligi 
ekinlarini etishtirishda belgilangan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish vaqtida qator 
muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi 
qismlarini respublika hududlarining tuproq-iqlim sharoitlarida samarali qo‘llash va ularning 
ishonchliligini tekshirish uchun tegishli sinovlarni o‘tkazish, sohani rivojlantirishga 
ko‘maklashuvchi innovatsion usullar, dasturlar va istiqbolli g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq 
xo‘jaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va qismlarini ishlab chiqaruvchi 
mahalliy korxonalar faoliyatiga samarali ilmiy ishlanmalar keng joriy etilmoqda [1]. 
Bundan ko’rinib turibdiki mavjud mashinalarning ish unumdorligini oshirish va ishlash 
jarayonida ish jihozlarining maqbul variantlarini tanlash zarur. Bu masalalarni barataraf etishda 
melioratsiya mashinalari uchun energiyatejamkor ish jihozlar ishlab chiqishni talab qiladi. 
Ma’lumki qishloq va suv xo’jaligi qurilishida buldozerli ishlar umumiy ishlarning 35-40 foizini 
tashkil qiladi. Irrigatsiya va melioratsiya, ishlarini bajarishda buldozerlar ko’pincha kavalerlarni 
tekislash ishlarini amalga oshiradi[2].
Kavaler dеb, trаnshеya yoki kаnаllаrdа qаzib chiqаrilgаn tuprоqlаrgа аytilаdi. Kanal va 
kollektordan qazib chiqarilgan gruntlar tuproq tepa ko’rinishida kanal va kollektorning ikki yon 
tomoniga joylashtiriladi. Mazkur holat esa kanal va kollektorlarni ekspluatatsiyasi va tozalash 
jarayonini ancha murakkablashtiradi. 
Kavalerda joylashgan grunt yumshoq holatda bo’lgani sababli qurish jarayonida tuproqning 
alohida qismlardagi sturkturasi o’zgaradi. Bunday gruntga mexanik zarracha ta’sir etish oqibatida 
grunt zichligi turg’un holatga keladi. Bir maydonda boshlangan zichlanish jarayoni boshqa 
maydonlarga tezda tarqaladi. Yil davomida kavalerlar qurishi oqibatida ularning hajmi 30…40% 
ga o’zgaradi( 1-rasm).




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет