Научно-методический журнал Серия: Естественно-технические науки. Социальные и экономические науки. Филологические науки



Pdf көрінісі
бет64/231
Дата30.07.2023
өлшемі4,81 Mb.
#179664
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   231
Байланысты:
2-сан 2023 (1-серия)

Ilim h
á
m jámiyet. №2.2023
39
ob‘ektlarini inventarizatsiya qilish, mazkur ob‘ektlarga 
turistlar oqimini jalb qilish choralarini ishlab chiqish, 
mahalliy, milliy va xalqaro ahamiyatdagi diniy turistik 
marshrutlarni loyihalash, ularning kompleks dasturlari va 
xaritalarini yaratish, joylarda turizmning ijtimoiy-iqtisodiy 
samarasini oshirish yo‗llarini asoslashga qaratilgan ijtimoiy 
geografik tadqiqotlarni o‗tkazish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Ishning maqsadi va vazifalari
. O‗zbekiston tog‗li 
hududlarida 
turizm 
va 
rekreatsiya 
xo‗jaligini 
rivojlantirishning iqtisodiy-geografik asoslarini o‗rganish 
ishning maqsadi hisoblanadi. Maqsaddan kelib chiqqan 
holda, qo‗yidagi tadqiqot vazifalarni bajarish ko‗zda 
tutilgan: 1) Tog‗, tog‗-oldi, tog‗li hududlar atamalarining 
mazmun-mohiyatini o‗rganish; 2) O‗zbekiston tog‗li 
hududlarida turizm va rekreatsiyani rivojlantirishda 
geografik omillarning roli va ularning mazmun va 
mohiyatini ochib berish. 
Asosiy qism.
 
