SHE‟RIYATDA RITORIK MUNOSABAT HOSIL QILISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI
S.Matyakupov –
filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Tayanch so„zlar:
monolog, dialog, estetik munosabat, badiiy mahorat, ifoda uslubi.
Ключевые слова:
монолог, диалог, эстетическое отношение, художественное мастерство, манера выражения.
Key words
: monologue, dialogue, aesthetic attitude, literary skill, expressive style.
She‘riyat muttasil ravishda inson idrok tuyg‗usini tahlil
qilishga intiladi. Zero, mazkur holat sabab va oqibat
o‗rtasida munosabat hosil qilgan holda his-tuyg‗uni ma‘no
tarangligiga yo‗naltiradi. Unda tasvir ruhiyati teranligi,
bilish va anglash darajasining tadrijiy taraqqiyoti, falsafiy
fikr yangilanishi his qilinadi. Shakl va ifoda yurishining
davomiyligi hamda badiiy g‗oya estetik quvvatini
belgilashga bo‗lgan ehtiyoj, tushunchada tashbeh o‗yini
she‘riy nutqda o‗ziga xoslik kasb etadi. Shuningdek, tuyg‗u
va ong ziddiyati badiiy matn yaxlitligini ta‘minlaydigan
tayanch markazga aylanadi. Bu o‗rindagi asl oniy
kechinmani ilg‗ash murakkab jarayon hisoblanadi.
Ta‘kidlash lozimki, she‘riyatda dialog bir tomondan,
ijodkor maqsad-muddaosini tayin etadigan tizim shaklida
namoyon bo‗lsa, ikkinchi tomondan, shoir badiiy aloqa
usullarini shakllantiradigan vosita vazifasini o‗taydi.
Mazkur ikki nutqni bir-biridan ayro tasavvur qilib
bo‗lmaydi. Negaki, lirika tasvir ruhiyati talablariga
tayanadi. Unda ―tasvir vositalari uyg‗unligi, o‗zaro
chambarchas bog‗lanib ketganligi, biri ikkinchisini keltirib
chiqarganligi tasvir mukammalligini ta‘minlaydi‖ [3:131].
Aynan tasavvurda tahlil va idrok uyg‗unligi mohiyatni
ochishga xizmat qiladi. Badiiy nutq asnosidagi munosabat
hissiyot, holat va mantiq izchilligini vujudga keltiradi.
Lo‗lilardan bir to‗p bola so‗rashdi bir kun:
– Ayting qani, biror Vatan bormi sizlarda?
Ular dedi:
– Kezmas edik dunyoni dilxun
Sizlar aytgan o‗sha Vatan bo‗lsa bizlarda... [1:233].
Azim
Suyunning ―Vatan‖ she‘rida ritorik ohang ifoda
va hikmatni uyg‗unlashtiradi. Munosabatli nutq azaliy
hamda abadiy muammo - odamzod kindik qoni to‗kilgan
yurtdan bahs ochadi. Bolalar va lo‗lilar orasida kechgan
muloqot kitobxonni o‗yga toldiradi: hamisha o‗ziga tortib
turadigan go‗sha qanday sir-sinoatga ega?! Bu holatni his
qilish oson emas, zotan, bir siqim tuproq qadrini musofir
yaxshi ilg‗aydi. She‘rdagi murojaat keskinligi (Ayting qani,
biror Vatan bormi sizlarda?) hamda javob aniqligi (Kezmas
edik dunyoni dilxun, Sizlar aytgan o‗sha Vatan bo‗lsa
bizlarda) masalani yanada oydinlashtiradi. Shoir tafsilotdan
anglashilgan g‗oya zalvoriga e‘tibor qaratmaydi, balki u
keltirib chiqargan kayfiyat ifodasiga urg‗u beradi. Bu
o‗rinda badiiy nutq so‗zlovchi va tinglovchi manfaatini
tenglashtiradi.
Ichki
ruhiyatda
mujassamlashgan
kompozitsiya dialogni yetakchi estetik baholash mezoni
darajasiga chiqaradi.
Odatda, rivoya texnikasi she‘rda tavsifiylikni tartibga
solib turish vazifasini o‗taydi. Unda hayotiy aqida tuyg‗u
haqqoniyligiga
payvandlanadi.
Shakl
tugallanmasiga
intiladigan ong tipida mohiyat yaxlitligini ta‘min etish
darajasi ustuvorlashadi. Eng avvalo, monolog va dialog
munosabatida mushohada yig‗iqligi badiiy axborot
ta‘sirchanligi hamda tezkorligini belgilash imkonini beradi.
Muayyan she‘r poetik strukturasida ko‗zga tashlanadigan
keskin o‗zgarishlar (assotsiatsiyalar, tahlil malakasi) aslida
nutq tiplari mustaqilligi janr pozitsiyasini egallashga mayl
kuchayishi natijasi o‗laroq hosil bo‗ladi. Mavjud vaziyatda
mavzu va muammo ta‘kidi tadqiq sahniga chiqib, universal
tamoyillarni tubdan o‗zgartirib yuboradi.
– Azizim, aytingchi muhabbat nima?..
– Hayot dengizida suzgan bir kema:
Kimnidir bag‗riga olgay qo‗noqqa,
Kimnidir u tashlab ketgay qirg‗oqqa [1:233].
―Muhabbat‖ she‘ri odatiy savol-javob asosiga qurilgan.
Ma‘shuqa tomonidan berilgan so‗roq (Azizim, aytingchi
muhabbat nima?) va masalaga oydinlik kiritishga xizmat
qiladigan keng sharh (Hayot dengizida suzgan bir kema:
kimnidir bag‗riga olgay qo‗noqqa, kimnidir tashlab ketgay
qirg‗oqqa) bir-birini to‗ldiradi. Tayanch so‗z-timsol (kema)
hayot dengizida ikki qutb (ezgulik va razolat) qarama-
qarshiligini tavsiflaydi. Mazkur holatda tahlil malakasi
nozik tasvir, ruhiyat dramatizmi hamda tarang vaziyatni
jipslashtirishga xizmat qiladi. Ma‘naviy mezon va axloqiy
o‗lcham qorishiqligi esa poetik ifoda yangilanganligini
ko‗rsatadi.
Til materialidan vazifa hamda maqsadga ko‗ra foyda-
lanish o‗ziga xos yondashuvni taqozo qiladi. Zero, turli
tarzda namoyon bo‗ladigan usul lirikada muayyan ma‘noda
|