Научно-методический журнал Серия: Естественно-технические науки. Социальные и экономические науки. Филологические науки


NEMIS TILIDAGI AKKUZATIV KELISHIGINING QORAQALPOQ TILIDA IFODALANISHI



Pdf көрінісі
бет115/231
Дата30.07.2023
өлшемі4,81 Mb.
#179664
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   231
Байланысты:
2-сан 2023 (1-серия)

NEMIS TILIDAGI AKKUZATIV KELISHIGINING QORAQALPOQ TILIDA IFODALANISHI
G.Abishova – 
o„qituvchi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Tayanch so„zlar:
qiyosiy tipologiya, qardosh bo‗lmagan tillar, nemis tili, qoraqalpoq tili, akkuzativ va tushum (tabis) kelishiklari. 
Ключевые слова:
сравнительная типология, неродственные языки, немецкий язык, каракалпакский язык, винительный и 
аккузативный падежи. 
Key words: 
comparative typology, unrelated languages, German, Karakalpak, accusative cases. 
So

nggi vaqtlarda xorijiy tillarni o‗rganishga bo‗lgan 
qiziqish ortib bormoqda. Chet tilini o‗rganuvchi ona tiliga 
xos bo‗lmagan til hodisalariga duch keladi. Bu esa 
o‗rganilayotgan til xususiyatlarini o‗zlashtirishda qiyin-
chiliklarni yuzaga keltirib chiqaradi. Ushbu qiyinchiliklar 
natijasida yo‗l qo‗yilish mumkin bo‗lgan holatlarni bartaraf 
qilish uchun xorijiy til bilan ona tilining o‗xshash yoki 
noo‗xshash tomonlari to‗la hisobga olinishi lozim. 
E‘tiborga loyiq tamoni shundaki, o‗zbek tili german va 
roman tillari bilan qiyosiy tipologik tadqiqot qilingan 
bo‗lsa, qoraqolpoq tili faqatgina german tillari – ingliz va 
nemis tillari bilan qiyosiy o‗rganildi va shunday bo‗lib 
qolmoqda. Buning sababini ham Qoraqalpog‗iston oliy 
o‗quv yurtlarida faqat german tillarining o‗qitilishida 
ko‗rish mumkin. 
Xorijda, shuningdek, mamlakatimizda chop etilgan 
ilmiy tadqiqot ishlarida qiyoslash hamda taqqoslash atama-
larini bir-biridan ajratish, farqlash va boshqa-boshqa xo-
disalar sifatida olib qarash hollari kuzatiladi. 
Qiyoslash va taqqoslash atamalarining bugungi kunda 
saqlanib kelayotgan chigalliklarining asosiy sabablari 
lingvistikada qiyosiy metodlarni qo‗llash metodik man-
balarda qiyosiy metodlar sifatida ishlatila boshlanishi 
hamda G‗arbiy Yevropa tilshunosligida qo‗llanadigan 
“Comporative”, “Vergleichen”, 
va 
“Compare”
atamalari 
“qiyoslash”
va 
“taqqoslash”
atamalarini qoplaydi, ammo 
tilshunoslikda bu istilohlar, asosan, qiyosiy-tarixiy til-
shunoslik ma‘nosida qo‗llaniladi [4: 35-38]. 
Vaholanki, tilshunos olim Erbenning ta‘kidlashicha 
nemis tilidagi leksikaning 50-60 foizini ot turkumiga man-
sub so‗zlar tashkil qilar ekan [1:35]. Bunda u ot bo‗lmagan 
boshqa so‗zlarning atalishini ham nazardan chetda 
qoldirmagan. 
Olmoshlar jo‗nalish (barıs) kelishigida asosan affiksli 
ishlatiladi. 
1. Kishilik olmoshlari: 
Al, men sizdi úyińizge deyin shıǵarıp salaman. 
Ol meni, men onı kórdim
. (О.Ayjanov «Aral qushaǵında») 
2. O‗zlik (ózlik) olmoshi o‗z, kelishik affiksidan oldin 
egalik affiksi qo‗shiladi:
Ózimdi mısalǵa alǵanda, pútin 
kolxoz tuwralı aytpaqshı edim
. (О.Ayjanov «Aral 
qushaǵında») 
Totı qusqa ózin tákirarlatıp, pútkil álemdi háreketke 
keltirip qoyǵan ullı kúsh-adamnıń ózi
. (T. Qayıpbergenov 
«Qaraqalpaqnama») 
3. Gumon (belgisizlik) olmoshi: 
Sonlıqtan ótirik bolsa 
da bir nárseni sıltawlatıp sorap barıwı kerek
. (О.Ayjanov 
«Aral qushaǵında») Bu olmosh ba‘zan belgisiz ham ishlati-
ladi: 
Men bir nárse aytayın
(О.Ayjanov «Aral qushaǵında») 
4. Ko‗rsatish olmoshlari: 
Siz mınanı aytpaqshı shıǵarsız. 
Bunı esaplaǵan shotıńnan aynalayın, Narımbetjan, Sonı
nege aytpaysań?
(О.Ayjanov «Aral qushaǵında») 
5. Bo‗lishsizlik (bolımsızlıq) olmoshlari: 
Ernazar bolsa 
esikten kirgen jerde ishtegi tastay túnek qarańǵıdan kózleri 
hesh nárseni kórmey qaldı
(A. Bekimbetov) Olmoshning bu 
turi ham ayrim hollarda til uslubiga binoan belgisiz ishlati-
ladi: 
Ol hesh nárse aytpay shıǵıp ketti

6. Belgilash (belgilew) olmoshlari, ular ham ba‘zan bel-
gisiz ishlatiladi. 
Qıyal alıp qashadı, hár nárselerdi oylatadı

(N.Dáwqaraev) 
Onnan hár nárseni kútiwge boladı. 
Hárkimdi tilinen uslaydı

7. Sifatning avval substantiv forma yasovchi – lıq af-
fiksini, egalik suffiksini, keyingina kelishik affiksini olib 
ishlatilishi ham uchraydigan holat: 
Ol usı danalıǵın kórse-
tiw maqsetinde heshkimge sóz bermey bir ózi sóylep otırdı, 
degen menen qáteliklerińdi tákirarlaw aqıldan emes

(T.Qayıpbergenov «Qaraqalpaqnama»). Onıń mártligin 
hámme biledi. 
8. Son to‗ldiruvchi, jumladan, vositasiz to‗ldiruvchi va-
zifasida kelsa belgili ishlatiladi: 
Besten úshti alsaq qansha 
qaladı? Olardan ekewin alıp qalıw kerek

Jo‗nalish (barıs) kelishigi doim belgisiz ishlatiladigan 
konstruksiyalar turg‗un bog‗lanmalarga, frazeologik 
birliklarga to‗g‗ri keladi: 
at qoyıw, nan jew, sóz salıw, dálil 
keltiriw, qas qaǵıw, kóz jumıw, awız bastırıw, shay ishiw, 
duz tatıw, telefon qurdırıw, pal ashıw, leksiya oqıw, daw 
sheshiw, soraw beriw, zat soraw, namıs etiw, jol beriw, jol 
kórsetiw, wáde etiw, ant ishiw
kabilar.
Oyda joq jerden Ernazar túrgelip sóz soradı – da: 
Bekimbet oǵan sóz berdi
. (О.Ayjanov «Aral qushaǵında»). 
Bul ushın olar áwele ózlerine «Bizler kimlermiz?» degen 
soraw qoyıwı kerek edi
. (T. Qayıpbergenov «Qaraqal-
paqnama»). 
Professor O.Moskalskaya akkuzativ obyektini ikki turga 
bo‗lib qaraydi [2: 97]. 
1. Tashqi yoki ta‘sir etuvchi obyekt (lotincha afficere-
birovga yoki biror narsaga ta‘sir ko‗rsatish) das Brot 
schneiden, einen Brief erhalten, einen Brief lesen kabilar. 
Ma‘no ottenkasi ifodolanishi uchun harakat shu predmetda, 
shu predmet bo‗ylab amalga oshadi, ammo predmet bu 
harakatga tobe bo‗lmagan, ya‘ni mustaqil holda mavjud 
bo‗ladi. 
2. Ikki yoki hosil qiluvchi obyekt (lotincha «efficere» – 
hosil qiluvchi, paydo qiluvchi, ishlab chiqaruvchi kabi 
ma‘nolarni anglatadi): 
einen Brief schreiben, ein Hochhaus 
bauen
kabilar. Predmet qilingan (aytilgan) harakatning na-
tijasi (hosilasi) deb e‘tirof qiladi R. Yakobson, Y. Erben, 
V. Shmidt va boshqa tilshunoslar. 
Vositasiz obyektning xuddi shunday ikkiga bo‗linishini 
turkiy tillar bo‗yicha chop etilgan asarlarda ham uchratish 
mumkin. O‗zbek tili grammatikasi I mualliflari hosila 
obyekt va vosita obyekt deb nomlaganlar. O‗z-o‗zidan 
ko‗rinib turibdiki, birinchisi shu harakatning hosilasi, na-
tijasi sifatida predmet paydo bo‗ladi (yozilgan xat, qurilgan 
uy), ikkinchisida esa ma‘no ottenkasi ifodalanishi uchun 
harakat shu predmet bo‗ylab amalga oshadi. (nonni kesish, 
yog‗ochni yo‗nish) [5: 81]. 
Bu degani vositasiz obyektning ma‘no ottenkalari, 
ularning 
ifodalanishida 
qiyoslanayotgan 
tillarda 
o‗xshashliklar mavjud. 
Absolyut akkuzativ strukturasi nemis tilida uning ozod, 
erkin ishlatilishi, deb qaraladi. Undagi ikki a‘zoli struktura 
gapning hech qanday a‘zosi tomonidan boshqarilmaydi. U 
gapda ozod va mustaqil ishlatiladi, mazmunan sifatdosh 
tarkibi yoki boshqa biror gap bo‗lagiga o‗xshash keladi. Bu 
strukturaning leksik cheklanganligi shundan iboratki, 
qo‗llaniladigan otlar inson tana a‘zolarini (
Arm, Hand, 
Bein, Fuβ, Kopf
u.a.) yoki tana a‘zolari bilan bog‗liq 
tushunchalarni anglatadi. 
Er trat ein, den Hut in der Hand – Ol kirip keldi, 
shlyapası qolında. Er wandte sich um die Hand in der Tür-
klinke – Ol oylanıp qaradı, qolı qapınıń tutqıshında





Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   231




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет