Tajriba natijalari. Kristall panjara bo‗shliqlari orqali
diffuziyani amalga oshirish mumkin bo‗lgan usullardan biri
past haroratli va bosqichli diffuziyani amalga oshirishdir.
Past haroratli diffuziya deganda shunday diffuziya
jarayonini tushunish kerakki, bunda kristall panjara
tugunlaridagi bo‗sh o‗rinlarining termik muvozanat
konsentratsiyasi (Nv) panjara ichiga kiritilgan kirishma
atomlari kontsentratsiyasi (N) dan sezilarli darajada kam
bo‗lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, kristall panjara
tugunlari bo‗sh o‗rinlaridagi yoki komplekslardagi kirishma
atomlarining
kontsentratsiyasi
(NS)
kristall
panjara
oraliqlaridagi kirishma atomlari kontsentratsiyasi (Ni) dan
sezilarli darajada kam bo‗lishi kerakligini anglatadi.
Boshqa tomondan, kirishma atomlarining kristall
panjara oraliqlaridagi mavjud potensial to‗siqni yengib
o‗tib, bir oraliq holatdan ikkinchisiga o‗tishi uchun
diffuziya harorati, ya‘ni diffuziyani faollashtirish energiyasi
Ea yetarli bo‗lishi kerak.
Marganets atomlarining kremniyga past haroratli
diffuziyasi sharoitida nafaqat sirtda eroziya va sirt yuzasiga
yaqin qatlamlarda silitsidlar hosil bo‗lmaydi, balki
kremniyga kiritilayotgan kirishma atomlarining kerakli
konsentratsiyasini istalgan chuqurlikda bir xil qilib olish
mumkin.
Past haroratli diffuziya sharoitida olingan T=300K da
Fermi sathi EF=EV+(0,38 0,45) eV energiya oralig‗ida
bo‗lgan p-Si namunalarida olib borilgan tadqiqotlar
natijalari shuni ko‗rsatadiki(1 - rasm), bu namunalarda
tarkibida to‗rtta marganets atomi mavjud nanoklasterlarga
xos bo‗lgan 21 chiziqdan iborat EPR spektrlari aniq
kuzatiladi [8, 9].
1-rasm. Kremniydagi tarkibida 4ta marganets atomi
mavjud nanoklaster [Mn++]4 ga xos bo‗lgan 21 chiziqdan
iborat EPR spektri.
2-rasm. Kremniydagi nanoklaster
hosil qilmagan Mn++ marganets atomlarining EPR spektri.
1-rasm. Kremniydagi tarkibida 4ta marganets atomi mavjud nanoklaster [Mn ++ ] 4 ga xos bo„lgan 21 chiziqdan iborat EPR spektri. 2-rasm. Kremniydagi nanoklaster hosil qilmagan Mn ++ marganets atomlarining EPR spektri. Yangi texnologiya bilan olingan marganets atomlarining
nanoklasterlari kuzatilgan namunalardagi kabi bir xil