Ilim h
á
m jámiyet. №2.2023
114
tafovutlanadi. Badiiy nutq shakli sifatida dialog, avvalo,
she‘riy idrok yo‗sinini belgilaydigan asosiy estetik vosita,
ikkinchidan,
ijtimoiy
kommunikatsiya
sathlarini
birlashtiradigan tizim, uchinchidan, ifoda va tasvirni
jipslashtiradigan semiotik markaz hisoblanadi. Binobarin,
―she‘r – tuyg‗u suvrati. Unda emotsiya, ramz, obraz, badiiy
san‘at bo‗lishi kerak; she‘rda shoir subyekti, individual
uslubi, ―men‖i, o‗z ovozi aks etishi lozim...‖ [4:86].
Mazkur iqtibosda bir necha jihat e‘tiborni tortadi: xususan,
she‘rda shoir subyekti talabi unda ruhiy munosabat
ustuvorligini anglatadi, shuningdek, ijodkor konsepsiyasini
belgilash obraz, badiiy san‘at va adabiy talqin malakasiga
bog‗lanadi. Ushbu murakkab bog‗lanishdagi badiiy
kompleks esa muqoyasa, analogiya hamda tavsifni muhim
shart qilib qo‗yadi. Qolaversa, individual uslub muallif va
qahramon orasida mavjud rishtani yangilaydi. Bu jarayonda
tasvir va ifoda bog‗lami bir-biriga o‗tib turadi:
―Tuproqdayin muztar bo‗l‖ derlar,
Os(i)monlik istamaymanmi?
Ko‗z yoshimday loy bo‗lsam bir kun,
O‗z xalqimga sachramaymanmi? [2: 6].
G.Asqarova adabiy talqinida mushohada muloqot tipi
emas, balki murojaat shakli sifatida namoyon bo‗ladi.
Aslida muallif o‗z qarashlarini tasdiqdan o‗tkazishga
intiladi: ko‗z yoshimday loy bo‗lsam bir kun, o‗z xalqimga
sachramaymanmi?.
Ilinj,
iltijo,
istak
va
gumon
omuxtalashgan
ritorik
ohang
mohiyatida
istak
ustuvorlashadi. ―Derlar menga: ―so‗zlar ganjidan,
xayolingdek bir hur kitob tuz‖ satri mohiyatida shoira
armoni quyuqlashadi. Hatto biroz shakkoklik ham (Xalq
demayman o‗z xalqimni ham, Meni HAQqa olib bormasa)
kitobxon g‗ashiga tegmaydi. Negaki, his-tuyg‗u samimiyati
bunga yo‗l qo‗ymaydi. Hayot haqiqatidan ruhiyat dalolatini
kashf qilgan ijodkor aql, idrok, sezim va mantiq tabiiy
stixiyasini buzishga ham jazm qiladi.
Men tuproqqa ketgayman singib,
Ruhimni xalq bilan qormasam.
Xalq demayman o‗z xalqimni ham,
Meni HAQqa olib bormasa! [2: 7].
Lirik
qahramon
o‗y-xayollari
tasvirini
quyuqlashtiradigan lavhada falsafa teranlashadi. Ichki
tuyg‗u tahlili o‗quvchini muntazam his-hayajonda tutib
turadi. Javobi tayin, ayni paytda, javobsiz murojaat ifoda
tengsiz imkoniyatlarini hosil qiladi. Ko‗z, ko‗ngil va tilaro
rishta mohiyatni anglashga yo‗l ochadi, poetik nutq tabiati
―ruhimni xalq bilan qormasam‖ yanglig‗ betakror
tashbehlarni ko‗ndalang qo‗yadi, olam va odam idrokini
yanada teranlashtirishga xizmat etadi. Shaxs sezimi ritorik
munosabatni
bog‗lovchi
asosiy vosita, ―ezgulikka
chorlasam agar, ergasharmu shu xalq ortimdan‖ jumlasi
zamirida tasdiq va inkor yaxlitlashadi. Muallif inson
botinidagi o‗zak sifatlarni anglashga urinarkan, ruhiyat
nozik sir-asrori sari yuzlangan holda lirik kechinma hissiy
tovlanishlarini ilg‗ashga harakat qiladi.
Ketgan hislar to‗lqinlardek qaytadi,
Qalbingizda ma‘yus armon, sevasiz.
Bir kun ketsam, ruhim kelib aytadi:
Buncha
oz sevasiz,
yomon
sevasiz! [2:358].
Guljamol Asqarovaning ―Oz sevasiz‖ she‘ri adresantga
yo‗g‗rilgan tuyg‗ular shodasini tavsiflaydi. Munosabat
ottenkasi subyektiv xarakter kasb etadi: ―g‗amlar cho‗kib
yotgan g‗amgin ko‗z‖, ―bo‗ron‖, ―xazon‖, ―ketgan hislar‖
va
―ma‘yus
armon‖
matnning
fojiaviy
ruhini
quyuqlashtiradi. Bu o‗rinda muallif dialogning o‗ziga xos
shakllanish tarzini yaratadi: So‗raydilar: nechun hamon
sevasiz? Mening odamlarga bitta so‗zim bor: Buncha oz
sevasiz, yomon sevasiz! Satrlardan anglashiladigan mohiyat
(hijron azobi davomiyligi, ilinj-umidsizlik soyasi) tragik
keskinlikni saqlab turadi. Ma‘shuqa ruhiyatini falsafiy
yo‗sinda tasvirlashga bo‗lgan mayl she‘rga aniq manzara
baxsh etadi. Shoira lirik qahramon ko‗nglidan kechgan
nozik ruhiy holatni badiiy atribut darajasiga ko‗taradi.
Shuningdek, asosiy ma‘noga urg‗u berish (buncha oz
sevasiz, yomon sevasiz) yordamida kayfiyat ifodasini
muayyan markazga yig‗ishga intiladi.
So‗z san‘atida ijodkor fitratida moddiylashadigan
tushuncha va tasavvur aloqasi badiiy nutqda yaxlitlik kasb
etadi. Unda til zahirasi vakolati va muallif ruhiyati o‗ziga
xosligi namoyon bo‗ladi. Rivoya texnikasi muttasil
ravishda
rivojlanib
boradigan
universal
jarayon
xususiyatlarini
jilvalantiradi.
Chunonchi,
―so‗zning
bevosita, odatiy ma‘nosi badiiy asar matnida yangidan
yangi qirralarini namoyon qiladi, uning ma‘no sig‗imi
benihoya kengayadiki, buni badiiy asarda tasvirlangan
xususiy faktdan katta bir badiiy umumlashma kelib
chiqishiga o‗xshatsa bo‗ladi‖ [8:244].
Odatda, adabiy til va badiiy nutq o‗rtasida mustahkam
rishta mavjud bo‗lib, asl ma‘no va ustama ma‘no tafovuti
ayni mantiqiy uyg‗unlikni ham hosil qiladi. Shu ma‘noda,
she‘riy idrok dialog ta‘sirida yorqinlashadi, ixchamlashadi,
o‗zgaradi va aniqlikka erishadi. Ruhiyatdagi nozik
tovlanishlarni mantiqiy yakuniga yetkazadigan rivoya
texnikasida individual qirralarni badiiy umumlashma
darajasiga ko‗tarishga bo‗lgan mayl ustuvorlik kasb etgan
holda universal belgi poetik munosabat o‗ziga xosligini
ta‘minlaydi. Mazkur jarayon ichki nutqiy bog‗lanishida
muayyan estetik salmoqqa erishadi hamda unda g‗oya
markazini belgilash va falsafiy hukm-xulosa yaxlitligi
vujudga keladi. Shaxsiyatlararo kechadigan mushohada
xilma-xilligi hamda ziddiyati poetik nutq uyg‗unligini
ta‘minlaydi va o‗ziga imitatsiya hosil qiladi:
Azizim,
Ne uchun inson yaraldik,
Ko‗nglimiz sig‗masa yeru samoga?
Oh, endi shu qadar muhabbat bilan
Biz qanday yashaymiz bu tor dunyoda?
Biz nechun yaraldik yolg‗on dunyoda?
Azizim, ne uchun maysa emasmiz?.. [7:438].
Zebo Mirzaevaning ―Azizim‖ she‘ri tugal ritorik
savollar majmui negiziga qurilgan: Azizim, Ne uchun inson
yaraldik, Ko‗nglimiz sig‗masa yeru samoga? Ruhiy
kechinma
kardiogrammasi
yuksak
ehtiros
pardalari
tarangligi saqlanishiga zamin hozirlaydi. Muallif subyektga
murojaat yordamida monolog dialogik xarakterini ochib
beradi. Undagi tayanch tushuncha (ishq) tuyg‗u hisobotini
yig‗ishga yo‗l ochadi. ―Daraxt‖, ―Giyoh‖, ―Shamol‖,
―Sahro‖ va ―Daryo‖ tabiatdan olingan muqoyasalar aslida
ma‘naviy-axloqiy sifatni tavsiflash vazifasini o‗taydi.
Shuningdek, tasvir quvvat-hofizasini oshirishga sharoit
tug‗diradi. Sabab va oqibat rishtasini yoritish ifodaning
dialogik shaklini vujudga keltiradi va unda ijtimoiy
qatlamga xos xususiyatlar tahlili quyuqlashadi. Bu
jarayonda adresat hamda adresant munosabatining manfaat-
ehtiyojlarini jipslashtirishni taqozolaydi. Shoir bir paytning
o‗zida ham lirik qahramon, ham shaxs ruhiyatini yoritishga
muvaffaq bo‗ladi.
Lirikada nutqiy malaka va rivoya usuli yaxlitligi
muntazam asosiy nuqtaga ko‗chadi. Aniqrog‗i, so‗z va
ifoda,
tasvir
va
tasavvur
muqobilligi
badiiy
kommunikatsiyani vujudga keltiradi. Unda dialog badiiy
tafakkurning o‗ziga xos qatlami sifatida tahlil jarayonini
boshqaradi. Undagi ijtimoiy yuk o‗rnini egallaydigan
estetik qiymatda esa poetik g‗oya aks etadi. Aynan
g‗oyaviy mazmun matn intizomida o‗z maromiga yetadi.
Adekvat shaklda qayta idroklangan mohiyat maqsadga
yo‗naltirilganlik darajasi bilan izohlanib unda konstruksiya
hissiy idrokka ta‘sir o‗tkazgan holda tasavvurdagi keskin
psixologik holat dunyoqarash ziddiyatlarini namoyish etadi.
Shu ma‘noda, qahramon va mavjud voqelik muloqoti
muntazam bir-biriga ta‘sir o‗tkazadi. Bu jarayonda
shaxsiyat to‗la falsafiylashadi-ijtimoiylashadi.
Zero, ―Badiiy matn so‗zning faol harakat maydonidir.
Harakatchan so‗z asar badiiyligini ta‘min etuvchi yetakchi
omillardan biri. Badiiy matndagi so‗zning harakat tebran-
ishlarini
o‗rganish
muayyan
kontekstning
ma‘no
potensialini, ya‘ni ma‘noning bor imkoniyat majmuini
aniqlash imkonini beradi. So‗zga harakat obyekti sifatida
qarash uning badiiy kontekstdagi yashash tarzini kuzatish,
o‗zaro bog‗lanish holatlarini tadqiq qilish‖ [5:216] ga yo‗l
|