Ilim h
á
m jámiyet. №2.2023
40
yo‗llardan bir necha kun tog‗larga olib boradigan yo‗lni
kichik aviatsiya va vertolyotlarda tez va qisqa muddatda
bosib o‗tmoqda.
Turistlarga tog‗ rayonlaridagi turli joylarga va turli
mavsumlarda, shuningdek, turli darajada murakkablik
sharoitlarida piyoda borib kelish uchun keng imkoniyat
yaratish favqulodda muhim. Buning uchun tog‗ so‗qmoqlari
va yo‗laklarining qulay va keng turlarini barpo etish lozim.
Barcha
holatlarda
borib-kelishga
qulaylik
yaratish
turizmning faqat bitta tarkibiy qismi bo‗lib marketing va
axborot ham xuddi shunday ahamiyatga ega. Masalan yo‗l
ko‗rsatkichlarining mavjudligi turistlarning dam olish
joylarini tanlashining muhim omili hisoblanadi.
Tog‗ mintaqalarining turizm obro‗si va shuhrati (brend)
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar turistlarda mazkur joylar va
ularning aholisi to‗g‗risida tegishli tasavvurlar paydo
bo‗lishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Ular turistlar kutgan orzu,
taassurot natijalarini ifodalaydi, dam olish joylarini
tanlashda muhim o‗rin egallayli. Turizm menedjerlar uchun
turistlarda ijobiy taassurot qoldirishga erishish bozor
salohiyatidan oqilona foydalanishning muhim strategik
vazifalaridan biri hisoblanadi. Chunki bir marta shakllangan
salbiy taassurotni bartaraf qilish juda qiyin.
Dunyo tog‗lari yangi turdagi migrantlar – komfortga
yo‗naltirilgan migrantlar deb ataladiganlarning yashash
joyiga aylanmoqda. Ularning soni ko‗paymoqda va ular
tog‗larda uzoq vaqt qolishni istamoqdalar. Bunday
migrantlar AQSh, Kanada, Chexiya, Ispaniya, Filippin,
Indoneziya mamlakatlari tog‗ mintaqalarida ko‗plab
mavjud. Mazkur tog‗li joylarda yangi ish joylari paydo
bo‗lib, ham migrantlarning o‗zi, ham mahalliy aholining
bandligi ta‘minlangan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi (MDH) mamlakatlarda
eng baland kurortlar Tyanshan tog‗larida Jartash (3400 m),
Beshbelgir – Arashan (3300 m), janubi-g‗arbiy Pomirda
Garmchashma (2800 m), Kazbek tog‗larida Karmadon
mineral manbalari (1500-2300 m), xorijiy mamlakatlar
kurortlaridan Himolay tog‗ining janubiy yonbag‗irlarida
Darujiling (2200 m) va Simla (2160 m), AQSh dagi Qoyali
tog‗larda Sanga – Fe (2130 m) hisoblanadi. O‗zbekistonda
eng baland Zomin sanatoriysi (2000 m) mavjud.
Sayohat uchun eng ommabop turizm mashrutlari MDH
mamlakatlarida Kavkaz, Oltoy, Karpat, Kamchatka,
Baykalbo‗yi, Ural, Qrim, Tyanshan, Pomir-Oloy tog‗larida,
xorij mamlakatlarida Alp, Piriney, Apenin, Bolqon,
Alyaska, Kanada, Grenlandiya, Lotin Amerikasi, Himolay
tog‗larida joylashgan.
O‗zbekiston hududining rel‘efi xilma-xilligi bilan
ajralib turadi, u asosan shimoli-g‗arbdan janubi-sharqga
qarab ko‗tariladi. Shu bilan birga, butun respublika
hududining 78,7 foizini tekisliklar, 21,3 foizini tog‗ va tog‗
oldi hududlari egallaydi. Respublika doirasida еr yuzasining
mutlaq balandligi -12 m dan (Qizilqumdagi Mingbuloq
pasttekisligi) 4643 m gacha (Hisor tizmasidagi Hazrat
Sulton cho‗qqisi) farqlanadi. Toshkent, Namangan,
Farg‗ona,
Andijon,
Jizzax,
Samarqand,
Navoiy,
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari tarkibida tog‗li
hududlar mavjud. Tog‗li hududlar respublikaning 163 ta
qishloq ma‘muriy tumanidan 51 tasida minimal darajada
bo‗lsa ham mavjud. Biroq, O‗zbekistonning aksariyat
ma‘muriy tumanlarida tog‗lar aholi yashamaydigan yoki
kam aholi yashaydigan, ko‗pincha kam rivojlangan zonani
tashkil etadi. Aholining asosiy yoki muhim qismi bevosita
tog‗larda istiqomat qiluvchi tog‗li hududlarga xos
xususiyatlarga ega bo‗lgan respublikaning qishloq
ma‘muriy hududlari sifatida 15 ta: Baxmal, Zomin, Forish,
G‗allaorol (Jizzax), Bo‗stonliq, Parkent, Oxangaron
(Toshkent viloyati), Dehqonobod, Kitob (Qashqadaryo
viloyati), Qo‗shrobod, Urgut (Samarqand viloyati),
Sariosiyo, Boysun (Surxondaryo viloyati), Nurota (Navoiy
viloyati) So‗x (Farg‗ona viloyati) tumanlarini ko‗rsatish
mumkin [5].
Umuman olganda, turizmni jadal rivojlantirish uchun
mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar hozirning o‗zida
samarasini bermoqda. 2017 yilda O‗zbekistonga qariyb 2,7
mln. sayyoh tashrif buyurgan bo‗lsa, 2019 yilda bu
ko‗rsatkich 6,7 mln.ga еtdi (o‗sish 2,5 marta) [6].
O‗zbekiston dunyoning eng jozibali turizm maskanlaridan
biriga aylanmoqda. Mamlakatimizning qulay geografik
o‗rni,
ulkan
turizm-rekreatsiya
salohiyati
ko‗plab
sayyohlarni o‗ziga jalb etadi. O‗zbekiston atrofida eng ko‗p
sayohat qilishga qulay deb hisoblanadigan samolyotda
uchish vaqti 5 soatgacha bo‗lgan mamlakatlar soni 60 ta
bo‗lib, ularda 3 mlrd aholi yashaydi, ya‘ni ulkan turizm
bozori mavjud.
Yangi davrda Prezident farmon va qarorlarini bajarish
bo‗yicha tog‗ hududlarining rekreatsiya salohiyatidan
zamonaviy asoslarda ixtisoslashtirilgan yo‗nalishlarda
foydalanishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Masalan,
Bo‗stonliq tumani to‗liq turizm zonasiga aylantirilmoqda.
Bo‗stonliq tumanining rekreatsiya resurslari g‗oyat xilma-
xil
bo‗lib,
birinchi
navbatda
Toshkent
shahri
aglomeratsiyasi
aholisining
dam
olishga
ehtiyojini
ta‘minlashga imkon beradi. Tumanda ―Chorvoq‖ erkin
turizm zonasi tashkil etilib, faoliyat ko‗rsatmoqda. O‗nlab
loyihalar amalga oshirilayotir. Bu еrda O‗zbekistonda
birinchi tog‗ chang‗i kurorti ―Amirsoy‖ qurilib ishga
tushirildi. U yil bo‗yi faoliyat yuritadigan va xalqaro
standartlarga javob beradigan tog‗ chang‗isi kurortiga
aylanmoqda. ―Bildirsoy-Chimyon-Nanay‖ xalqaro kurorti,
―Xo‗jakent‖ osma dor yo‗li, 29 ta mehmonxona va dam
olish maskanlari qurilmoqda. ―Chorvoq‖ suv ombori
atrofidagi qishloqlarda ko‗plab yangi dam olish maskanlari
quriladi va shunga bog‗liq holda mahalliy aholi uchun
ko‗plab ish o‗rinlari hamda daromad manbalari yaratiladi.
Tumanda yo‗l infratuzilmasi rivojlantiriladi, suv, shamol,
quyosh energiyasi manbalaridan foydalanish amalga
oshiriladi, hudud to‗liq sanitariya-tozalash xizmatlari bilan
qamrab olindi, xulosa qilib aytganda Bo‗stonliq tumani
to‗liq turizm zonasiga aylantirilgan O‗zbekistonning
turizm-rekreatsiyani rivojlantirish bo‗yicha namunaviy
model tog‗ tumaniga aylanmoqda.
Zomin
tumanida
istiqbolda
zamonaviy
turizm
majmuasi, Boysun tumanida zamonaviy turizm markazini
barpo etish rejalashtirilgan Pop tumani Chodak qishlog‗ida
turizm majmuasi barpo etilmoqda. Boshqa tog‗ hududlarida
ham ko‗plab turizm klasterlar, turizm markazlar va
hududlari, turizm qishloqlari, mehmonxona va mehmon
uylari, oilaviy turizm o‗choqlari tashkil etilib, mazkur
jarayon davom etayotir. Yengil konstruksiyali dam olish
maskanlarini barpo etishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Namangan viloyati Pop tumanining tog‗ hududida
joylashgan va turizm-rekreatsiya salohiyati va qulay
iqtisodiy-geografik o‗ringa ega bo‗lgan qadimgi va ayni
vaqtda zamonaviy Chodak qishlog‗i
yaqin istiqbolda
nafaqat Farg‗ona vodiysi, balki yangi O‗zbekistonning
muhim turizm-rekreatsiya markazlaridan biriga aylanadi.
Farg‗ona vodiysidan Toshkentga boradigan katta avtomobil
va temir yo‗lning Qamchiq dovoni yaqinida joylashgan
ko‗xna Chodak qishlog‗ida so‗nggi yillarda xalqaro
andozalarga mos turizm- rekreatsiya markazini barpo
etishga kirishildi.
Umuman, tog‗ hududlarida ―Turizm mahallasi‖,
―Turizm qishlog‗i‖ va ―Turizm ovuli‖ga asos solinayotgani
ijobiy jarayon bo‗lib, sayyohlar uchun qulay sharoitlarni
yaratib, hududlarni yangi qiyofada obodonlashtirish,
qishloq aholisi uchun o‗rinlarini barpo etib, ularning
turmush
darajasini
oshirishga,
iqtisodiyotni
yanada
yuksaltirishga xizmat qiladi.
Xulosa.
Tog‗ hududlarida turistik va rekreatsiya
faoliyati o‗ziga xos murakkab tog‗ sharoitlarida amalga
oshirilishini va ularni davlatning qo‗llab-quvvatlanishini
hisobga olib bu borada quyidagi tavsiyalarga amal qilish
maqsadga muvofiq bo‗ladi deb hisoblaymiz.
|