MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER
№4 | 2021
65
tovlanadi. Barcha metallar elektr tokini va issiqlikni yaxshi o’tkazadi. Kumush va mis bu sohada
dastlabki o’rinlarni egallaydi. Metallar bolg’alanuvchanlik va plastiklik xossasiga ega.
Bolg’alanuvchanlik
- jismlarning tashqi ta’sirlar natijasida osongina shaklini o’zgartirish
qobiliyati. Eng bolg’alanuvchan metall oltin bo’lib, undan yupqa folga va nozik ip tayyorlash
mumkin.
Metall bog’.
Metallarning bu kabi tavsifli xossalari ular ichki tuzilishining o’ziga xosligi bilan
izohlanadi. Metallarning kristall panjarasi tugunlarida neytral atomlar, musbat zaryadlangan ionlar
joylashadi va ular orasida erkin elektronlar harakatlanadi. Metallarda doimiy ravishda atomlardan
elektronlarning ajralishi va ionlarga birikishi sodir bo’lib turadi. Shu erkin elektronlar bo’lishi
ularning elektr toki va issiqlikni yaxshi o’tkazishini ta’minlaydi. Elektronlar butun kristall bo’yicha
umumiy hisoblanadi.
Metallarda musbat ionlar va umumiy elektronlar orasida vujudga kelgan kimyoviy bog’
metall bog’
deb yuritiladi.Metall bog’ qattiq va suyuq agregat holatida bo‘lishidan qat’iy nazar, faqat metallar
uchungina xosdir.
Zichlik, suyuqlanish va qaynash harorati, qattiqlik metall atomlarining xususiy xossalari bo’lgan
yadro zaryadi, massa, metall bog’ning mustahkamligiga bog’liq. Umumiy zichlik bo’yicha metallar
yengil, ya’ni zichligi 5000 kg/m
3
dan kichik (litiy, natriy, magniy, alyuminiy va b.) hamda zichligi
bundan katta og’ir metallarga (rux, temir, mis, simob, oltin, platina, osmiy va b.) bo’linadi. Eng
quyi
suyuqlanish harorati simobga tegishli (–38,87 °C) bo’lsa, eng yuqorisi volframga tegishli (3410 °C).
Eng qattiq metallar xrom va volfram bo’lsa, eng yumshoqlari natriy, kaliy va indiydir.
Достарыңызбен бөлісу: