Ilim h
á
m jámiyet. №2.2023
76
Zargarlik buyumining markazida tumor-kovak g‗ilof
bo‗lib, uning ichida qadimdan ―yovuzlik kuchlaridan
asrovchi‖ igna saqlangan. Hududga Islom dini kirib
kelganidan so‗ng, ignaning o‗rnini qog‗ozda yozilgan duo
egalladi. Xaykel kelin sepining asosiy zargarlik buyumi
hisoblangan. Uni kelinlar, farzand ko‗rishgacha bo‗lgan
davr davomida tumor qilib yurishgan.
Bronza zargarlik bezagi anshik (ona) – qadimgi
unumdorlik ma‘budasi ramzi edi. Uni ona bo‗lishga
tayyorlanayotgan ayolga yovuz ko‗zlardan asrovchi tumor
sifatida to‗y kuni berishgan. Bezak sxema tarzda ayol
qomati va uning qornini tasvirlagan. Bundan tashqari,
anshik, qadimiy totemlarni qarama-qarshi turgan qush yoki
qo‗y, bo‗ri boshini tasvirlagan. Ular ayolning farzand
ko‗rishini kunu - tun himoya qilishgan. Ushbu bezakda
qadimiy ikki dunyo insonlar dunyosi va ruhlar dunyosining
o‗zaro tas‘iri saqlanib qolgan edi. Qadimda turmushga
chiqqan qoraqalpoq ayollarni oltin yoki kumush ―arebek‖
deb nomlangan burun uzugini taqib yurishgan. Shunga
o‗xshash burun uzuklari turkmanlar, o‗zbek-qipchoqlari,
arablar va boshqalarda uchraydi. Qoraqalpoq ayollari qo‗l
bilaguzuklari qatorida: relyef bezakli og‗ir quyma
bilaguzuk (kuyma-bilezik) hamda ―ilon izi‖ naqshli va ikki-
uch qator serdolikli katta bilaguzuk (xasil-tasli-bilegizik)lar
alohida ajralib turgan. Bilaguzukning uchi, yirtqich
hayvonlarning tishlari va panjasini eslatadi.
O‗zbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman millatlari bir-birga
qiz berib, qiz olib quda-andachilik rishtalarini bog‗lab
kelishi
natijasida
ularning
urf-odatlaridagi
o‗zaro
uyg‗unlikni ko‗rishimiz mumkin. Masalan, nikoh to‗yida
bo‗lajak kelinchakka nikoh uzugi va zirak sovg‗a qilinishi
turkiy xalqlar orasida o‗ziga xos an‘ana tusini olgan.
Zirak taqish – qizlarning balog‗atga yetgani belgisi san-
algan. Zirakli qizlar qayliq hisoblangan. Shu belgi
vositasida o‗sha qizning band qilingani, turmushga uzatil-
gani ma‘lum bo‗lib turgan. Qolaversa, zirak taqish odati
o‗zbek xalqi orasida ham, qardosh xalqlar orasida ham qa-
dimdan mavjud.
Qo‗lga, aniqrog‗i, barmoqqa taqiladigan an‘anaviy
taqinchoqlardan biri uzukdir. Uni mamlakatimizning
ko‗pgina hududlarida ―uzuk‖, qozoq, qoraqalpoqlarda
―juzik‖ , ba‘zi joylarda ―angushtarin‖ deb ham nomlanadi.
Ilgarilari o‗ziga to‗q xonadon sohib va sohibalari, asosan,
tillodan yasalgan uzuk taqqan bo‗lsalar, o‗rtahol aholi
ko‗pincha kumushdan yasalgan uzuk taqishgan. Chunki
kumush oq rangda bo‗lganligi bois, poklik belgisi sifatida
e‘tirof etilgan.
Afsonalarda aytilishicha, uzuk taqqan birinchi inson
Jamshiddir. Shundan keyin barcha erkak-ayollarning uzuk
taqib yurishi odat tusiga aylangan. Uzuk insoniyatning aql
zakovati, hunarmandligi, qo‗l kuchi bilan yaratilgan bebaho
madaniy buyumlaridan biri sifatida qadrlangan. Shu bois
ham u turmush tarzimizga singib ketgan. Hatto ularga qarab
kishilarning ijtimoiy, moddiy ahvolini bilish ham mumkin
bo‗lgan. Chunki boy xonadonning ayollari qo‗sha-qo‗sha
kumush, tilla, yoqut ko‗zli uzuklar taqib yurishsa, kam-
bag‗al, nochor ayollar bor-yo‗g‗i bitta yoki ikkita jez, mis
uzuk taqishga imkoniyatlari yetgan [4: 925].
Demak, qo‗lga taqilgan uzukning miqdori va nimadan
yasalgani uzuk egasining mavqeidan darak bergan.
Bundan tashqari uzukni qaysi qo‗lga taqish ham
e‘tiborga olingan. Turmushga chiqqan ayollar nikoh
uzugini o‗ng qo‗lga taqishgan. O‗ng qo‗lga taqilgan uzuk
ayolning oilasi borligini bildirib turgan. Hatto ma‘lum dav-
rada ayollarning uzuk taqib yurishi ayniqsa majburiy
bo‗lgan. Shuning uchun qizlarga turmushga chiqadigan
kuni kuyov tomonidan ―to‗y uzugi‖ taqdim etilgan. Hattoki
ba‘zi paytlarda uzuk taqmagan ayolning qo‗li nopok
hisoblanib, unga ovqat tayyorlash huquqi berilmagan [4:
926].
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, taqinchoqlar insonga
zeb berish bilan birga odamni ko‗z tegishidan, nazar
tushishidan saqlaydi.
Bugungi kunda xalqimiz tomonidan taqib yuriladigan
taqinchoqlarning deyarli barcha turlari topilgan bo‗lib
ularga: bosh kiyimlar, bosh va bo‗yin uchun mo‗ljallangan
taqinchoqlar, qo‗l uchun mo‗ljallangan taqinchoqlar kiradi.
Ammo, ushbu taqinchoqlar yasalish shakli, xomashyosiga
va vazifasiga ko‗ra bir-biridan tubdan farq qiladi.
Taqinchoqlarning vazifasi inson tanasining qaysi qismiga
taqilishi, yasalish shakli va ularda ifodalangan belgilar va
ramzlar uyg‗unligi, xom ashyosi bilan chambarchas bog‗liq
bo‗lgan.
Taqinchoqlarning ushbu vazifalari bugungi kunda ham
o‗z ahamiyatini yoqotmay, ajdodlardan avlodlarga yetib
kelgan bo‗lib, faqat yasalish shakli va xomashyosi jihatdan
biroz farq qiladi. Xalqimiz orasida keng tarqalgan
―Dunyoda bitta ayol bo‗lsa ham, zargarga ish topilibdi‖,
degan aforizm bekorga aytilmagan.
Достарыңызбен бөлісу: |