Объединение юридических лиц в форме ассоциации «общенациональное движение «бобек»



Pdf көрінісі
бет68/117
Дата27.12.2023
өлшемі3,05 Mb.
#199598
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117
Байланысты:
Сборник МНПК

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
«GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2023: CENTRAL ASIA» 
ASTANA, KAZAKHSTAN, APRIL 2023 
66 
- kavaler hosil bo’lgandan keying konturi 
- ikki oydan so’ng 
- bir yildan so’ng 
1-rasm. Kavalerlarning ko’ndalang kesimining o’zgarish xarakteri. 
 
Bunda siljish va siqilishga bo’lgan qarshilik birinchi oylarda sezilarli darajada oshadi. 
Keyinchalik grunt tezda qotadi va yumshatilish jarayoni qiyinlashadi. Bu esa o’z navbatida 
kavalerlarni tekislash jarayonida mashinalardan yuqori quvvatni talab qiladi. Mavjud kavaler 
tekislash mashinalarining ish jihozi asosan yassi qirquvchi pichoq bilan jihozlangan bo’lib, 
gruntlarni ma’lum qalinlikda qirqib tekislash ishlarini amalga oshiradi. Bu esa qattiq gruntlarni 
tekislashda mashinadan foydalanish samaradorligini pasaytirib, tortish kuchini oshiradi. Shuning 
uchun ham kavaler tekislash mashinalari uchun gruntning toifasiga qarab, maqbul ish jihozini 
ishlab chiqishni talab qiladi.
 
Bu muammolarni hal qilish uchun kavaler tekislagichning ishchi 
jihozini takomillashtirishni taqozo etadi. Odatda kavalerlarni tekislash jarayonida ish jihoziga 
katta qarshilik tushadi. Natijada kavaler tekislagichning ish tezligi va sifati kamayib, mashinaning 
ish unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi. 
Yuqoridagi muammolarni hal qilish maqsadida izlanishlar olib borilib, ishchi jihoz 
quyidagicha takomillashtirildi(2-rasm). 
2-rasm. Yumshatkich o’rnatilgan ish 
jihozining sxemasi.
1– otval; 2 – tirgak; 3 – yumshatuvchi tish; 
4 - bo’ylama tirgak; 5 – ishchi jihoz 
ramasi. 


INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
«GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2023: CENTRAL ASIA» 
ASTANA, KAZAKHSTAN, APRIL 2023 
67 
Kavaler tekislagichlar gruntlarni qatlam–qatlam kesib, tekislash uchun mo’ljallangan. 
Gruntni yumshatish hamda, ish jihoziga tushadigan qarshiliklarni kamaytirish maqsadida ish 
jihoziga maxsus tishlar o’rnatildi.
Yumshatgichli (tishli) ish jihozining tortishga qarshiligi uning parametrlari, ish sirtining 
shakli, kesish chuqurligiga, gruntning fizik-mexanik xossalari hamda mashinaning harakat 
tezligiga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Izlanishlar natijasida ish jihoziga o’rnatilgan 
yumshatkichlar (tishlar) orasidagi masofa ish jihozining eni 3800 mm bo’lganda, t=197,6 mm 
hamda b=75 mm ekanligi aniqlandi. Hisoblashlar orqali yumshatkich o’rnatilgan ish jihozida 
mashinaning ishchi tezligi 1,5-2,0 m/s oralig’ida yumshatgichlarning tortishga qarshiligi 32,8 kN, 
kavaler tekislagichning yumshatgich bilan umumiy qarshiligi 98,6 kN ni tashkil etishini ko’rsatdi. 
Bu esa o’z navbatida kavaler tekislagich tortishga qarshilik kuchining kamayganligini ko’rsatadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, Buxoro viloyati grunt toifasini 
inobatga olib gruntni sifatli va kam energiya sarflab tekislash uchun yumshatgich o’rnatilgan ish 
jihozini kavaler tekislashda qo’llash yaxshi samara beradi[3-4]. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет