«xxi ғасырдағЫ Ғылым және білім»



Pdf көрінісі
бет71/236
Дата16.04.2022
өлшемі4,46 Mb.
#139665
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   236
Байланысты:
Сборник 3конф (1)

MURODOVA D.B. 
(O‘ZBEKISTON, TOSHKENT) 
 
PAK VAN SONING «CHINDAN HAM TOG‘ O‘SHA YERDA 
BO‘LGANMI?» ROMANIDA FUQAROLAR URUSHINING BADIIY 
TASVIRI 
XIX asr oxiri va XX asrning birinchi yarmi Koreya tarixining eng og‘ir davri 
bo‘lib, bu davr mamlakatning Angliya, AQSh, Yaponiya, Fransiya, Rossiya kabi 
dunyoning eng buyuk davlatlari tomonidan bosib olinishi, mamlakatda yapon 
protektorati o‘rnatilib (1910-yil), uning yapon istilochilari tomonidan bir necha o‘n 
yilga zabt etilishi (1910-1945-yillar) va buning oqibatida davlatning ikkiga: Janubiy 
va Shimoliy qismlarga bo‘lib yuborilishi (1948-yil) bilan tavsiflanadi [1, 277]. 
Natijada Koreya AQSh va sobiq Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi jang markaziga 
aylandi. AQSh yarim orolning janubida joylashgan bo‘lsa, Sobiq Ittifoq shimoliy 
qismida joylashib oldi. Natijada 1950-1953-yillar Koreya yarim orolida fojea – 
Shimol va Janub o‘rtasida qondoshlik urushi yuz berdi [1, 280]. Yuzaga kelgan urush 
natijasida Koreya ikki qismga Shimoliy (Choson «
조선
») va Janubiy (Xanguk 
«
한국
») qismlariga bo‘lindi, bu harakat hali ham koreys xalqi qalbida unutilmas iz 
qoldirgan. 
1950-yillarda boshlangan fuqarolar urushi koreys xalqiga har tomonlama, ham 
moddiy, ham ma’naviy zarar yetkazdi. Mafkuralar to‘qnashuvi asosida yuzaga kelgan 
fuqarolik urushi Koreya Respublikada, Janub va Shimol o‘rtasida birodarlar qonli 
to‘qnashuviga sabab bo‘ldi. Buning oqibatida mamlakat birlashtirib bo‘lmaydigan, 
kelishuvga kelolmaydigan darajada ikkiga ajralib ketdi.
Mamlakatning ikkiga bo‘linishi nafaqat ijtimoiy hayotga, balki adabiyotga ham 
o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Janubiy va Shimoliy hudud ijodkor ahli o‘rtasida 
guruhbozlik hamda bu guruhbozliklar o‘rtasida tushunarsiz kurash yuzaga keldi. 
Fuqarolar urushi (1950-1953-yillar), ya’ni mamlakatning Shimol va Janubga bo‘linib 
ketishi koreys xalqi madaniyati va adabiyoti uchun juda ham fojeali oraliq bo‘ldi. 
Fuqarolar urushidan keyingi avlod yozuvchilari o‘z asarlarida milliy 
qadriyatlarning yo‘qolib borayotgani, jamiyatda axloqiy buzilishlar, inson qadr-
qimmatining yo‘qligi kabi mavzular ustunlik qilishi Sang Vonning «Qo‘zg‘olon» 
(1957) va Son Chan Sopning «Sun’iy odam» (1958) asarlarida kuzatiladi. 
XX asr ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tgan fuqarolar urushi mavzusi hali-hanuz 
zamonaviy koreys adabiyotida yetakchilik qilib kelmoqda. Shu urushda bevosita 
ishtirok etgan, bolalik va yoshlik damlari urush xotiralari bilan bog‘liq koreys 
ijodkorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Fuqarolar urushi va uning salbiy oqibatlari 
mavzuida qalam tebratmagan ijodkorni uchratish mushkul. Bu mavzu koreys 


134 
adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri Pak Van So ijodida ham yetakchilik 
qiladi. Seul Milliy Universitetining Koreys tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga 
kirgan, ammo kutilmaganda boshlangan fuqarolar urushi natijasida o‘qishni davom 
ettira olmagan adiba urush paytida akasidan judo bo‘ldi. Hayot kechirish, oila 
a’zolarini boqish uchun Pak Van So amerikaliklar tasarrufidagi savdo majmuasining 
rassomchilik bo‘limida ishlashga majbur bo‘ldi. Adiba boshidan kechirganlarini 
o‘zining «Shuncha shingani kim yegan», «Chindan ham tog‘ o‘sha yerda 
bo‘lganmi?» kabi avtobiografik asarlarida bayon qildi. 
Pak Van So muxbirlarga bergan intervyularidan birida fuqarolar urushi haqida 
o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi: «
Fuqarolar urushining bor salbiy oqibatlarini 
qog‘ozga tushurish istagi meni hayot uchun kurashga undagan kuchli istaklardan 
biri edi
» [2, 1055]. 
Adiba o‘zining avtobiografik ruhda yaratilgan asarlarida urushning qurbonlari 
nafaqat jang maydonida, balki front ortida ham bo‘lishini ta’kidlaydi. Front va front 
ortidagi kurash ayni bir tarzda bo‘lib o‘tmaydi, albatta. Front maydonida bo‘lib 
o‘tayotgan urushga asosan erkaklar jalb etilsa, front ortidagi kurashda ayollar, qarilar, 
hatto bolalar ham ishtirok etishadi.
Adiba Pak Van Soning «Tog‘ chindan ham o‘sha yerda bo‘lganmi?» romanida 
Shimoliy va Janubiy Koreya o‘zaro kurash olib borayotgan Seul shahrida sodir 
bo‘lgan voqealar uning oila a’zolari bilan bog‘liq holda bayon qilinadi. 
Front chizig‘i Seulga yetib kelgach, shaharning barcha aholisi janubga 
qochoqlikka ketadi, biroq Pak Van Soning oila a’zolari jarohatlangan akasi bois 
Seuldagi uylarning birida qolib, yashiringan holda kun kechirishga majbur bo‘ladi. 
Uyda yeyishga hech narsa qolmagach, jarohatlangan akasi, keksa onasi va jiyanlarini 
ochlikdan asrab qolish uchun kelinoyisi bilan birga yarim kechasi bo‘sh uylardan 
yegulik qidirib ketadi. O‘zgalarning uylarini o‘marayotganidan vijdoni qiynaladi, 
ammo jon saqlash uchun bundan boshqa chora qolmagan edi.
«
Kelinoyim menga tirikchilik harakatida bo‘laylik dedi…Avvaliga tirikchilik 
harakatida bo‘lish nimaligini tushunmadim.
-
O‘g‘rilik qilish degandan ko‘ra yaxshiroq eshitiladi-ku, - dedi kelinoyim
». [3, 
24]. 
Shimol va Janub o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urush xalqni bir necha bor qochoqlikka 
ketishga majbur qildi. Uzoq masofaga noma’lum vaqtga ketish barcha aholi uchun 
qiyinchilik tug‘dirdi. Urush maqsadini anglamay, Shimoliy Koreya qo‘shiniga 
ko‘ngilli bo‘lib ketgan, natijada jarohatlangan erkaklar, keksalar hamda ularning oila 
a’zolari qochoqlikka keta olmay, Seuldagi uylarda yashirinib yashashga majbur edi. 
Mehnatga yaroqsiz insonlardan har ikki tomon ham manfaatdor emas edi. 
«
1951 yil 4 yanvardagi chekinishdan taxminan bir oylarcha o‘tib, har joyda 
o‘likka o‘xshab yashayotgan odamlar istar-istamas o‘z qiyofalarini ko‘rsata 
boshlashdi… 
Avvaliga atrofda boshqa odamlar borligidan xursand bo‘ldim, ammo faqat 
bizlar bo‘sh uylarni ochib kirgan emasmiz, degan vijdon ajobidan qutulgandek 
bo‘ldim, biroq bo‘sh uylarni o‘marish haddan tashqari ko‘payishidan qo‘rqa 
boshladim
» [3, 32]. 


135 
Urush paytida janubga qochoqlikka ketmaganligi bois keyinchalik kommunist 
deb sanalishidan doim xavotirda yurgan kezlari Seul Shimoliy Koreya boshqaruvi 
ostiga o‘tdi va Shimol harbiylari tomonidan o‘z onasi va akasidan ajratilgan holda 
kelinoyisi bilan birgalikda majburan qochoqlikka yuborildi. Keyinchalik oilasi bilan 
eson-omon qayta ko‘rishdi, akasining jarohati butunlay tuzalmadi, u vafot etdi. Asar 
urush tugashi va Pak Van Soning turmushga chiqishi bilan yakunlangan. 
Yozuvchi o‘z asarida bir millat o‘rtasidagi o‘zaro urush qanday noxush 
oqibatlarga olib kelganligini quyidagicha ifodalaydi: «
Bunday urush dunyoning yana 
qayerida bor? Bu urush millatni o‘zaro ashaddiy dushmanga aylantirib, aka-ukani 
bir-biriga o‘q otadigan qildi. Er-xotinni bir-biridan ajratdi, ona va bolani o‘zaro 
qarshi qo‘ydi, qo‘shnilar bir-birini aybladi, qon-qarindoshlar qarindoshlik 
rishtalarini chilparchin etib, o‘z yaqinlarini dushman deb sanaydigan qildi...
» [4, 
256]. 
Pak Van So qalamiga mansub asarlarda fuqarolar urushi mavzui yetakchilik 
qilsa-da, aslida adiba front ortidagi xalq qismati, uning boshiga tushgan taqdir 
sinovlarini badiiy yaratishni maqsad qilib qo‘ygan. Bevosita front ortida bo‘lgan 
adiba o‘zining hayoti misolida qochoqlikka keta olmagan yoshlarlarning ikki davlat 
o‘rtasidagi ayanchli taqdirini ortiqcha bo‘yoqlarsiz tasvirlagan.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   236




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет