43
LOTIN TILIGA ASOSLANGAN O'ZBEK ALIFBOSI
Abduraimova Mekhrinaz Akhmadjanovna
5B011700- «Qozoq tili va adabiyotning» 2-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: professor m.a. Abdirasilova Gulmira
Kalibayevna
Qozoq milliy ayollar pedagogica universiteti
Kirish:Bu maqolada oʻzbek lotin alifbosi, oʻzbek lotin
yozuvi haqida uning tarihi, kelip chiqishi, rivojlanishi,
yillar davomida qabul qilingan alifbolar, ularning
tilga, yozuvga boʻlgan foydasi, mustaqillik yillardagi
qabullangan alifbolar haqida aytip oʻtmoqchimiz.
Kalit soʻzlar: alifbo, lotin yozuvi, lotin grafikasiga, arab
grafikasidan, fonema, harf, rus grafikasidan, oʻzbek adabiy
tili, Samarqand konferensiyasi, ingliz tiliga.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
4-moddasi: “O‘zbekiston Respublikasining
davlat tili
o‘zbek tilidir”. O‘zbek xalqi o‘zining ko‘p asrlik tarixida
bir qator yozuvlardan foydalangan. Miloddan oldingi
VI-IV asrlarda oromiy, III-I asrlarda shu yozuv bilan bir
qatorda yunon, miloddan boshlab II-III asrlarda xorazm,
V-VIII asrlarda turkiy xalqlar ijodi mahsuli bo‘lgan turk-
run (O‘rxun-Enasoy) yoki dulbarjin, VI-XYIII asrlarda
uyg‘ur yozuvidan ham foydalanildi. Shuningdek, moniy,
eftalit, pahlaviy, suriya, eski uyg‘ur, hind va boshqa
yozuvlarda bitilgan turkiy tildagi manbalar kam miqdorda
bo‘lsada bizgacha etib kelgan. Xalqimiz qariyb 14 asr
mobaynida (VIII asrdan 1929 yilgacha) arab yozuvidan
foydalanib keldi. 1929-yilda lotin yozuviga asoslangan
yangi alifboga o‘tildi.
A a B ʙ
C c
Ç ç
D d
E e
Ә ә
F f
G g
Ƣ ƣ
H h
I i
J j
K k
L l
M m
N n
N, n,
O o
Ө ө
P p
Q q
R r
S s
Ş ş T t
U u
V v
X x
Y y
Z z
Ƶ ƶ
Ь ь
'.
1940- yilning may oyidan boshlab lotin yozuviga
asoslangan o‘zbek alifbosi kirill grafikasidagi yozuv
tizimiga ko‘chirildi. Bu alifboda 30 ta harf bor edi. Qisqa
muddat ichida o‘tkazilgan ikki alifbo almashuvi xalqimiz
savodxonligining oshishiga, madaniy yuksalishiga jiddiy
zarar etkazdi: tilimiz ravnaqiga, imlomiz ravonligiga,
savodxonligimizning oshishiga bir qator to‘siqlarni
keltirib chiqardi. 1993-yil 2-sentabrda O‘zbekiston
Respublikasining "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek
alifbosini joriy etish to‘g‘risida" Qonuni qabul qilindi.
"Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
asoslanib va o‘zbek yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan
1929-1940 yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib keng
jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarini inobatga
olgan holda respublikaning har tomonlama kamol topishini
va jahon kommunikatsiya tizimiga
kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga
xizmat qiladi. Qonun alifbo sirasida 31 ta harf va 1 ta
tutuq belgisi bo‘lishini qayd etadi. Harflarning alifbodagi
asl tartibi: A a, B b, C c, D d, E e, F f, G g, H h, I i, J j, K k,
L l, M m, N n, O o, P p, Q q, R r, S s, T t, U u, V v, X x, Y
y, Z z, Ç ç, Ğ ğ, Ɉ ɉ, Ñ ñ, Ö ö, Ş ş, ʼ
1993-yilda joriy etilgan
alifboni va shu asosda
tayyorlangan „Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari“ni
muhokama qilish jarayonida bir qator taklif va tavsiyalar
qilindi, tanqidiy fikrlar bildirildi. Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi 1995-yil 6-may kuni alifboga oʻzgartirishlar
kiritish toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Bu hujjatga binoan 1)
yangi oʻzbek alifbosi 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasidan
iborat ekanligi belgilandi; 2) C c, Ɉ ɉ harflari alifbodan
chiqarib tashlandi; 3) Ç ç, Ğ ğ, Ş ş, Ñ ñ harflarning shakliga
esa isloh kiritildi. Yangi alifbo asosida ishlash 1996-yildan
boshlanishi qayd etilgan edi. Harflarning alifbodagi asl
tartibi: А а, B b, D d, Е е, F f, G g, H h, I i, J j, K k, L l, М
m, N n, О о, P p, Q q, R r, S s, Т t, U u, V v, X x, Y y, Z z,
Oʻ oʻ, Gʻ gʻ, Sh sh, Ch ch, ng, ʼ.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "Lotin
yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish
to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini
amalga kiritish tartibi haqida"gi 1995-yil 6-maydagi
qaroriga ko‘ra mazkur e’lon qilingan kundan boshlab
kuchga kirgan hamda yangi alifboga bosqichma-
bosqich o'tilib, bu ish 2005-yil 1-sentabrga qadar to‘liq
tugallanishi belgilab qo‘yilgan. 1996-yil 1-sentabrdan
e’tiboran maktabgacha tarbiya, bolalar muassasalarida
va umumta’lim maktablarining 1-sinflarida yangi alifbo
bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishni,
qolgan sinflarda esa
fakultativ darslar tashkil etishni ta’minlasin. Ayni paytda
"O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida"
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
(1995-yil 24-avgust, 339-son) qabul qilindi. Ushbu Qonun
va Qarorlarni amalga oshirish uchun barcha tashkilot va
muassasalar, mutaxassis olimlar jiddiy ravishda ishga
kirishdi. Vazirlik va idoralar bir qator chora tadbirlarni
belgilashdi. Jumladan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi ham bu borada qator vazifalarni belgilab berdi.
Yangi alifbo va uning imlosiga o‘rgatish nihoyatda muhim,
umumdavlat ahamiyatiga molik ishdir. Uning oliy o‘quv
yurtlarida maxsus kurs sifatida o‘qitilishi bejiz emas. Bu
kurs talabalar savodxonligini oshirishga ham, ularning
ma’naviy olamini boyitishga ham tegishli hissa bo‘lib
qo‘shiladi. Yangi imlo qoidalar oldingi imlo qoidalaridan
ko‘p o‘rinlarda jiddiy farq qiladi. Shunga ko‘ra uning har
bir bandi nihoyatda katta e’tibor bilan o‘rganilishi lozim.
Shunga erishish lozimki, har bir bandda ko‘zda tutilgan
asosiy qoidalar talabalar tomonidan ongli ravishda to‘la
tushunilgan holda o‘zlashtirilshi lozim. Ularni ongli
ravishda o‘zlashtirish ushbu bandlarni yodlash uchun,
yodda saqlab qolish uchun imkon beradi. Didaktik
talablar mashq turlarining aralash qo‘llanishi yaxshi
samara berishini ko‘p isbotlagan, amaliyot bu xulosalarni
tasdiqlaydi. Shunga ko‘ra alifbo va imlo qoidalarini
o‘zlashtirishda yozma holdagi mashqlar ham alohida
mavqega ega. Ayniqsa, husnixat mashqlariamaliy jihatdan
katta samaradorligi bilan ajralib turadi.
Yangi alifbo va imlo qoidalarini o‘rgatishdagi asosiy
maqsad ana shu qoidalarning ongli ravishda to‘liq
o‘zlashtrishdan iborat.
Ana shu maqsadni amalga
oshirishda bir qator vazifalarni belgilash mumkin:
1) Yangi alifbodagi harflar sirasini o‘rganish;
2) har bir harfning barcha unsurlarini to‘liq va to‘g‘ri
o‘zlashtirish;
3) o‘rganuvchilarda harflarning ham yozma, ham
bosma shaklini to‘g‘ri va me’yorida yoza olish malakasini
shakllantirish;
4) ushbu kurs asosida talabalarning ma’rifiy bilimlarini
44
oshirish. Buning uchun har bir oliy o‘quv yurti o‘z
imkoniyatlarini va yo‘nalishidan kelib chiqqan holda
sohaga doir qiziqarli ma’lumotlardan matn sifatida
foydalanishi va mashqlar tizimida ayni shu sohaga oid
ilmiy yangiliklarni jalb etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi;
5) ayni paytda ushbu kursni o‘tish asosida talaba
yoshlarning umummadaniy, badiiy-estetik didlarini
tarbiyalash, ularni o‘stirish imkoni ham mavjud.
Tanlanayotgan matnlardagi tarbiyaviy jihatga e’tibor
berish ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun qulay
sharoit yaratadi.Qo‘llanmada ana shu vazifalarni amalga
oshirish yo‘llari hisobga olingan. Kursning amaliy
ahamiyati “Davlat tili” va “Lotin yozuviga asoslangan
o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun va
qarorlarda o‘z ifodasini topgan.
O‘zaro mulohazalar, fikr almashinuvlar jarayonida
ma’lum bo‘ldiki, мinimal islohot yozuvimizdagi
muammolarni hal qila olmaydi. Chunki nafaqat O‘, G‘
harflarining qo‘shimcha belgisi (‘), shuningdek, Ch, Sh
birikmalari ham bizga noqulaylik, malollik tug‘dirmoqda.
Sababi:
1) xalqimiz bir fonema (tovush)ga — bir harf tamoyiliga
o‘rgangan;
2) Ch va Sh digraflari
mutlaqo boshqa tabiatga ega
bo‘lgan xorijiy til — ingliz tiliga xos bo‘lgani uchun
psixologik begonasirash hissi bor. O‘zbek tilidagi
matnlarda milliy ruh sezilmaydi.
3) Bu harfiy birikmalar turli tillarda har xil tovushlarni
ifodalaydi. Masalan, Ch birikmasi ingliz tilida Ch, fransuz
tilida Sh, italyan tilida K, nemis tilida X deb o‘qiladi.
4) Alifbomizda Ss harfi yo‘q, ammo u Ch birikmasi
tarkibida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qoladi. O‘qituvchilar
Ch birikmasini bolalarga qanday o‘rgatadi — bu savolga
javob yo‘q. Aslida yozuvdagi birikma — qo‘sh harflar
alifboda mavjud harflar ishtirokida hosil bo‘lishi kerak edi.
5) o‘zbek tilida Ch va Sh tovushlari ingliz tiliga nisbatan
3−5 barobar ko‘p uchraydi va bu hol Ch, Sh ning matnda
ketma-ket, g‘uj bo‘lib kelishiga sabab
bo‘lyapti va o‘qish-yozishni qiyinlashtiryapti. Shoshish,
xushchaqchaq, ishchi, sharshara, achchiqtoshkabi
so‘zlarimizning o‘zida 2−3 tadan Ch va Sh bor. Inglizlarga
qulay bo‘lgan Ch, Shbirikmalari o‘zbek tilida izma-iz
kelib, noqulay holatlarni yuzaga keltirmoqda. Fikrimiz
isbotsiz bo‘lmasligi uchun Ernest Xemingueyning dunyoga
mashhur «Alvido, qurol!» romanining ilk jumlalarini avval
ingliz, so‘ng o‘zbek tilida beramiz.
Достарыңызбен бөлісу: