Bosh muharrir o’rinbosari: Заместитель главного редактора


MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER



Pdf көрінісі
бет86/96
Дата14.09.2024
өлшемі32,62 Kb.
#204332
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96
Байланысты:
94-27-PB

MUALLIM | УЧИТЕЛЬ | TEACHER
№4 | 2021
 
94 
muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini 
bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keyingi 
bosqichlarida mustahkamlanib boradi. 
O’qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning tarbiyalanib borayotganligini kuzatib 
borishlari kerak. O’quvchilar odatlarni o’z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar 
bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo’lga qo’yish asosida 
tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi. 
Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko’p marotaba takrorlashni o’z ichiga oladi. Mashq va 
odatlantirish o’quvchi uchun ongli, ijobiy jarayondir. Mashq natijasini ko’nikma, odat, yangi 
bilimlar hosil qilinadi, o’quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, 
hayotiy tajribasi ortadi. 
O’rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalari, odatlarini shakllantirish 
maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir. 
Topshiriq o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko’nikmalarini shakllantirish 
maqsadida qo’llaniladigan usul. O’quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo’lib bajarishlari ularda 
ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega.
Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida 
o’quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari. Pedagogik talab 
tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab ma’lum harakatlarni rag’batlantiruvchi 
yoki to’xtatuvchi hamda o’quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega 
bo’lishi mumkin. 
Faoliyatni rag’batlash va motivatsiyalash metodlari: rag’batlantirish, tanbeh berish, uyaltirish. 
Rag’batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida 
unga ishonch bildirish, ko’ngilini ko’tarish va uni qo’llab-quvvatlash usulidir. O’qituvchi har bir 
o’quvchi shaxsida ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarni anglash olishi zarur. 
Tanbeh berish - eng muhim jazo chorasi. O’qituvchi o’quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, 
buni kundaligiga yozib qo’yish mumkin. 
Uyaltirish - o’quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiya uchun mas’ul 
bo’lgan subyektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. 
Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharm- hayodir. Odamda insonda izzat-
nafs, odamiylik qancha kuchli bo’lsa, avvalo, o’zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik 
kuchli bo’ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg’ularni ehtiyotkorlik bilan o’stirish lozim, lekin 
hadeb uyaltiraverish va qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o’z o’rnida foydalanish kerak, 
shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, biz pedagoglar yuqoridagi kabi metodlarni qo’llash orqali har tomonlama 
mukammal, ma’naviy yetuk, barkamol insonlarni tarbiyalashimiz va voyaga yetkazishimiz mumkin.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет