Nazariy tahlil.
Kristal panjarada paramagnit kirishma
atomlarining magnit nanoklasterlarini hosil qilish orqali
yarimo‗tkazgichlarning magnit xususiyatlarini boshqarish
yangi ilmiy yo‗nalishdir.
Shu munosabat bilan, kremniydagi marganets kirishma
atomlarining holatlarini o‗rganish katta ilmiy qiziqish
uyg‗otadi. Bunday qiziqish, birinchidan, marganets atomla-
rining katta spinli 3d54s2 elektron tuzilishga ega bo‗lgan
paramagnit kirishma ekanligi, ikkinchidan, Mn++(3d5)
holatidagi marganets atomi ancha kichik ion radiusiga (0,96
Å) ega ekanligi bilan bog‗liq, bu qiymat Si kristall panjara-
sidagi oraliq bo‗shlig‗idan kichikroq (1,77 Å). Shuning
uchun kremniy tarkibidagi marganets atomlari asosan kris-
tall panjara oraliqlaridagi bo‗shliqlarda joylashgan va ancha
katta diffuziya koeffitsientiga ega. Kremniy kristall pan-
jarasidagi marganetsatomlarining ushbu asosiy parametrlari
klasterlarning shakllanishini rag‗batlantiradi. Haqiqatan
ham, elektron paramagnit rezonans (EPR) usulidan foyda-
langan holda [1-3] da ko‗rsatilganidek, kremniy kristall
panjarasida ma‘lum legirlash sharoitida qo‗shni eng yaqin
ekvivalent oraliqlarda joylashgan 4ta marganets atomidan
iborat klasterlar paydo bo‗lishi mumkin.
Nanotexnologiyaning rivojlanishi, ayniqsa holati, tarkibi
va kristallning hajmida taqsimlanishi boshqariladigan
kirishma
atomlarining
nanoklasterlarini
hosil
qilish
texnologiyasini ishlab chiqish, kirishma atomlarining aso-
san kristall panjara bo‗shliqlari orqali tarqalish mexanizmi
zarurligini ko‗rsatadi. Kirishma atomlarining faqat kristall
panjaradagi oraliqlar orqali diffuziyasigina ularning ho-
latini, o‗zaro va nuqsonlar bilan ta‗sirini, eng muhimi,
ma‗lum termodinamik sharoitlarda turli tuzilish va tarkibga
ega bo‗lgan nanoklasterlarni hosil qilish imkonini beradi [4-
6]. Panjara tugunlarida kirishma atomlari klasterlarining
shakllanishi nafaqat ularning diffuziya koeffitsienti, balki
bir vaqtning o‗zida yetarli miqdordagi kristall panjara
tugunlaridagi bo‗sh o‗rinlarining shakllanishi bilan ham
cheklangan. Kirishma atomlari kristall panjara oraliqlarida
joylashganda katta diffuziya koeffitsientiga ega bo‗lganligi
tufayli ularning klasterlarni hosil qilish imkoniyati sezilarli
darajada tezlashadi, bu jarayon kristall panjarani qayta
tashkil etishni va yuqori energiyani talab qilmaydi [7].
Достарыңызбен бөлісу: |