Научно-методический журнал Серия: Естественно-технические науки. Социальные и экономические науки. Филологические науки



Pdf көрінісі
бет211/231
Дата30.07.2023
өлшемі4,81 Mb.
#179664
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   231
Байланысты:
2-сан 2023 (1-серия)

Ilim h
á
m jámiyet. №2.2023
118
ta‘sirchanligini yo‗qqa chiqarishi mumkin. ―Radifni berish 
tarjimon uchun jiddiy qiyinchilik, qolaversa, ba‘zan hal 
qilib bo‗lmaydigan chigalliklar tug‗diradi. Shu sababli 
ayrim tarjimonlar uni aks ettirmaydilar. Holbuki, radif 
she‘rda faqat shakliy bezak emas, balki u katta ma‘no 
tashiydi, asarning ta‘sir kuchini, she‘rning jarangdorligini 
oshirishga xizmat qiladi‖ [3:193]. 
N.Komilov, 
S.Olimov, 
E.Ochilov 
kabi 
tarjimashunoslarning she‘riy asarlar tarjimasida radifni aks 
ettirish bilan bog‗liq tadqiqotlaridan ma‘lum bo‗lishicha, 
tarjima amaliyotida radif tarjimasining quyidagi usullari 
mavjud: [4:144-220]. 
1. Radifni tarjima qilmay, aynan ko‗chirish. Buning 
uchun radif bo‗lib kelgan so‗z tarjima tilida ham mavjud 
bo‗lishi va asliyat tilidagi ma‘noni ifodalashi lozim bo‗ladi 
– faqat shundagina uni ―tarjimasiz‖ tarjima qilish mumkin. 
Ayni jihatdan, bu usulning qo‗llanish doirasi birmuncha 
cheklangan [5:141]. Yaqin tillardan va leksik umumiyligi 
ko‗p bo‗lgan [6:144] tillardan tarjimada bu usul qo‗l keladi.
2. Radif bo‗lib kelgan so‗z yoki so‗z birikmasini tarjima 
orqali berish. Bu usul barcha tillar, xususan, uzoq tillardan 
tarjimada ko‗p qo‗llanadi.
3. Asar ichida kelgan boshqa bir so‗zni radifga chiqarish 
yo‗li bilan tarjima qilish. Chunki radif sifatida qo‗llangan 
so‗z yoki so‗z birikmasi barcha baytu bandlarga ham birday 
muvofiq tushmasligi mumkin. Bu holda she‘rning umumiy 
ruhiga 
muvofiq 
keladigan 
va 
uning 
yaxlitligini 
ta‘minlashga xizmat qiladigan boshqa so‗z (yoki so‗zlar) 
radifga chiqariladi. 
4. Radifli she‘rni radifsiz tarjima qilish. Chunki boshqa 
tilda radifni aks ettirishning hamisha ham imkoni 
topilmaydi. Bunday holda tarjimonlar radif ifodalagan 
ma‘noni asar ichiga singdirib yuboradilar.
5. Radifsiz she‘rni radifli qilib tarjima qilish. She‘riy 
tarjima amaliyotida oz bo‗lsa-da, ayni usul ham uchrab 
turadi. O‗z-o‗zidan, bu tarjimaning muvaffaqiyatiga xizmat 
qiladi.
6. Radif bo‗lib kelgan so‗zlarning bir qismini aynan 
qoldirib, bir qismini tarjima qilib olish. Bunda radifni 
tashkil etgan so‗zlarning bir qismi tarjima o‗quvchisiga 
ham tushunarli bo‗lganligi uchun aynan ko‗chirilib, 
tushunarsiz qismi tarjima qilinadi. 
7. 
Tarjima 
o‗quvchisiga 
tushunarli-tushunarsiz 
ekanligidan qat‘i nazar radifni aynan qoldirish. 
Maxtumquli she‘rlari tarjimasida radif tarjimasi bilan 
bog‗liq ushbu usullarning barchasini uchratish mumkin. 
Yaqin tillardan tarjimada radif ko‗pincha muammo 
tug‗dirmaydi, chunki radif bo‗lib kelgan so‗z yoki ibora 
tarjima tilida ham mavjud bo‗ladi. Shunga qaramay, ba‘zan 
muayyan tilning o‗zigagina xos so‗zlar radifga olinadiki, 
ularni tarjima tiliga aynan o‗tkazish matnning tushunarsiz 
bo‗lishiga olib keladi. O‗z-o‗zidan, o‗zbek va turkman 
tillari yagona oilaga mansubligi va o‗zaro yaqinligidan 
radiflar asosan aynan ko‗chgan, lekin tarjimonlar bu 
imkoniyatni ba‘zida suiiste‘mol qilib, sof turkmancha, 
o‗zbek o‗quvchisiga notanish so‗zlarni ham tarjimasiz 
qoldiradilar. Shoir she‘rda o‗zi urg‗u bergan so‗zni radifga 
chiqarishini hisobga olsak, radifki tushunarsiz bo‗lgach, 
she‘rning mohiyati va asosiy g‗oyasi ham o‗quvchiga 
yetarli darajada ochilmay qoladi. Masalan, Maxtumquli 
ijodida ―do‗ndi‖ (aylandi), ―belli‖ (belgili, ma‘lum) so‗zlari 
radif bo‗lib kelgan bir qator she‘rlar borki, ular tarjimasida 
bu turkmancha so‗zlarning radif holida aynan qoldirilishi 
o‗zini oqlamagan. Jumladan, J.Sharipov ―do‗ndi‖ radifli 
ikkita she‘r tarjimasida mazkur so‗zni aynan qoldirgan. 
Tarjimonning bu ishi G‗.Salomov tomonidan ham tanqid 
qilingan edi: 
―Do‗ndi‖ she‘rining nomidanoq izoh boshlangan: bu 
aylandi, o„tdi, bo„ldi 
degani ekan [7:133]. Demak, uni –
o„zbekchalashtirish
kerak, vassalom. Ehtimol, bu she‘rga 

aylandi”, “o„tdi”, “bo„ldi
‖ so‗zlari mos kelmas. Bunday 
taqdirda izlanishni yana davom ettirish, muqobil va 
muvofiq so‗z topmaguncha qo‗ymaslik kerak. Butun 
boshliq o‗zbek tilidan turkmancha bitta ―do‗nmoq‖ 
so‗zining ma‘nosini qoplaydigan kalima topilib qolar... 
Asliyatda:
Тылла тагтда 
гапылар

Дөвүр айланып япылар, 
Ишан, молла, пир, сопулар, 
Илата азара дөнди [10:1, 240]. 
Tarjimada:
Tilla taxtida 
qopilar

Davr aylanib yopilar, 
Eshon, mulla, pir, so‗filar 
Elatga ozora do‗ndi [9:133]. 
Qopilar
so‗zi ―
eshik
‖ ekanligi aytilib, to‗rtinchi 
misraga bus-butun – ―
Elga ozor berguvchiga aylandi
‖ deb 
izoh beriladi‖ [7:73-74]. 
E.Ochilov mazkur she‘r tarjimasida ―do‗ndi‖ so‗zini 
―bo‗ldi‖ deb oladi va sof o‗zbekcha tarjima yaratadi: 
Tilla taxt sari eshiklar, 
Zamonlar o‗tib bekilar, 
Eshon, mullayu so‗filar 
Elat uchun ozor bo‗ldi [12:464]. 

Nodon falakdan
‖ she‘rining oltinchi bandida ―
dӛndi” – 
“do„ndi
‖ so‗zi radif bo‗lib kelgan: 
Asliyatda:
Бизиң гөрен достлар авара дөнди, 
Баш апаран əрлер бичəрə дөнди, 
Йөргүр арап атлар, гөр, хара дөнди, 
Гымматы айрылып, яман пелекден! [10: 2,97] 
J.Sharipov uni ―bo‗ldi‖ deb oladi. Dastlabki ikki misra-
da o‗zini oqlagan bu radif uchinchi misrada muvofiq 
kelmay qolgan: 
Ko‗zim ko‗rgan do‗stlar ovora bo‗ldi, 
Bosh ko‗targan erlar bechora bo‗ldi, 
Chopqir arab otlar, ko‗r, xora bo‗ldi, 
Qimmatdan ayrilib, yomon falakdan [9:342]. 
Uchinchi misrada ―xora bo‗ldi‖ emas, ―xor bo‗ldi‖, 
―xorga aylandi‖ bo‗lishi kerak. Buning uchun esa avvalgi 
ikki misradagi qofiyani almashtirish kerak. Bundan 
tashqari, ―qimmatdan ayrilib‖ iborasi muvaffaqiyatli 
chiqmagan – uni ―bahosi tushib‖, ―qadri qolmay‖ tarzida 
o‗zbekchalashtirish maqsadga muvofiq bo‗lar edi. 
M.Kenjabek tanlagan radif bundan-da muvaffaqiyatsiz 
chiqqan: 
Bizning ko‗rgan do‗stlar ovvora qaytdi, 
Bosh ko‗targan erlar bechora qaytdi, 
Yo‗rg‗a arab otlar, boq, xora qaytdi, 
Qimmati ayrilib yomon falakdan [11:122]. 
―Tarjimada, ko‗pincha, bitta so‗zni topib o‗rniga 
qo‗yish bilan fikr oydinlashib ketadi. O‗sha so‗z topil-
maguncha qidirish davom etaveradi. Ba‘zan hatto tarjimon-
larning bir necha avlodi almashib ketadi hamki, ―kerakli‖ 
so‗z topilmaydi. So‗z 
o„zining
kashfiyotchisini ―kutave-
radi‖ [7:177]. ―Do‗nmoq‖ so‗zi haqida ham shunday deyish 
mumkin – aylanmoq, o‗zgarmoq, o‗xshamoq, qaytmoq 
ma‘nosidagi bu qadim turkiy so‗z hozirda o‗zbek tilining 
arxaik qatlamini tashkil etadi. Holbuki, ba‘zi turkiy tillar, 
jumladan, turkman tilida esa u hozir ham faol. Shunday 
ekan, J.Sharipov, A.Jumaev, M.Azim kabi tarjimonlar 
tomonidan ―Do‗nar‖ she‘ri tarjimasida radif bo‗lib kelgan 
mazkur so‗zning tarjimaga aynan ko‗chirilishi o‗zini 
oqlamagan. 
Ma‘lum bo‗ladiki, radifni to‗g‗ri aks ettirish she‘riy 
tarjima muvaffaqiyatini ta‘minlaydigan asosiy omillardan 
biri hisoblanadi. Tarjimada topib qo‗llanilgan radif 
she‘rning husnini ochib, jarangdorligini ta‘minlasa, o‗rniga 
tushmagan, noto‗g‗ri tanlangan radif she‘rni badiiy 
jozibadan mahrum qilibgina qolmay, uning mazmunini ham 
xiralashtiradi, ba‘zida hatto shoir ko‗zda tutgan ma‘noning 
xato yoki teskari talqin qilinishiga ham sabab bo‗ladi. Bu 
esa radif tarjimasiga mas‘uliyat bilan yondashish 
kerakligini taqozo qiladi. Bugina emas. ―Radif Sharq 
she‘riyatining uslubiy unsurlaridan biridir. Tarjimada bu 
poetik priyomni qayta aks ettirish muammolarini tadqiq 
qilish 
muallif 
uslubini 
saqlab 
qolish 
masalasini 
o‗rganishning ajralmas qismi hisoblanadi... Muallif uslubi 
aks etmagan tarjimani to‗laqonli tarjima hisoblash mumkin 
bo‗lmaganidek, radifi umuman qayta yaratilmagan tarjima 
asarida muallif uslubi saqlangan, deyish ham qiyin‖ [3: 
135-152]. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   231




©engime.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет