часть
2
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
1786
mumkin. Ushbu nuqsonlarning ko'rinishi turlicha bo'lishi mumkin. Son jihatdan yirik
bo'lgan guruhni harakatlanish, sensor yoki intellektual sohalarda nuqsonlari aniq
ifodalanmagan: eshitishda, ko'rishida, fazoviy-idroq tassavurlarida, harakat-tayanch
apparatida, fonematik idrokida nuqsoni bo'lgan, hissiy-irodaviy buzilishli, nutqiy
rivojlanishida kamchiliklarga ega, xulq buzilishlariga ega, psixik rivojlanishi orqada qolgan,
somatik sust bolalar tashkil etadi. Yaqqol ifodalangan psixik yoki jismoniy rivojlanishdagi
nuqsonlar maktabgacha yoshda aniqlansa, yengil nuqsonlar uzoq vaqt mobaynida e
’tiborsiz qoladi. Rivoj lanishdagi nuqsonlami tashxis qilish uch bosqichni o 'z ichiga oladi.
Birinchi bosqich - skrining nomini olgan. Ushbu bosqichda bola
rivojlanishidagi orqada qolish, psixik -jismoniy kamchiliklari aniqlanadi, lekin
ulaming xarakteri va chuqurligi belgilash murakkab bo'ladi.
Ikkinchi bosqich - rivojlanishdagi nuqsonlami differensial tashxis qilish.
Ushbu bosqichning maqsadi rivojlanish nuqsonini turini (xil, toifasini) aniqlash.
Uning natijalariga ko'ra bolaning imkoniyat va xususiyatlarini hisobga olgan xolda,
ulaming ta’lim olishlari uchun ta’lim muassasasini turi va dasturi, optimal pedagogik
yo'llanmasi aniqlanadi. Psixologo-tibbiy-pedagogik komissiyaning faoliyati differensial
diagnostikada yetakchi rolni egallaydi.
Uchinchi bosqich - fenomenologik. Uning maqsadi - bolaning individual
xususiyatlari, ya’ni tafakkur faoliyatining xarakteristikasi, hissiy-iroda doirasi,
ishchanlik
qobiliyati,
shaxsi
o'rganilib
u
bilan
ishlash
bo'yicha
korreksionrivojlantiruvchi individual shart-sharoitni tashkillashtirishdir.
Rivojlanishda nuqsoni bo'lgan psixologo-pedagogik diagnostikani samarali amalga
oshirish uchun “Rivojlanishdagi nuqson” tushunchasiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Rivojlanishida nuqsoni boiganlami tashxis qilishda mutaxassislar (L.S.Vigotskiy,
V.I.Lubovskiy, S.D.Zabramnaya) tomonidan ko'rsatilgan bir qancha tamoyillarga amal qilish
muhim. Rivojlanishida nuqsoni bo’lganlarni tashxis qilishning asosiy tamoyillaridan biri bu -
kompleks yondashuv bo4lib unda bolani rivojlanish xususiyatlarini barcha kerakli
mutaxassislar tomonidan (vrach, defektolog, psixolog) uning faqatgina bilim olish
faoliyatinigina emas, balki xulki, hissiy irodasi, shuningdek ko'ruv, eshituv, harakat sferasi,
nevrologik statusi, somatik holatini har tomonlama tekshirib baholashdir. Bolani tibbiy
hamda psixologo- pedagogik tekshirishlar tizimlilik asosida olib boriladi.
Tibbiy tekshiruv vrachlar (pediatr yoki terapevt, nevropatolog, bolalar psixiatri,
oftalmolog, otolaringolog, zarur hollarda audiolog) tomonidan o'tkaziladi. Bolani
psixologo-pedagogik o'rganish pedagog-defektolog va psixolog tomonidan amalga
oshiriladi. TPPKlar maxsus (korreksion) muassasalami komplektlash masalasini hal
etishadi, hamda zarur boiganda maslaxat-tashxis va korreksion yordam ko'rsatadi. TPPKga
yordam so4rab alohida ta’lim va tibbiy idoralar ham, ota-ona, pedagog, o‘smirlar o‘zining
tashabbusi bilan ham murojaat qilishga xaqlidir. O 'z faoliyatida TPPK defektologiya
sohasida ishlab chiqilgan tamoyillarga amal qiladi. Asosiy tamoyillardan biri - bu har bir
bolaga o 'z imkoniyatlarini maksimal darajada rivojlantirish uchun o 'z vaqtida keraqli