Insoniyatning barcha tarixiy davrlarida 
aholining tog‗li hududlarga va tog‗lardan tekisliklarga 
ko‗chishi to‗xtovsiz davom etgan. Ularning ko‗pchiligi, 
ayniqsa, so‗nggi ikki-uch asrda tog‗li hududlarga hordiq 
chiqarish, dam olish maqsadida borgan. Shu munosabat 
bilan asta-sekin tog‗ turizmi va rekreatsiyasi shakllangan va 
tez rivojlangan. Tog‗ turizmi o‗zida inson faoliyatining 
keng sohalarini birlashtiradi. Mazkur g‗oyat xilma-xil 
tarmoq tog‗ aholisi va iqtisodiyoti, atrof muhitiga uzoq 
muddatli ta‘sir ko‗rsatadigan asosiy tarmoqlardan biriga 
aylandi. Turizmga tog‗ rayonlarida o‗zgarishlar katalizatori 
sifatida doimo katta e‘tibor qaratilgan. So‗nggi o‗n 
yilliklarda dunyo tog‗ turizmida kishilarning tog‗larga 
mavsumiy va doimiy yashashga ko‗chib borishi, ya‘ni 
komfortga yo‗naltirilgan migratsiya, qulay dam olishga 
yo‗naltirilgan turizmning yangi yo‗nalishining shakllanishi 
va rivojlanishi sodir bo‗ldi [2]. Bu noyob hodisa tog‗larning 
jozibadorligi va maftunkorligi, go‗zal tog‗ tabiatining inson 
salomatligiga ijobiy ta‘siri bilan izohlanadi. Tog‗ 
hududlarining borib-kelishga qulayligi turizm va komfortga 
yo‗naltirilgan 
migratsiya 
rivojlanishining 
asosiy 
harakatlantiruvchi kuchi bo‗lib, ular harakatlarga katta 
erkinlik beradi, tog‗larga va aksincha tekisliklarga tovarlar 
oqimini ko‗paytiradi. Turizm va komfortga yo‗naltirilgan 
migratsiya tog‗larga ijobiy o‗zgarishlarni olib keladigan 
kuch va omilga aylanishi mumkin. Lekin mazkur 
hodisalarni boshqarish strategiyasi nafaqat iqtisodiyotning 
boshqa sektorlari bilan, shuningdek, transport va boshqa 
infratuzilmalar, ta‘limning turli shakllari, hududiy 
rejalashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlari va tog‗ 
mintaqalari 
rivojlanishining 
boshqa 
jihatlari 
bilan 
integratsiyalashishi maqsadga muvofiq.
Hozirgi vaqtda dunyoning ko‗plab mamlakatlari 
iqtisodiy o‗sish va rivojlanish nuqtai nazaridan turizmni 
mamlakat hududiy siyosatining eng muhim integral jihati 
sifatida ko‗radilar. Turizm nafaqat iqtisodiy manfaat va 
bandlikni oshirish vositasi va odatdagi iqtisodiy faoliyat 
turi, balki uning asosiy kapital qo‗yilmalarni talab qiladigan 
xizmat ko‗rsatishning keng turi hamda kishilarning 
ommaviy va kompleks o‗zaro ta‘sirini tashkil etadi. Tog‗ 
yo‗nalishidagi 
ommaviy 
turizm, 
madaniy 
turizm, 
sog‗lomlashtirish turizmi, ekoturizm, sport turizmining 
ko‗plab turlari bir-biridan farq qiladi. Faoliyatning bunday 
keng xilma-xilligi mavjudligida tog‗ turizmining ko‗p 
jihatlari ya‘ni ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va ekologik 
tarkibiy qismlari tog‗ aholisi va tog‗ atrof muhitiga foyda 
keltirishi uchun o‗zaro muvofiqlashtirilishi lozim.
Global miqyosda turizmning jadal rivojlanishga olib 
keladigan qator omillar mavjud bo‗lib, ular ko‗pchilik tog‗ 
mintaqalarini qamrab olgan. Bunday omillarga shahar 
aholisining o‗sishi, bo‗sh vaqtning paydo bo‗lishi, 
aholining moddiy daromadlari, turmush darajasining 
ko‗tarilishi, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalariga 
ustuvor ahamiyat qaratilishi, tog‗larning boy va xilma-xil 
resurslari to‗g‗risida xabardorlik va boshqalar kiradi. Ayrim 
joylar uchun turizm rivojlanishini qo‗llab-quvvatlaydigan 
omillarga jozibadorlik, borish-kelishga qulaylikni ham 
misol sifatida ko‗rsatish mumkin. 
Jozibadorlik tog‗lardan turizmda foydalanishning estetik 
(nafosat) va rekreatsiya (dam olish) tomonlari sayohatchilar 
uchun tijorat va ko‗ngilochar mashrutlarning keng 
jihatlarini belgilab beradi. Tarixan shunday vaziyat yuzaga 
kelganki tog‗ turistlari – alpinistlar, turistlar jismoniy 
yuklamaga intiladilar, boshqalar tog‗larga salomatlik va 
tog‗ manzaralaridan bahramand bo‗lish uchun boradilar [3].
Turistlarni tog‗larga jalb qilishda nafaqat tog‗lar 
tabiatining jozibadorligi, balki ularning qulay geografik 
hamda transport geografik o‗rnining qulayligi ham muhim 
o‗rinni egallaydi. Avtomobil, temiryo‗l, havo yo‗llarining 
borish-kelishga qulayligini yaxshilash yangi texnologiyalar 
yoki mavjud yo‗llarni yaxshilash hisobiga amalga 
oshiriladi. Bular turizmni rivojlantirishga bevosita yoki 
bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, G‗arbiy Yevropada 
so‗nggi o‗n yilliklarda ko‗plab tog‗ avtotrassalarining 
o‗tkazish qobiliyati va samaradorligi ko‗p darajada oshdi. 
Hozir Alp va Pireney tog‗lari muhandislik va qurilish 
standartlarini yaxshilash, nishob tunellar va qordan 
himoyalash, ko‗chkilarni kuzatish tizimini barpo etish 
tufayli har qanday transport turi uchun ochiqdir. 
Yaponiyada tezyurar poezdlar tizimi mamlakatning shahar 
markazlarini eng baland tog‗lar bilan bog‗laydi. Bunday 
misollar Shimoliy Amerikada ham mavjud bo‗lib bunda 
estetik mulohazalar tezyurar shosselarni qurishning eng 
asosiy mezoni hisoblanadi: Kanadaning Banf
va Djasler 
milliy bog‗lari orqali o‗tadigan
Quyoshga boradigan shosse 
(Goingto-the-Sun High Way) Gleysher (Montana, AQSh) 
va Aysfildz – Parkvey milliy bog‗larini bog‗laydi.
Osiyoda bir necha yil oldin harbiy ―strategik‖ 
maqsadlarda qurilgan va so‗ngra turizmning jadal 
rivojlanishiga turtki bo‗lgan yo‗llar quyidagilar: Pokistonda 
Islomobodni va Xitoydagi Qashg‗arni bog‗laydigan 
Qoraqurum shossesi, Kashmirdan Hindistondagi Lex va 
Ladakx yo‗li, Xitoydagi Lxasadan (Tibet) Nepaldagi 
Katmandu 
shossesi. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
turizmni kengaytirish avtomobil yo‗llarini barpo etishning 
asosiy sababi bo‗lib qolishi mumkin. Masalan, Chili 
Patogoniyasining katta maydonlarida turizm va o‗rmon 
xo‗jaligi rivojlantirish uchun 1000 kmlik Janubiy avtostrada 
qurilgan.
Turizm bozori talablariga muvofiq G‗arbiy Yevropada 
ko‗plab asosiy tog‗ shosselari, osmador (kanat) yo‗llar, 
kreslo ko‗tarmalar (pod‘emnik), mahalliy yo‗llar, sayr va 
velosiped yo‗llari keng to‗riga o‗tadi, hatto tog‗ jamoalari, 
o‗rmonlar, pichanzorlar, cho‗qqilarni birlashtiradigan 
shosselar vertolyot xizmatlari bilan birlashtirilib o‗zaro 
bog‗langan. Shimoliy Amerikaning g‗arbida avtobus, havo 
transporti, avtomobil ijarasi va temir yo‗l transporti 
xizmatlarining yaxshi muvofiqlashtirilgan to‗ri mavjud 
bo‗lib, ular turistlarga dam olish joylarini tanlashida muhim 
o‗rinni egallaydi. Turistlar tog‗larda bo‗lganlarida yog‗och 
tayyorlovchi va konchilarning eski yo‗llaridan yo‗lsizlikda 
yurish, lijalarda past-baland joylarda uchish va qorlarda 
konkida sayr qilish kabi faol dam olishning yangi turlaridan 
foydalanadilar [4]. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda shosse va temir yo‗llar 
to‗ri turizmni rivojlantirishni rag‗batlantirishning muhim 
omili hisoblanadi. Ba‘zi mamlakatlarda, masalan, 
Indoneziya Sulavesida shu maqsadlarda maxsus yo‗llar va 
piyodalar yo‗laklari qurilgan. Peruda tezyurar shosselar 
yaxshilandi, jamoat avtobus transporti xizmati Limadan to 
Xuarasgacha va Oq Kordileraga, Xuaskaran milliy bog‗iga 
boradigan yo‗lni xorijiy lijachi va alpinistlar uchun 
yaxshiladi. Shuningdek havo transporti aloqalari ham 
tobora o‗sib borayotgan ahamiyatga ega bo‗lmoqda. 
Masalan, 
hozirgi 
vaqtda 
Nepalda 
qator 
xususiy 
aviakompaniyalar mavjud bo‗lib, ular turistlarni ilgari yaqin 




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   231




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет