часть
2
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
1787
sharoitlami tashkil etishdan iborat bo'lganinsonparvarlik tamoyilidir. Bu tamoyil bolani
chuqur va diqqat bilan o'rganish, yo'lida uchraydigan qiyinchiliklami bartaraf etishni talab
etadi. Agar umuta’lim maktab sharoitida ko'rsatilgan barcha keraqli va mavjud bo'lgan
choralar ijobiy natijalar bermasa, bolani maxsus muassasaga o'tkazish masalasi qo'yiladi va
bunga ota-onalaming roziligi kerak bo'ladi. Bajarilishi shart bo'lgan tamoyil - bu bolalami
kompleks o‘rganish tamoyilidir.
Bu tamoyil muhokama paytida barcha mutaxassislar: vrachlar, defektologlar,
psixologlar tomonidan tekshirish natijasida olingan ma’lumotlami e’tiborga olishni
shart deb belgilaydi. Agar mutaxassislaming fikri turlicha bo'lsa, bolani yana bir bor
tekshirish belgilanadi. Eng muhim masalalami hal etishda bolaning manfaatlari
birinchi o'rinda turish zarur. Ta’kidlash joizki, bolani o'rganishda ko'rsatilgan
tamoyilga amal qilish uning holatini komissiyadan oldin aniqroq bilib olish,
rivojlanishidagi nuqsonlar sabablarini aniqlab olish imkonini beradi. Misol uchun,
pedagog birinchi bo'lib kuchayib borayotgan parishonlik, charchashlik, yig'loqilik
alomatlariga e’tiborini qaratadi. Vrach esa o'z navbatida bu o'zgarishlaming
sabablarini aniqlashga yordam beradi va ulami bartaraf etish uchun keraqli tavsiyalar
beradi.
Har tomonlama va to‘liq o‘rganish tamoyili ham katta ahamiyatga ega. Bu
tamoyillar bolaning bilish faoliyati, hissiy-idoraviy doirasi va xulqini tekshirishni
nazarda tutadi. Shuningdek, bolalarning aqliy qobiliyatlarning shakllanishiga ta’sir
etadigan jismoniy rivojlanishi ham e’tiborga olinadi. To'liq o'rganish deganda
bolaning psixik rivojlanishi alohida olingan qobiliyatlari rivojlanishining yig'indisi
emasligini, shuning uchun bola haqida uning idroki, xotirasi yoki psixik
funksiyalarning holatini tekshirish asosidagina xulosa chiqarib bo'lmasligini esda
tutish lozimligini tushunamiz. Bolani har tomonlama, to'liq o'rganish agarda u
bolaning faoliyati jarayonida: o'qish, mehnat yoki o'yin faoliyatlarida amalga
oshirilsa,
muvaffiqiyatli
bo'lishi
mumkin.
Bolani
o'rganish,
tekshirishda
foydalaniladigan metodlar ham, materiallar ham ulaming yosh va xarakterologik
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda maksimal darajada individuallashtirilishi lozim.
Komissiya a’zolari bola bilan aloqa o'matishlari lozim. Bu bolaning shaxsi sifatlarini:
qiziqishlarini, irodaviy harakatlarining holati harakatlaridagi maqsadga yo'nalganlik, asosiy
psixik jarayonlarning xususiyatlarini yaxshiroq anglashga yorda beradi.
Dinamik o'rganish tamoyili. Defektologlar uchun eng o'ziga xos hisoblangan
tamoyil- bu bolalami dinamik o'rganish tamoyilidir. Unga binoan tekshirish
jarayonida bola bilgan va bajara oladigan vazifalargagina emas, balki uning ta’lim
olishdagi imkon iy at lari ga ahamiyat qaratish kerak. Bu tamoyil asosida
L.S.Vigotskiyning bolalaming “yaqin rivojlanish zonasi” to'g'risidagi nazariyasi,
ulaming ta’lim olishdagi potensial imkoniyatlari yotadi. Bolaning aqliy rivojlanishi
qancha yuqori bo'Isa, u yoki bu vazifani bajarish, olingan tajribani yangi vaziyatda
qo'llashni shuncha muvaffaqiyatli o'rganadi. Aqliy rivojlanishda orqada qolgan